Geometrik shakllar. Geometrik shakllarni o`lchash Geometrik shakllarni o`rganish natijasida o`quvchi quyidagilarni:
Bilishi kerak:
- atamalar: to`g`ri burchak, to`g`ri to`rtburchak, aylana, aylana markazi, aylana radiusi.
- belgilashni: mm (millimeter), kvadrat santimetr (kv.sm)
Uddalay olishi kerak:
- sirkuldan foydalanib, aylana va doira chizishni;
- ko`pburchak perimetrini topishni.
3- Sinf uchun matematikadan asosiy ta’lim dasturi mazmunining me’yorlari.
Son va hisoblashlar
ichida natural sonlar haqida tasavvurga ega bo`lish, sonlarning natural qatori qurilishi o`ziga xos xususiyatlarini tushinib yetish
Sonlarning o`nlik yozuvi prinsipini egallash.
Rimcha raqamlash va undan foydalanish haqida tasavvurga ega bo`lish.
ichida sonlarni qo`shish va ayirishning (yozma va og`zaki) barcha hollari bilan bog`liq usullarini egallash.
ichida sonlarni jadvaldan tashqari ko`paytirish va bo`lish usullarini egallash.
Nollar bilan tugaydigan sonlarni bir xonali sonlarga, yaxlit o`nliklarga va yaxlit yuzliklarga ko`paytirish va bo`lish usullarini egallash.
Sonning qoldiqli bo`lishni bajarishni o`rganish.
Uch xonali sonni bir xonali songa ko`paytirish va bo`lishning yozma usullarini egallash.
amalni o`z ichiga olgan (qavsli va qavssiz) ifodalarda amallarning bajarilish tartibi haqida tasavvurlarga ega bo`lish.
x+123=140, x-436=152, x·4=140 , 810–x=135 ko`rinishdagi tenglamalarni (tanlash usuli va berilgan hamda izlanayotgan son orasidagi o`zaro bog`lanish asosida) to`g`ri va tez yechishga o`rganish
1-2 amalli matnli masalalarni yechish bilan bog`liq tajribalar orttirish.
Massa, o`lchov birliklari: tonna, sentner, kilogramm, gramm haqida, ular orasidagi moslik haqida tasavvurga ega bo`lish.
Vaqt o`lchovi birliklari: soat, minut, sutka, yil, oy, hafta, sekund, asr haqida va ular orasidagi moslik haqida tasavvurlarga ega bo`lish.
Do'stlaringiz bilan baham: |