Boshlang'ich sinflarda grammatik tahlilni o'tkazish metodikasi.” mavzusidagi kurs ishi qabul qildi
Kurs ishining maqsadi va vazifalari
Download 44.98 Kb.
|
Abdiraxmonova Feruza
- Bu sahifa navigatsiya:
- Kurs ishining tuzilishi.
Kurs ishining maqsadi va vazifalari. Kurs ishning maqsadi: Boshlang‘ich sinflar o‘quvchilarining gramatik tahlilga o‘rgatish metodikasani yoritib o‘tishdan iborat.
Kurs ishi predmeti: Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida Grammatik tahlil malakalarini shakllantirish Kurs ishining tuzilishi. Kurs ishi kirish, mavzuga oid 4ta reja, xulosa hamda foydalanilgan adabiyotlar ro ‘yxatidan iborat. Grammatika –tilshunoslik bo‘limi Mamlakatimiz Prezidenti Sh.M.Mirziyoyev “Yoshlarimizning mustaqil fikrlaydigan, yuksak intellektual va ma’naviy salohiyatga ega boʻlib, dunyo miqyosida oʻz tengdoshlariga hech qaysi sohada boʻsh kelmaydigan insonlar boʻlib kamol topishi, baxtli boʻlishi uchun davlatimiz va jamiyatimizning bor kuch va imkoniyatlarini safarbar etamiz1” degan da’vatlari ta’limning sifatli va samarali tashkil etilishini, ayniqsa, boshlangʻich sinflardan boshlab oʻquvchilarni mustaqil fikrlaydigan, yuksak intellektual va ma’naviy salohiyatga ega shaxs sifatida tarbiyalash bugungi kunning dolzarb masalalaridan biri hisoblanadi. Yoshlarimizning mustaqil va erkin fikrlay olishi, albatta ularning maktabda qanday ta’im-tarbiya olishiga bog‘liq. “O‘quvchilarning mustaqil faoliyatini ta’lim jarayonida mustaqil ishlarni bajarish jarayoni shakllantirib beradi.Mustaqil ish bo‘sh o‘zlashtiruvchi o‘quvchilarning o‘z ustida ishlashi, ziyrak va hozirjavob bo‘lishiga yordam beradi. Buning uchun o‘quvchini ruhan tayyorlash, ko‘zlangan ishni bajarish uning qo‘lidan kela olishiga ishontirish lozim. Bunda bolani nazorat qiluvchiga ham mas’uliyat yuklanadi. U puxta o‘ylangan, maqsadli va davomiy mashqlarni tavsiya etishi kerak. Shu o‘rinda e’tiboringizni boshlang‘ich sinf ona tili darslarida o‘quvchilarning mustaqil ishlarini tashkil etish masalasiga qaratmoqchiman. Boshlang‘ich ta’limda o‘qituvchi o‘quvchining imkoniyati, yosh xususiyati, qiziqishlarini e’tiborga olish zarur. O‘g‘il-qizlarni aqliy rivojlantirish shartlaridan biri topshiriqlarni to‘liq “eslab qolib” bajarishdir. Bajariladigan ishning maqsadini tushungan(tasavvur qilgan) holda uning rejasini belgilash va ish usulini tanlash, yo‘l qo‘yilgan xatolarni mustaqil topa olish va uni tuzata bilishga alohida e’tibor beriladi. O‘quvchilarning topshiriqlarni tez, to‘g‘ri bajarishi uchun qulay usullarni tanlash, yo‘naltiruvchi savollar berib, tayanch so‘zlar tavsiya etish maqsadga muvofiqdir.”3 Grammatika ko'plab tilshunoslik atamasi kabi ikki ma’noli. Bir ma’nosida tilning grammatik qurilishi tushunilsa, ikkinchi ma’nosida tilshunoslikning shu grammatik qurilishni o'rganuvchi sohasi anglashiladi. Demak, u so'z va gapning formal-grammatik tomoni — so'z o'zgarishi, sintaktik birliklar va ularning turli ko'rinishi, strukturasi va hosil qiluvchi vositalari, shuningdek, ifodalaydigan grammatik ma’nosini o'rganadi. Tilning o'ziga xosligi — fonetik, leksik, grammatik strukturaning yaxlitligidan iboratligi. Ular bir-biridan ajralgan holda emas, yaxlit sistema sifatida mavjud. Bu yaxlitlikni zohiriy va botiniy tushunish mumkin. Yaxlitlikning zohiriy alomati tovushning so'z va qo'shimchani, so'zning gap va so'z birikmalarini tashkil etishida namoyon bo'ladi. Yaxlitlikning botiniy idrokida fonetik omilning qo'shimcha, so'z, so'z birikmalari ma’nosini, leksik omilning shu tarzda fonetik, grammatik, grammatik omilning fonetik va leksik hodisalarni farqlashi va nutqqa olib chiqishi kabi bir qarashda ko'zga tashlanmaydigan holat e’tiborga olinadi. Grammatika ongda nutqiy qo'Ilanishga shay turgan leksemani grammatik vosita bilan shakllantirib, so'zga aylantiradi, so'zlarni o'zaro biriktiradi va fikr almashish vositasi sifatidagi vazifasini yuzaga chiqaradi. Tillar o‘zaro grammatik xususiyatiga ko'ra ham tasniflanadi. Masalan, o'zbek tilida kesimning gap markazi sifatida boshqa barcha bo'laklarni o'z atrofida uyushtirishi, eganing fakultativligi, sifatlovchining sifatlanmishdan oldin kelishi, bunda inversiyaning bo'lmasligi, ega va kesim, qaratuvchi va qaralmishning ikkiyoqlama aloqaga egaligi, to'ldiruvchi va to'ldirilmish, hoi va hollanmish, sifatlovchi va sifatlanmish, izohlovchi va izohlanmishning bir yoqlama aloqada ekanligi kabilar uning boshqa qarindosh tillar bilan birgalikda bir til oilasiga kirishini ta’minlaydi. Ammo bu bir til oilasiga kiruvchi barcha tillar orasidagi farqning mavjudligini inkor qilmaydi. Masalan, turkiy tillarning sintaktik qurilishida o'xshashlik, morfologik qurilishida esa farq ko'proq.” Til hamisha taraqqiyotda. Bunda ustuvorlik, asosan, tilning leksik sathiga beriladi. Ijtimoiy hayotning o'zgarishi leksikada keskin o'zgarish yasaydi. Yangi so'zning vujudga kelishi, so'zlarning «tirilishi», iste’moldan chiqib ketishi kabilar bunga misol. Tilning fonetik va grammatik sathlari ijtimoiy o'zgarishga befarq, unda faqat vaqt o'z izini qoldiradi.”4Chunki yaqin yillarda tubdan o'zgarishga uchragan ijtimoiy hayotning ta’siri natijasida, masalan, o'zbek tilining morfologik strukturasi, sintaktik qurilishida o'zgarish kuzatilmaganligi buning yorqin dalili. Lekin asrlar davomida bunday o'zgarish bo'lib turadi. Masalan, eski o'zbek tilida [—gu\ affiksi yordami bilan yasalgan ish otiga [-m\, [-ng] affiksi qo'shilib, ushbu so'zning kesim ekanligini ko'rsatgan: Men ko'rgum tipida. Bu hozirgi o'zbek tilida kuzatilmaydi. [UI\, {alar), (andin), (anda), {ko'zun ко‘rub) (ko'zi bilan ko'rib) kabi qator so'zshakl fikrimiz dalili. Yoki eski o'zbek tilida Bu sening, Bu mening ko'rinishidagi sintaktik qurilma mavjud bo'lgan. U hozirgi kunda Bu seniki, Bu meniki ko'rinishiga ega. Bu vatan meningdir kabi qurilmalar uning «qoldig'i». Grammatikaning tarkibiy qismlari, o‘rganish obyekti. Grammatika deganda tor ma’noda morfologiya va sintaksis yaxlitligi, keng ma’noda tilning barcha qurilish sathi tushuniladi. Aytilganidek, grammatika tilning so'z o'zgartirish va so'z biriktirish qoidalari haqida bo'lib, bunda so'z o'zgartirish doirasida so'zshakllari, so'zshakllarini hosil qiluvchi grammatik kategoriya va o'zgarishi asosida farqlanuvchi so'zning grammatik guruhi — so'z turkumi hamda bu hodisalarning mahsuli bo'lmish so'z birikmasi va gap bir vujudning ikki tomoni sifatida ajraladi. Bu o'z- o'zidan ularni o'rganuvchi ikki soha — morfologiya va sintaksisni farqlashni ham taqozo qiladi. Morfologiyaning obyekti so'zning o'zgarish bilan bog'liq, ya’ni morfologik strukturasi. So'zning morfologik strukturasi — grammatik morfema, grammatik morfema sistemasi — morfologik kategoriya, so'zning o'zgarish asosidagi sistemasi (masalan, kitob, kitobning, kitobni, kitobga, kitobda, kitobdan \kitob] leksemasining kelishik kategoriyasi asosidagi o'zgarish sistemasi), so'zshaklning hosil bo'lish yo'l va usuli, vositaci, bu vositalarning turlari. Grammatika va milliylik, milliy mafkura. Til va tafakkur, milliy til va milliy ruh ajralmas. Har bir tilning grammatik qurilishi ma’lum me’yorga, qonun-qoidaga ega bo'lib, bu shu tilda so'zlashuvchi kishilarning ijtimoiy ruhiyati bilan belgilanadi. Shu boisdan nazariy tilshunoslik asoschisi V.Humboldt bundan qariyb ikki asr ilgari har qaysi tilning o'z sistemasi bo'lib, tilni tadqiq qilish ni shundan boshlash kerak degan edi. Grammatikada aks etuvchi milliylikni uning har ikki tarkibiy qismi — morfologiyada ham, sintaksisda ham kuzatish mumkin. Tilshunoslikda u shunday sharhlanadi. Ma’lumki, o'zbek tilida so'zning o'zak-negizi mustaqil holda ma’no anglatadi va lug'atlarda grammatik shaklsiz beriladi. Jumladan, fe’lning o'zak-negizi lug'aviy, grammatik va kommunikativ ma’no ifodalab, asosiy va qo'shimcha tushunchadan tashqari fikr ham bildiradi. Shunga ko'ra, u asosiy tushuncha ifodalab, lug'aviy unsur (leksema), qo'shimcha tushuncha bildirib, grammatik shakl (so'zshakl), fikr ifodalab kommunikativ birlik (gap) vazifasini bajaradi. Masalan, (ol), (ishla) fe’llarining lug'aviy ma’nosi harakatni bildirish bo'lib, grammatik ma’nosi fe’l ekanligi. Ular grammatik shakllanmasdan ham lug'aviy ma’no ifodalay oladi.Boshqa qurilishga mansub bo'lgan rus tilida fe’lning o'zak- negizi {pis-, prochita-) bunday xususiyatga ega emas. O'zbek tilidagi gapning minimal qoiipi kesimga to'g'ri keladi. Rus tilida esa ega va kesim birligi gapning minimal qolipiga muvofiq. Milliy fanda milliy mafkura aks etadi. O'zbek tilshunosligi milliy fan bo'lib, u ham o'zida milliy mafkura va milliy g'oyani aks ettirish bilan birgalikda, uni targ'ib qiluvchi vositalar sirasidan ham o'rin oladi. Til ijtimoiy-ruhiy hodisa bo'lganligi sababli uning me’yorlarini belgilash davlatning til siyosati bilan ham bog'liq. Yurtimiz bir asrdan ko'proq mustamlakada bo'Idi. Hukmron xalq va uning tiliga har jihatdan imtiyoz berilib, qaram xalqlarning ruhiyati va tiliga tajovuz qilindi. Faqat istiqlol natijasi o'laroq, til va tilshunosligimiz istibdod kishanidan xalos bo'Idi. O'zbek tilshunosligi tom ma’nodagi mustaqil fan sifatida o'zbek tilining o'zbekona tabiatini ochiq-oydin o‘rganib, uni milliy g'oya va milliy mafkurani targ'ib qilishning tarkibiy qismiga aylantirdi. Bugungi kunda morfologiyada grammatik kategoriya va shakllaming, so'z turkumlarining yangicha tasnifi, sintaktik hodisalarning yangi nuqtayi nazardan tadqiq qilinishi natijasida ta’limga olib kirilayotgan ilmiy yangiliklar — gapning markazi sifatida kesimning qaralishi, gap va so'z kengaytiruvchilarining farqlanishi, gap bo'laklarining darajalanishi, sodda va qo'shma gap oralig'ida uyushgan gapning ajratilishi, gap markaziga tayangan holda qo'shma gapning yangicha tasniflanishi kabilar fikrimiz dalili. Bular esa grammatika, milliylik va milliy mafkura tushunchalarining bog'liqligini ko'rsatadi Download 44.98 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling