Boshlang`ich sinflarda badiiy asar bilan ishlash va tahlil qilish


Xullas, «Alifbe» darsligida berilgan ertaklar orqali o’quvchilarning


Download 0.52 Mb.
bet2/5
Sana20.01.2023
Hajmi0.52 Mb.
#1103751
1   2   3   4   5
Bog'liq
1479403537 64458

Xullas, «Alifbe» darsligida berilgan ertaklar orqali o’quvchilarning

  • - dunyoqarashlarini shakllantirish va rivojlantirishga;
  • - ularning tabiatga muhabbatlarini oshirishga;
  • - axloqiy va ma’naviy jihatdan tarbiyalashga;
  • - yaxshilik yomonlik ustidan, to’g’rilik egrilik ustidan doimo g’alaba qozonishga;
  • - ilmga qiziqtirishga;
  • - tovush va harflarni oson o’zlashtirishlariga;
  • - so’z ma’nolarini bilib olishlariga muvaffaq bo’lamiz. Bu esa o’quvchilarni bilimdon, zukko, to’g’riso’z va vatanparvar bo’lib yetishishlarida eng yaxshi samaradir.

Savod o`rgatishda pedagogik asoslarning roli

  • Respublikamizda ta’lim sohasida mustaqillik yillarida muhim islohotlar amalga oshirildi. Bu islohotlar hozirgi kunda o`zining samarali natijalarini ko`rsatmoqda. Yoshlarimiz orasida dunyo miqyosidagi tanlovlar, olimpiada va musobaqalarda faxrli o`rinlarni egallayotgan iqtidorli yoshlar soni yildan-yilga ortib bormoqda. Bu g`alabalarning barchasiga albatta, inson kamolotining poydevorini yaratuvchilar sababchidirlar.

Oilada birgina farzand tarbiyasi bilan shug`ullanayotgan ota-onalar ba’zida o`z farzandining qiliqlaridan bezor bo`ladi. Ular farzandini «bog`chaga berib, ancha qulog`im tinchib qoldi» deydilar.

  • Oilada birgina farzand tarbiyasi bilan shug`ullanayotgan ota-onalar ba’zida o`z farzandining qiliqlaridan bezor bo`ladi. Ular farzandini «bog`chaga berib, ancha qulog`im tinchib qoldi» deydilar.

Maktabga borgandan keyin esa ular endi «farzandim maktabga borib, ancha bosilib qoldi» deydilar. Buning boisi nimada?

  • Bolaning maktabga borib ancha bosilib qolishi sinf o`qituvchisining savod o`rgatishining pedagogik asosini yaxshi bilishi va unga suyanishidir. Maktabga kelgan bolada savod o`rgatishning tayyorgarlik davrida maktabga kelib-ketish odobi maktabning ichki tartib qoidalari kattalarni hurmat qilish, kichiklarni izzat qilish qoidalari o`rgatiladi. Bunda o`qituvchi o`quvchilarni bir-biriga taqqoslashi yoki eng intizomli, odobli, tartibli o`quvchini namuna, ibrat qilib ko`rsatishi eng yaxshi usullardan. Chunki har qanday yosh bola yaxshi so`zning, ayniqsa maqtovning rag`batning yoki arzimagan bo`lsa ham biror narsaning gadosi bo`ladi.

Download 0.52 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling