Boshlang‘ich sinflarda fе’lni o‘rganish tizimi. Bo‘lishli va bo‘lishsiz fе’llarni o‘rganish. Fе’llarda zamon mavzusini o‘rganish
Download 31.18 Kb.
|
l
- Bu sahifa navigatsiya:
- 4-sinf
3-sinf So'z turkumlari (64 soat)3-sinf So'z turkumlari (64 soat)So‘z turkumlari haqida umumiy tushuncha. So‘zlarning ma’no va vazifasiga ko‘ra guruh-turkumlarga bo‘linishi: ot , sifat, son, fe’l.Fe’l. Fe’lning shaxs va narsalar harakatini bildirishi, nima qildi? nima qilyapti?nima qiladi? so‘roqlari, bo‘lishli va bo‘lishsiz fe’llar, nima qilmaydi? so‘rog‘iga javob bo‘lgan bo‘lishsiz fe’llar (aytmaydi) va -ma qo‘shimchasining aytilishi va imlosi. Fe’l yasovchi qo‘shimchalar.4-sinf4-sinfFe’l (28 soat)Fe’l, uning kesim vazifasida kelishi; fe’l zamonlari, ularning harakatni uch zamonning birida bajarilishini bildirishi; o‘tgan, hozirgi, kelasi zamon fe’llari, qo‘shimchalari; uch zamondagi fe’llarning talaffuzi va imlosi. Fe’llarning shaxs-son qo‘shimchalari bilan tuslanishi; shaxs-son qo‘shimchalarining so‘z o‘zgartiruvchi qo‘shimchalar ekani; shaxs-son qo‘shimchalari harakatni uch shaxsning biri tomonidan bajarilishini bildirishi; shaxs-son qo‘shimchalarining -yap, -di zamon qo‘shimchalaridan so‘ng qo‘shiladigan shakllari (amaliy); shaxs-son qo‘shimchali fe’llarning talaffuzi va imlosi. Fe’l yasovchi qo‘shimchalar. Leksik mashqlar va ular yordamida o‘quvchilar nutqini fe’llar bilan boyitish;Fe’lni o’rganishda izchillik. 1-sinfda fe’l ustida ishlash. Fe’l ustida ishlashga tayyorgarlik savodga o’rgatish davrida boshlanadi. Bu davrda o’quvchilarning diqqati fe’lning leksik ma’nosiga qaratiladi; fe’l uchun tipik hisoblangan leksik ma’nosiga qaratiladi; fe’l uchun tipik hisoblangan leksik-grammatik ma’noni, ya’ni predmetning harakatini bildirishni umumlashtirish imkonini beradigan aniq material yig‘iladi. Fe’l leksik ma’nosi bilan grammatik ma’nosi (harakat bildirishi) mos keladigan (nima qilyapti?) yugurayapti, arralayapti, sakrayapti, (nima qildi?) yugurdi, arraladi, sakradi, (nima qiladi?) yuguradi, arralaydi, sakraydi kabi misollardan foydalanish bilan, o’quvchilar o’zlari bajargan harakatlarni aytishni so’rab, ular bergan javobini (fe’lni) so’roqlari bilan xattaxtaga yozib, suhbat o’tkazish bilan tushuntiriladi. Download 31.18 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling