Xullas, «Alifbe» darsligida berilgan ertaklar orqali o’quvchilarning - - dunyoqarashlarini shakllantirish va rivojlantirishga;
- - ularning tabiatga muhabbatlarini oshirishga;
- - axloqiy va ma’naviy jihatdan tarbiyalashga;
- - yaxshilik yomonlik ustidan, to’g’rilik egrilik ustidan doimo g’alaba qozonishga;
- - ilmga qiziqtirishga;
- - tovush va harflarni oson o’zlashtirishlariga;
- - so’z ma’nolarini bilib olishlariga muvaffaq bo’lamiz. Bu esa o’quvchilarni bilimdon, zukko, to’g’riso’z va vatanparvar bo’lib yetishishlarida eng yaxshi samaradir.
Savod o`rgatishda pedagogik asoslarning roli - Respublikamizda ta’lim sohasida mustaqillik yillarida muhim islohotlar amalga oshirildi. Bu islohotlar hozirgi kunda o`zining samarali natijalarini ko`rsatmoqda. Yoshlarimiz orasida dunyo miqyosidagi tanlovlar, olimpiada va musobaqalarda faxrli o`rinlarni egallayotgan iqtidorli yoshlar soni yildan-yilga ortib bormoqda. Bu g`alabalarning barchasiga albatta, inson kamolotining poydevorini yaratuvchilar sababchidirlar.
Oilada birgina farzand tarbiyasi bilan shug`ullanayotgan ota-onalar ba’zida o`z farzandining qiliqlaridan bezor bo`ladi. Ular farzandini «bog`chaga berib, ancha qulog`im tinchib qoldi» deydilar. - Oilada birgina farzand tarbiyasi bilan shug`ullanayotgan ota-onalar ba’zida o`z farzandining qiliqlaridan bezor bo`ladi. Ular farzandini «bog`chaga berib, ancha qulog`im tinchib qoldi» deydilar.
Maktabga borgandan keyin esa ular endi «farzandim maktabga borib, ancha bosilib qoldi» deydilar. Buning boisi nimada? - Bolaning maktabga borib ancha bosilib qolishi sinf o`qituvchisining savod o`rgatishining pedagogik asosini yaxshi bilishi va unga suyanishidir. Maktabga kelgan bolada savod o`rgatishning tayyorgarlik davrida maktabga kelib-ketish odobi maktabning ichki tartib qoidalari kattalarni hurmat qilish, kichiklarni izzat qilish qoidalari o`rgatiladi. Bunda o`qituvchi o`quvchilarni bir-biriga taqqoslashi yoki eng intizomli, odobli, tartibli o`quvchini namuna, ibrat qilib ko`rsatishi eng yaxshi usullardan. Chunki har qanday yosh bola yaxshi so`zning, ayniqsa maqtovning rag`batning yoki arzimagan bo`lsa ham biror narsaning gadosi bo`ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |