Gemetrik shakllar, geometrik shakllarni o`lchash
Narsalarni o`lchamlari bo`yicha taqqoslash: uzun-qisqa, keng-tor, baland-past, yo`g`on-ingichka (qalin-yupqa), ortiq-kam.
Fazoviy tasavvurlar: narsalarning o`zaro joylashuvi; ustida-ostida (baland-past), chapda-o`ngda (chaproq-o`ngroq), oldin, keyin, orasida, yonida va hokazo.
Doira, kvadrat, uchburchak, ko`pburchak.
Tayyorgarlik darajasiga qo`yiladigan talablar
Son va hisoblashlar
Matematikani o`rganish natijasida o`quvchi quyidagilarni:
Bilishi kerak;
atamalar: yig`indi, qo`shish, ayirma, ayirish, kam, ortiq, … ta kam, ....ta ortiq.
ishora(belgi) va belgilashlar; 0, 1, 2, 3, 4, 5, 6, 7, 8, 9 ni;
bir xonali sonlarni qo`shish jadvali (10 ichida) va ayirishning shunga mos hollarini (avtomotizm darajasiga yetkazilgan ko`nikmalar).
Uddalay olishi kerak:
0dan 100gacha bo `lgan sonlarni o`qish va yozishni;
natural sonlar qatorini tahlil qila olish (sondan oldin va keyin keluvchi sonni aytishni; sanoqda tushirib qoldirilgan sonlarni topishni va shu kabi)ni;
natural sonlarni “>’’, “<’’, “=’’ belgilardan foydalanib taqqoslashni;
“ta ortiq’’, “ta kam’’ munosabatlarni matematik amallar bilan to`g`ri bog`lay olishni;
qo`shishning asosiy xossasini bilish va undan hisoblashlarda foydalanishni;
100 ichida o`nlikdan o`tmasdan sonlarni qo`shish va ayirishning o`rganilgan xossalarini qo`llashni;
qo’shish va ayirishga doir sodda arifmetik masalalarni yechishni.
Geometrik shakllar. Geometrik shakllarni o`lchash. Geometrik shakllarni o`rganish natijasida o`quvchi quyidagilarni;
Bilishi kerak:
atamalar: nuqta, kesma, doira, kvadrat, uchburchak, ko`pburchak, uzunlik, santimetr, detsimetr, metrni;
ishora (belgi): sm (santimetr), dm (detsimetr), m(metr), kg (klogramm)ni.
Do'stlaringiz bilan baham: |