Boshlang'ich sinflarda musiqa idroki va unda tinglash madaniyatini rivojlantirish texnologiyasi
Boshlang'ich sinflarda musiqa idrokini va unda tinglash madaniyatini rivojlantirish texnologiyasi haqida
Download 68.33 Kb.
|
boshlangich
Boshlang'ich sinflarda musiqa idrokini va unda tinglash madaniyatini rivojlantirish texnologiyasi haqida
Kuyning bolalar idroki uchun murakkab bo’lgan ritmik shaklini o’zlashtirishni chapak chalib ko’rsatish yo’li bilan osonlashtirish mumkin. Qo’shiqning ma’lum bir bug’ini bir necha nota kuylanayotgan joylari bolalarni dam-badam kiynab turadi. Bunday joylarni she’r bilan kuylamay, balki «lya» singari neytral bug’inlar bilan kuylash foydali bo’ladi; bunday kuylash idrok etishni osonlashtiradi va tezlashtiradi. Tez tempda (sur’atda) yozilgan qo’shiqlarni faqat sekin tempda o’rganish lozim, aks xolda intonatsiya va ritm aniq o’zlashtirilmay qoladi, demak, qo’shiq pala-partish ijro etiladigan bo’ladi. Shu sababli kuyni yaxshi o’zlashtirgandan keyingina tempni kompozitor tomonidan ko’rsatilgan darajaga asta-sekin yaqinlashtirish mumkin. Bundan tashqari, tez templi qo’shiqlarni o’rgatishda ularning so’zlarini aniq talaffuz etilishiga erishish, qo’shiq tamomila o’rganib bulgunga kadar ana shunga harakat qilish zarur. Shaxdam qo’shiqlar o’rganilganda shoshilish va xovlikish yaramaydi. Sekin aytiladigan qo’shiq ustida chaqqonlik bilan ishlash zarur, aks xolda bolalar sustlashib ketishadi. Qo’shiq o’rgatish jarayonida har xil usuldan foydalanish zarur. Har bir sinfda xushovoz, ba’zan, esa musiqaga juda qobiliyatli bolalar bo’lishi tabiiydir. Ular qo’shiq ohangini o’rganishda o’qituvchining yordamchilari bo’ladilar. Sinfdagi parta qatorlari o’rtasida musobaka uyushtirgandek bo’lib, bolalarning qo’shiq ohangini qanchalik bilishlarini tekshirib ko’rish foydali bo’ladu shuning bunday metodi bolalarni aktivlashtirishga yordam qiladi va ijodiy ruxlantiradi. 3-sinfdan boshlab eng oddiy qo’shiqlarni notaga qarab o’rganish mumkin. Buning uchun o’qituvchi oldindan katta plakatda yoki dars boshlanishiga kadar sinf doskasida ashula yozuvini tayyorlab qo’yadi. Solfedjio qila boshlash oldida bolalarning hammasi ayni bir vaqtda notalarni 2-3 marta o’qib chiqadi, Shundan keyin ular kuyni bir necha marta solfedjio qilishga so’ngra uni so’zlari bilan aytishga urinib ko’rishlari lozim. Maklabning 3-sinfidan boshlab darsda bir ovozlik qo’shiqlardan tashqari ikki ovozli qo’shiqlar qiyinrok uch ovozlik qo’shiqlar o’rganiladi. Bunday qo’shiqlarni o’rganishda har bir partiya bir ovozlik qo’shiq o’rganilganidek, sinchiqlab va xudda usha metod bilan o’rganib chiqilmogi kerak. Bu yerda o’qituvchi o’zini hamisha nazorat qilib borishi va qandaydir bir xor partiyasining ishiga ortik darajada berilib kelmasligi lozim. Aks holda sinfda tartibsizlik va shovkin paydo bo’ladi. Vaholanki, bunga xech qanday sharoitda aslo yo’l qo’yib bo’lmaydi. Gox bir partiya bilan, gox boshqa partiya bilan navbatma-navbat ishlash kerak. O’qituvchi birinchi ovozdagi o’quvchilarga boshlang’ich tarkibni o’rgatib bulgach, shu tarkibni o’zini ikkinchi ovozdagi o’quvchilarga o’rgatadi. Shundan keyin ikkala partiyani albatta birlashitirib, asosiy diqqatni ikkinchi ovozlarga qaratish zarur. Keyingi tarkiblarning hammasi xuddi shu tarzda o’rganiladi. So’ngra ular, bir ovozlik qo’shiqni o’rganilgandagi kabi birlashtiriladi. Bolalarning qo’shiq quyi va tekstini yahshi eslab qolishlari uchun bitta dars yetarli emas. Shu sababdan qoshiq muayyan vaqt davomida ko’p takrorlanadi va asta-sekin o’rganib olinadi. Musiqa idrokini rivojlantirish va asariami tuzilishi, shakli, ladi, tempi, mualliflari haqida fikr yuritishga o‘rgatish.Musiqa savodidan, oddiy musiqa terminlarini va atarnalarini mohiyatini musiqa amaliy- otida bilish va har bir musiqa asarida kuylab borish.Oltinchi sinf o’quvchilarining ovoz diapazoni (Do, - Fa2) bo‘ladi. Oltinchi sinfda o‘quvehi!ami o'spirinlik davri boshlanadi. Buning natijasida organizmda aktiv o‘zgarishlar ro‘y beradi. Fiziologii - psixologik jihatdan o‘quvchilami ovozini o‘zgarishi, buyning o‘sishi, fanlar- ga qiziqishi, mustaqil fikr yurita olishi qobiliyatlaii rivojlana boshlaydi. Natijada bosh miya, yet- arli darajada ozuqa oloimay, horginlik qolatlari ro‘y beradi. Ya’ni, dars davomida o ‘quvchilarni diqqat-e’tibori tarqaladi. Ulami jalb etish qiyinlashadi. Bu davrda ularga jiddiy, mexribona munosabatda bo‘lish, do‘stona suhbatlar o‘tkazish talab etiladi. SHuning uchun o ‘qituvchi har bir o’quvchini kuzatib, uni o‘rganishi lozim. CHunki, o‘quvchilar kattalami munosabatiga jiddiy e’tibor beradilar, ular ko‘proq kattalar bilan muomalada bo‘lishni istaydilar. Bolalaniing intizo- mida ayrim o;zgarishlar paydo boiadi, ulaming istagi va qobiliyati orasida tafovutlar sodir bo‘lib turadi. Bularning hammasi o'qituvchidan yuqori malaka va ko‘nikmalami talab etadi. В unday holatda o‘qituvchi o‘quvchilami quyi sinflarda olgan bilim va malakalariga va hayotiy dalillarga suyanib ish tutishi yaxshi natija beradi. Buning uchun dars mazmunini hayot bilan bog‘lab olib borish zarur. Qo‘shiq o‘rgatish va musiqa tinglash jarayonida asarlardan parchalar kuylab ovozla- rini sozlashi bolalarda qiziqish uygotadi. Bunda ijro uslublarini batafsil tushuntirish lozim. Asariami tahlil etishda boialami aktiv qatnaitirish maqsadga muvofikdir. Har bir xalqning o‘z milliy musiqa san’ati mavjudligi, musiqa har bir tarixiy davming badiiy aksi ekanligi haqida bolalarda aniq tushuncha hosil qilishi lozim. SHu asosda o‘zbek musiqasining qisqa tarixi cholg‘u asboblari va o‘zbek xalq musiqa janrlari, maqomlari, mumtoz qo‘shiqlari, zamonaviy qo‘shiqlarini taqqoslab ko‘rsatish mumkin. Masalan: «Shashmaqom» tojik va o‘zbek xalqlarining azaliy birodarlik ramzi ekanligi, ulaming ko‘p cholg‘u asboblari bir xilda ekanligi va boshqa xalqlar foydalanishi mumkinligi xaqida, xalq musiq,asi asosida yaratilgan kompozitorlik asarlar, zamonaviy musiqa va Sharq xalqlari musiqasi bilan tanishtirish, taqqoslash lozim.Musiqa savodidan o‘lchovlar, ladlar, ton va yarim ton, alteratsiya belgilari, dinamik belgilari, interval lar, reprizalar bilan tanishtirib musiqiy asariami tahlil qilish yaxshi natija beradi. Xor bo‘lib kuylash, musiqa savodi, musiqa tinglash faoliyatlari, asarlarni tahlil qilishda mavzular asosida mantiqan bog‘lanadi. Yangi dastur asosida yil mavzusi chorak mavzusi va dars mavzusi bir -biri bilan bog‘lanadi. Musiqani tinglash, asho’la aytish, raqs tushish, oddiy cholg’ularda chalish orqali badiiy idrok etish, musiqadan olgan taassurotlari va bilganlari haqida gapirib berish, asarni badiiy baholash, musiqa ijodkorligi malaka ko’nikmalarini rivojlantirish amaliyotlari vositasida o’quvchilarda musiqaga havas va badiiy ehtiyoj uyg’otadi. Ta’lim jarayonida o’quvchilar quyidagilar haqida bilim, malakalarga ega bo’ladilar: Bolalar kuy-qo’shiqlari, musiqali o’yinlar, raqs va qo’shiqlar, xushnavo milliy cholg’ularimiz (1-sinf); Yakkanavozlik; cholg’u dastasi; kuy nima? Kuyning ifoda tili (2-sinf); Cholg’u turlari (cholg’ular bazmi); kuy va usul, tempning, kuyning takrorlanishi, uning o’zgarmas va o’zgaruvchan qaytarilishi, band va naqarot (3sinf); O’zbek xalq musiqasi; ommaviy xalq qo’shiqlari (alla, yalla, lapar, terma, qo’shiq aytim) va ommaviy kuylar; o’zbek kasbiy musiqasi (asho’la, katta asho’la); kompozitorlik musiqa ijodi haqida tushuncha; xalq musiqasi kompozitorlar ijodida (4-sinf). Musiqa tarbiyasida musiqaning o‘zi o‘ziga ko‘rgazmali vositadir. Chunki, u ko‘zbilan emas, balki qulok bilan idrok etiladi. Musiqa tinglashda ham, asar tahlilida ham, ohang ko‘rgazma sifatida ijro etib ko‘rsatiladi. o‘qituvchining o‘zi, nutqi, ijrosi ham asosiy ko‘rgazma bo‘lib xizmat qiladi. Bundan tashqari, texnik vositalar, ko‘rgazmali kartochkalar, grafik yozuvlar, rasmlar, nota yozuvlari ham, musiqa darsida ko‘rgazma sifatida muhim rol o‘ynaydi. Bolalarning shaxs sifatida tarbiyalash uchun ta’lim jismoniy va ongli tarbiya uyg’unlikda olib borilishi kerak. Bu maqsadga erishish uchun bolalarda to’g’ri tashkillashtirilgan musiqiy mashg’ulotlar tashkil etiladi. Estetik tarbiya maktabgacha yoshdagi bolalarda go’zallikni tushunish, uni his qilish, yaxshi va yomonni, badiiy san’at turlarini farqlay olish va ularga ijodkorona yondashishga yo’naltirilgandir. Estetik tarbiyaning eng ko’zga ko’ringan omillaridan biri bu - musiqadir. Bu maqsadlarga erishish uchun maktabgacha yoshdagi bolalarning umumiy musiqiyligini rivojlantirish kerak. MTM musiqa mashg‘ulotlarida tarbiyalanuvchilar yosh psixologik xususiyatlarini e’tiborga olish Download 68.33 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling