O’QISH TЕХNIKASINI O`RGATISH - Savod o'rgatishni to'g'ri tashkil qilish uchun bolalarning unga nutqiy tayyorgarligini maxsus o'rganish talab etiladi. Bunda birinchi sinfga keladigan o'quvchining oilasiga yoki bolalar bog'chasiga borib, suhbat o'tkazilib bolalarning umumiy bilim saviyasi aniqlanadi. Birinchi sinf o'qituvchisi ta'lim-tarbiya ishlarining murakkab jarayonlariga bardoshli bo'lishi, bola xarakteridagi o'zgarishlarni sezgirlik bilan payqashi va ta'lim metodlaridan ijodiy foydalanishi lozim. Bolalarning o'qishga munosabatlari, aql va idroklari shu kichik maktab yoshida shakllanadi.
Ongli o’qish yaxshi o’qishning asosiy sifati hisoblanadi. Ongli o’qish o’qilgan matnning aniq mazmunini, asarning g’oyaviy yo’nalishini, obrazlarini va badiiy vositalarining rolini tushunib o’qish, shuningdek, asarda tasvirlangan voqea-hodisalarga o’z munosabatini ifodalay olishdir. - Ongli o’qish yaxshi o’qishning asosiy sifati hisoblanadi. Ongli o’qish o’qilgan matnning aniq mazmunini, asarning g’oyaviy yo’nalishini, obrazlarini va badiiy vositalarining rolini tushunib o’qish, shuningdek, asarda tasvirlangan voqea-hodisalarga o’z munosabatini ifodalay olishdir.
Savod o'rgatish murakkab jarayon. Ana shunday muhim va murakkab vazifani hal etish uchun o'qituvchi ta'lim metodlarini to'g'ri va o'rinli qo'llash, darsning har bir minutidan unumli foydalanishi va darsda o'quvchilarning tayyorgarlik darajalari hamda o'zlashtiruvchanlik qobiliyatlariga muvofiq ish olib borishi lozim. Savod o'rgatishning alifbe davridagi o'qish darslarida quyidagi vazifalar o'qituvchi tomonidan bajartiriladi: - Savod o'rgatish murakkab jarayon. Ana shunday muhim va murakkab vazifani hal etish uchun o'qituvchi ta'lim metodlarini to'g'ri va o'rinli qo'llash, darsning har bir minutidan unumli foydalanishi va darsda o'quvchilarning tayyorgarlik darajalari hamda o'zlashtiruvchanlik qobiliyatlariga muvofiq ish olib borishi lozim. Savod o'rgatishning alifbe davridagi o'qish darslarida quyidagi vazifalar o'qituvchi tomonidan bajartiriladi:
- -- o'quvchilarning nutq, gap, so'z, bo'g'in, tovush haqidagi tushunchalarini to'g'ri shakllantirish ; -- unli va undosh tovushlarni va harfni farqlash; -- bir bo'g'inli so'zlarni butunicha va ko'p bo'g'inli so'zlarni qismlarga bo'lib o'qishni o'stirish; -- so'zi tushurilib berilgan gaplarni to'ldirib o'qishga o'rgatish; -- syujetli rasmlar asosida to'rt- besh gapli hikoyachalar tuzish va uni gapirib berishga odatlanish;
Do'stlaringiz bilan baham: |