Boshlang`ich sinflarda matematika fanining o`qitish jarayonida induksiya
Yuqorida to'g'ri javob bergan o'quvchilar soni keltirilgan
Download 331.5 Kb.
|
Boshlang`ich sinflarda matematika fanining o`qitish jarayonida i
Yuqorida to'g'ri javob bergan o'quvchilar soni keltirilgan.
Quyida tajriba ishlarini olib borishda foydalanilgan misol va masalalardan na'munalar keltirilgan. Analogiya metodidan foydalanib o'quvchilarga berilgan masalaga teskari masala tuzishni o'rgatdik. Berilgan masalaga teskari masala tuzib yechish Har bir masala 2 qismdan iborat bo`ladi: 1) shart 2) savol. Ma’lum bo`lgan narsalar ,,shart’’ deyiladi. Hisoblab topiladigan qismi ,,savol’’ deyiladi. Yana ,,yechim’’ va ,,javob’’ degan qismlar ham bor uni quyidagi masalani yechish orqali o`rganamiz. Hovlida 13 dona gul ochilgan edi. Nazira 5 dona uzib guldasta tuzdi va buvisiga sovg`a qildi. Hovlida yana nechta gul qoldi? Bu masaladagi 13 va 5 sonlari ma’lum bo`lgani uchun masalaning sharti bo`ladi. Hovlida nechta dona gul qolganligi noma’lum bo`lganlligi uchun uni masalaning savoli deyiladi. Masala savoliga javob topish uchun bajariladigan hisoblash yechimi bo`ladi, ya’ni 13-5=8 yechim. Shundan keyin masala savoliga ,, hovlida 8 dona gul qoldi’’ deb javob beriladi. Masalada hammasi bo`lib 3 ta son qatnashayapti. 13 va 5 ma’lum sonlar, 8 hisoblab topilgan son. Oldin ma’lum edi. Agar shu masaladagi ma’lum sonlardan biri ma’lum son bilan o`rin almashib qolsa, avvalgi masalaga teskari masala hosil bo`ladi. Masalan, Nazira hovlida ochilgan gullardan 5 donasini uzib buvisiga sovg`a qilgandan keyin yana 8 dona gul qoldi. Hovlidagi ochilgan gullar nechta bo`lgan? Ochilgan gullar-? Uzildi- 5ta. Qoldi 8ta gul. 5 va 8 sonlari ma’lum bo`lgani uchun masalaning sharti hisoblanadi. Hovlida ochilgan gullar noma’lum bo’lgani uchun savol uni hisoblab topish uchun bajariladigan amal yechim va topilgan natija javob bo`ladi. Hovlida ochilgan gullarni aniqlaymiz: 5+8=13 bu yechim. 13 soni javob. E’tibor bering: avvalgi masalada 13 ma’lum 8 noma’lum edi. Bu masalada 8 ma’lum berilgan 13 soni hisoblab topildi.Shuning uchun bu masala avvalgisiga teskari masala deyiladi. Shunga o`xshash yana bitta teskari masala tuzish mumkin. Hovlida 13 dona gul ochilgan edi. Nazira bir nechta gulni uzib buvisiga sovg`a qilganidan keyin hovlida yana 8 ta gul qoldi. Nazira nechta gulni buvisiga sovg`a qilgan? Ochilgan - 13 dona gul, uzildi-? Qoldi – 8 ta gul. Uzilgan gullar noma’lum, uni topish uchun 13-8=5 yechim bajariladi va 5 javob topiladi. Ko`rinib turibdiki, bu masala o`zidan oldingi masalalarga teskari. Xulosa shuki, 3 ta son bilan o`zaro teskari bo`lgan 3 ta masala tuzish mumkin ekan. 5; 8; 13 son bilan 5; ...;13. 5;8 va ...; 8; 13 ma’lumotli masalar tuzib yechish mumkin. Ya’ni bitta masalaga teskari 2 ta masala tuzish mumkin. Demak, berilgan masalaga teskari masala tuzish uchun masalaning sharti bilan savolining o`rinlarini almashtirish lozim ekan. Sanobarxon hovliga 10 tup sadarayhon va 15 tup gultojixo`roz ko`chatini ekdi. U hammasi bo`lib necha tup gul ko`chat ekkan? Bu masalani yeching va unga teskari yana ikkita masala tuzib yeching XULOSA Maktab matematika kursida xulosalar uchta turi, yani induktiv, deduktiv va analogik xulosalar o`rganilgan. Download 331.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling