Boshlang‘ich sinflarda gap mavzusini o‘rgatish metodikasi mundarija: kirish asosiy qism
Download 79.75 Kb.
|
BOT 19.1 Sultonova Asal
- Bu sahifa navigatsiya:
- A. Sof so‘roq gaplar
- C. So‘roq-buyruq gap.
- Chekmang
1.Darak gap. Xabar mazmunini bildirgan gaplarga darak gap deyiladi.
Masalan: Birdan yomg‘ir yog‘a boshladi. Dars tugadi. 2. So‘roq gap. So‘roq mazmunini bildirgan gaplarga so‘roq gap deyiladi. Masalan: Qayerdan kelyapsan? Nega yig‘layapsan? So‘roq gaplar quyidagicha hosil bo‘ladi: a)so‘roq olmoshlari yordamida: Sen qachon kelding? Kitobni kimdan olding? b)so‘roq yuklamalari yordamida: Topshiriqni bajardingmi? O‘zing-chi? Men-a? d) so‘roq ohangi yordamida: -Soat besh bo‘ldi. -Soat besh bo‘ldi? Bir kunda 200 kg paxta terdim. Ikki yuz? So‘roq gaplar quyidagi turlarga bo‘linadi A. Sof so‘roq gaplar: Ahmad nega kelmadi? Ertaga qayerga ketmoqchisan? B. Ritorik so‘roq gaplar: Bunday so‘roq gaplar javob talab qilmaydi, javobi o‘zida yashiringan bo‘ladi: Farzandni kim ham sevmaydi? (hamma sevadi - yashirin tasdiq). Dehgonning yerdan boshqa nima tirikchiligi bor? ( hech qanday tirikchiligi yo‘q - yashirin inkor). C. So‘roq-buyruq gap. Bunday so‘roq gaplarda so‘rash bilan birga buyurish ma’nosi ham bor: Tez-tez yurmaysanmi? Vazifangni bajarmaysanmi? 3. Buyruq gap. Buyruq gaplarning kesimi buyruq-istak maylidagi fe’l bilan ifodalanadi Yetti o‘lchab bir kes. Tezroq yetib kel. Menga yordam bering. Testga puxta tayyorlanaylik! Iltimos, yalinish, maslahat ma’nolarini bildirganda nuqta qo‘yiladi, boshqa hollarda undov (!) belgisi qo‘yiladi. ESLATMA: 1. Buyruq gaplarning ma’nolarini bilish uchun buyruq-istak mayliga murojaat qiling. 2. Ayrim hollarda uchinchi shaxs buyruq maylidagi fe’llar bilan ifodalangan gapning kesimi I shaxs ma’nosida qo‘llaniladi. Masalan, Chekmang o‘rnida Chekilmasin. Uyga kiring o‘rniga Uyga kirilsin. Bunday vaqtda iltifot, mulozamat bildirish, kesatiq kabi ma’nolar ifodalanadi. 4.Istak gap. Istak gaplarning kesimi shart maylidagi fe’l bilan ifodalanadi: Men ham o‘qishga kirsam. Hozir yomg‘ir yog‘sa kerak. Endi bu yerdan ketsak. 1 - mashq. Berilgan gaplarni darak, istak, so‘roq va buyruq gaplarga ajrating. 1. O‘tkir Hoshimov asarlarini o‘qiganmisiz? 2. Yaxshi qo‘shiqni kim yoqtirmaydi? 3. O‘quvchilarni qanaqa kitoblar bilan xursand qilmoqchisiz? 4. Farmon bibining uylari shumi? 5. Sen mening gapimga quloq solgin. 6. Yomon kunga qo‘yma, o‘rtoqjon, Toki yig‘ib olayin darmon! 7. Hammani maqtaydigan odamga ishonma. 8. Umringda to‘y ko‘rmaganmisan? 9. Qani hamma xotin ham sizday bo‘lsa... 10. Kuz faslida deyarli yog‘ingarchilik bo‘lmadi. 11. U bu ishni bemalol bajara oladi. 12. Hammayoq oppoq qor bilan qoplangan edi. 15. Aka-uka hosilni baravar bo‘lishibdilar. 16. Ona ancha yil fabrikada ishlagan. 17. Oksana degan qiz haqida ham sizlarga ochig‘ini yozmoqchiman. 18. Bahorda hammamiz yangi uyga ko‘chamiz. 19. Rahmonqulov Elchibekning kamgapligidan shubhalanardi, shekilli. 20. Nimadan qo‘rqqan edingiz? 21. Shunaqa so‘zlarni har kimga ayta berasizmi? 22. Qani til bo‘lsa-yu, u bilan suhbatlasha qolsa. 23. Otabek qipchoqlarga qarshi chiqmadimi? 24. Shu ko‘rganlarini bizga hikoya qilib bersa. 25. Bugun bir osh qilsak. Download 79.75 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling