Boshlang‘ich sinflarda gap mavzusini o‘rgatish metodikasi mundarija: kirish asosiy qism


Kurs ishi natijalarining joriy qilinishi


Download 79.75 Kb.
bet3/16
Sana28.12.2022
Hajmi79.75 Kb.
#1013530
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16
Bog'liq
BOT 19.1 Sultonova Asal

Kurs ishi natijalarining joriy qilinishi. O‘qituvchi uchun eng muhimi shundan iboratki, bola o‘zi oladigan bilim, unda shakllanadigan his-tuyg‘u hayotda zarur va ahamiyatli ekanini tushunib yetsin. Bu o‘rinda ona tili darslari alohida o‘rin tutadi.
Kurs ishi natijalarining aprabatsiyalari. Kurs ishi natijalari maktab hamda Chirchiq davlat pedagogika universiteti dekani,kafedra mudiri hamda kurs ishi rahbari tomonidan aprabatsiya qilindi.
Jamiyatimiz yuqori ma’lumotli, fan asoslarini chuqur egallagan, milliy istiqlol ruhida tarbiyalangan, o‘z bilimlarini ishlab chiqarishga mohirlik bilan tatbiq qila oladigan kishilarni talab etadi.Bunday kishilarni tarbiyalashda dars muhim rol o‘ynaydi. Shu tufayli darsga bo‘lgan talab ham o‘sib boradi. Darsga qo‘yiladigan asosiy talablardan biri ilmiylikdir. Darslarda o‘rganiladigan bilimlar mazmuni o‘zbek tilshunosligining ilmiy yutuqlarini o‘zida aks ettirishi, ta’lim jarayonining maqsadiga hamda bolalarning bilim saviyasiga mos bo‘lishi zarur.Ta’limda bularning birontasiga rioya qilinmasa, ona tili mashg‘ulotlarining samaradorligiga putur yetkaziladi.
O‘quvchilarning yoshiga mos kelmaydigan elementar yoki nihoyatda murakkab bilimlar bolalarning til faniga oid qiziqishlariga salbiy ta’sir qiladi.Ona tili darslarida o‘qitish metodlari bilan birga, fan sohasida ishlatiladigan usullardan foydalanish mashg‘ulotlarning samaradorligini oshiradi. Bolalarga tahlil va qayta qo‘sha olish, induktiv va deduktiv xulosalar chiqara bilish, til hodisalarini kuzatish, kuzatilgan hodisalarga oid dalillar to‘plash, to‘plangan dalillarni taqqoslash yo‘llarini o‘rgatish o‘qituvchining asosiy vazifasidir.
Dars – ijodiy jarayon. Darslarda o‘quvchilarning ijodiy faoliyati qancha taraqqiy ettirilsa, ular o‘z oldiga qo‘yilgan aqliy vazifalarni shuncha qiynalmasdan bajaradilar.Bola topshiriqlarni ishlash sirlarini o‘rganib borgan sari, unda ijodiy fikr yuritish qobiliyati shakllana boradi.Ijodiy fikr yuritish o‘quvchilarda evristik layoqatni o‘stiradi.
Kurs ishi tuzilishi va hajmi. Kurs ishi kirish 2 asosiy bob, xulosa va foydalanilgan adabiyotlar ro’yxatidan iborat. Ishning hajmi 34 sahifani tashkil etadi.
Til fikrni shakllantirish va bayon qilish, taassurot, his-kechinmalarni ifodalashda muhim o‘rin tutadi. Til jamiyat a’zolarining bir-biri bilan o‘zaro aloqasi uchun xizmat qiladigan vositadir. Bu vosita qanchalik takomillashsa, fikr shunchalik aniq, ta’sirchan ifodalanadi. Demak, kishilarning o‘zaro munosabati, his-tuyg‘ulari, kechinma va holatlari til vositasida aniqlashadi. Maktabda ona tilini chuqur o‘rganish zarurati tilning bajaradigan asosiy vazifalaridan kelib chiqadi. Ona tili boshqa fanlarni o‘qitish vositasi hamdir: jamiyat tarixi ham, tabiiy fanlar ham ona tili yordamida o‘rganiladi. Demak, ona tili bolaning umumiy kamol topishida ham, bilim va mehnatga havasini uyg‘otishda ham alohida o‘rin tutadi. Til muhim tarbiya vositasidir. Badiiy adabiyotlarni, gazeta, jurnallarni o‘qigan bola o‘zida eng yaxshi hislatlarni tarbiyalab boradi, muomala madaniyatini egallaydi.
Ona tili boshlang‘ich sinflarda asosiy o‘rinni egallar ekan, har bir o‘quvchida ona tiliga qiziqish va muhabbatni tarbiyalab borishi zarur.
Boshlang‘ich sinflarda ona tili mashg‘ulotlari turi va mazmuni quyidagilarni o‘z ichiga oladi:

  1. O‘qish, yozuv, grammatik materialni o‘rganish, kuzatishlar hamda o‘quvchilarning ijtimoiy faoliyatlari bilan bog‘liq holda, ularning og‘zaki va yozma nutqini o‘stirish.

  2. Birinchi sinfga kelgan bolalarga savod o‘rgatish, ya’ni ularni elementar o‘qish va yozishga o‘rgatish, bu ko‘nikmalarni malakaga aylantirish.

  3. Adabiy til me’yorlarini, ya’ni imloviy va tinish belgilariga rioya qilingan savodli yozuvni, to‘g‘ri talaffuzni o‘rganish, nutq va uslubiy elementlarni egallash.

  4. Grammatika, fonetika, leksikologiyadan nazariy materiallarni o‘rganish, tildan ilmiy tushunchalarini shakllantirish.

  5. O‘quvchilarni o‘qish va grammatika darslari orqali badiiy, ilmiy-ommabop va boshqa adabiyotlar namunasi bilan tanishtirish, ularda badiiy asarni idrok etish ko‘nikmasini hosil qilish.

Bu vazifalarning hammasini boshlang‘ich sinflarda ona tili predmeti hal etadi va ular ona tili dasturida aks etadi.
Biz pedagoglarning asosiy vazifamiz esa o‘quvchilarga ona tilimizning go‘zal, jozibador jumlalari orqali ona tili ta’limini davr talabi, zamonaviy o‘qitish usullari bilan birgalikda olib borib, o‘quvchilarda mustaqil va ijodiy fikrlash, og‘zaki va yozma nutq ko‘nikmalarini rivojlantirishdan iboratdir.
O‘zbek tili O‘zbekiston Respublikasining davlat tilidir. Fan yutuqlari, urf-odat, an’analar davlat tili vositasida e’zozlanadi, asraladi, avloddan avlodga meros qilib qoldiriladi. Hayotning barcha sohasida to‘plangan ijtimoiy tajriba ona tili orqali o‘zlashtiriladi, ona tili vositasida o‘rgatiladi. Shu tufayli ona tili birinchi muallim sanaladi. Maktabda ona tilini o‘quv predmeti sifatida o‘qitish uning ta’lim-tarbiyaviy ahamiyatini yanada oshiradi. Bola o‘zining ilk tasavvurlarini, ichki kechinmalarini til vositasida yuzaga chiqaradi. U o‘zini va o‘zgalarni, atrofdagi narsa-hodisalarni til yordamida taniydi, bilib oladi.
Maktabda ona tili fanini o‘qitishning ijtimoiy ahamiyati shundaki, bu fanni chuqur o‘zlashtirgan o‘quvchining nutqi rivojlanib, milliy madaniyati yuksaladi. Qalbida vatanparvarlik hissi jo‘sh uradi. Bu yo‘lda esa o‘quvchilarga faqat ilm o‘rgatish emas, balki ularning til malakasini oshirish ham dolzarb vazifadir. Tilning jamiyatda tutgan o‘rni, til va tafakkur hamda til va nutqning o‘zaro bog‘liqligi to‘g‘risidagi g‘oyalar maktabda ona tili ta’limining nazariy asoslari sanaladi.
Ona tili darslarining sifat va samaradorlik darajasi qancha yuqori bo‘lsa, ko‘zlangan maqsadga to‘laqonli javob bersa, bu o‘qituvchining o‘z faoliyati davomida erishgan eng katta yutug‘idir va u tinimsiz mehnat hamda izlanish bilangina qo‘lga kiritiladi.
So‘zlashuv jarayoni yoki matnda o‘zga nutqining ham bo‘lishi tabiiy, albatta. Badiiy matnlarda o‘zga gaplarning tutgan o‘rni, ularning matnda bajaradigan uslubiy vazifalari asar muallifining personajlarni tavsiflashga qaratilgan nutqida, ko‘chirma gaplar mazmunida oydinlashadi.
Boshlang‘ich sinf ona tili darslarida sintaksisning muhim belgilarini dastlabki bosqichdan tortib, to to’rtinchi sinfgacha bo‘lgan davrda ham tushuntirishga katta e’tibor qaratiladi. Ular so‘roqlar yordamida gap tuzish va uni yoyishni, gap oxirida ovozning pasayishi asosida to‘xtam (pauza) qilishni, yozuvda gap oxiriga nuqta qo‘yilishini, gapning birinchi so‘zi bosh harf bilan yozilishini ham o‘rganishadi.
Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining og‘zaki hamda yozma nutqini o‘stirishda gap ustida ishlashning ahamiyati juda katta. Gap grammatik jihatdan tashkil topgan, tarkibidagi qismlar bir yaxlit holda kelgan, mazmun va intonatsion butunlikka ega bo‘lgan sintaktik birlik bo‘lib, u fikr, tuyg‘u va istakni boshqalarga bildirish uchun qo‘llanadi. Har bir gap grammatika qoidalariga muvofiq shakllanadi. Gapning muhum belgisi uning grammatik-intonatsion va fikriy jihatdan bir butunlikka, tugallikka ega bo‘lishidir.
Gapni o‘rganish va nutqda undan foydalanish ko‘nikmasini shakllantirish o‘quvchilarning aniq bilimlarini doimiy kengaytirirb, boyitib borishiga asoslanadi.
Gap kishilarning bir-biriga fikr, axborot uzatish uchun ishlatadigan asosiy birlik, fikr ifodalashning eng oddiy ko‘rinishi. U so‘zlovchi uchun fikr ifodalash va axborot uzatish, tinglovchi uchun axborot qabul qilish vositasi. Kishi ongidagi fikr tushunchalar asosida tiklanadi. Fikr nutqda gap sifatida yuzaga chiqadi. Fikr tushunchadan tashkil topganligi kabi gap ham tushunchaning shakli sanalgan so‘z va so‘z birikmalaridan tuziladi. Gapning tashkil etuvchilari so‘z (ibora), grammatik shakl va so‘z birikmalari. Fikr tushunchalarsiz bo‘lmagani kabi nutqiy gap asosida ham, avvalo, so‘z yotadi. Zero, gap asosidagi atov birligi voqealangan leksema. Leksemaning guruhlanishida ham yetakchi omildan biri sifatida ularning sintaktik imkoniyati yotishi bejis emas. Shu boisdan tilshunoslikda gap bo‘laklari turli mustaqil so‘z turkumi bilan ifodalanaveradi. Biroq har bir gap bo‘lagi uchun ma’lum bir so‘z turkumi ko‘proq xoslangan bo‘ladi semantik va grammatik xossalari bilan ma’lum bir gap bo‘lagi vazifasiga mos so‘zlar bor. Masalan, “kesim vazifasida kelish uchun ko‘proq fe’l xoslangan”. Ega, to‘ldiruvchi vazifasida, asosan, ot va ot vazifasidagi so‘z keladi. Bu so‘z turkumlarining umumiy ma’noviy tabiati va grammatik xususiyati bilan belgilanadi.
Boshlang‘ich sinf o‘quvchilariga gap mavzusini o‘rgatish uchun o‘qituvchi ta’limning eng qulay usullardan foydalansa maqsadga muvofiq bo‘ladi. Bunda didaktik o‘yinlarning ahamiyati juda katta. Shuning uchun o‘quvchilarga berilayotgan bilimlar ularning yosh xususiyatlariga muvofiq o‘yin tariqasida uyushtiriladi. Bundan o‘yinlar jarayonida o‘quvchilar boshlang‘ich sinf ona tili darsligida berilgan, o‘zlashtirishi qiyin bo‘lgan materiallarni oson o‘zlashtiradi va shu bilan birga atrof-muhit, voqealarni kuzatishga, solishtirib ko‘rishga, ular to‘g‘risida fikrlashga, ulardan to‘g‘ri xulosalar chiqarishga va xulosalarini asoslashga o‘rganadilar. O‘quvchilarni fanga qiziqtirishni va bilim, ko‘nikma, malakalarini to‘g‘ri egallashlariga erishishni didaktik o‘yinlar orqali amalga oshirish maqsadga muvofiq bo‘ladi.
Quyida biz ayrim didaktik o‘yinlardan namunalar keltiramiz:
Qo‘ng‘iroq chalindi Gullar ochildi
Bola yugurdi Yiqilib tushdi
Bahor keldi Duo qildi
Chol qo‘lini ko‘tardi Dars boshlandi
Darsga tayyorgarlik ko‘rish jarayonida didaktik o‘yinlarni to‘g‘ri tanlash muhim ahamiyatga ega. Didaktik o‘yinlar uchun didaktik materiallarni tayyorlab qo‘yish, didaktik o‘yin jarayoni uchun vaqtni to‘g‘ri belgilash hamda to‘g‘ri nazorat qilish, didaktik o‘yinni yakunlash va xolisona baholash kabilarni aniq rejalashtira olish lozim.



Download 79.75 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling