BOSHLANG’ICH SINFLARDA MATEMATIKA KURSINING MAZMUNI VA TUZILISHI.BOSHLANG’ICH SINFLARDA MATEMATIKA O’QITISH METODIKASINING MAZMUNI VA TUZILISHI.
Boshlang’ich matematika kursi maktab maeimatika kursining tarkibiy qismidir.Shu sababli boshlangich matematikani muvofaqiyatli o`zlashtirish maktabda butun matematik ta’limni to`g`ri yo`lga qo`yishga asos bo`lishi tushunarli bo`lib qoladi.Akademik A.H.Kolmogorov IV-VIII sinflar programmalari ’’natural sonlar bilan (aslida har qanday katalikdagi)to’rt arifmetik amalni bajarishning puxta ko’nikmalari birinchi uchta sinfdayoq o’zlashtiriladi, degan farazdan kelib chiqishadi’’deb bejiz aytgan emas.
Shuni ta`kidlash kerakki,amaldagi boshlang`ich matematika programmasi strukturasi va mazmuni bo`sh joyda yaratilmadi ,balki tradission programmalardan to`plangan boy metodik merosdan va o`qituvchilarning ilg`or tajribasidan kelib chiqib,o`qitishning traditsion sistemasi bilan ma`lum izchillikni saqlagan holda yaratildi.
Endi amaldagi programmalar bo`yicha I-IV siniflarda o`rganiladigan boshlangich matematika kursining strukturasi va mazmunini mufassaliroq qarab chiqaylik.
Ma`lumki,o`quv predmeti ilgarigidek ”arifmetika”emas,balki ”matimatika”deb ataladi.Fan nomining bunday o`zgartirilishi bejiz emas:bu o`zgarish o`zida mazkur o`quv predmetining mazmuni va strukturasi o`zgarishini aks ettiradi.Matematika programmasining asosiy o`zagi natural sonlar va asosiy miqdorlar arifmetikasidan iborat bo`lib,bu o`zak atrofida algebra va geometriya elementlari birlashadi,bu elementlar arifmetik bilimlar sistemasiga tarkiban qo’shilib,son, arifmetik amallar va matematik munosabalar haqidagi tushinchalarning yuqoriroq darajada o’zlishtirishga imkoniyat beradi .
Ko’rib turibmizki,boshlang’ich matematika kursining mazmuni juda kattadir. Matematik xotiraning ,tafakkurning ,diqatning ,ijodiy tasavurning va h.k. rivojlanishini ham hisobdan chiqarib tashlamaslik kerak . O’qituvchi matematika darslarida bolalarning mantiqiy tafakkurlarini rivojlantirishning real imkoniyatlarga ega, ana shu imkoniyatdan to’la foydalanish kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: |