Ona tili o’qitish metodikasi fani to’rt bo’limni o’z ichiga oladi: - 1. Savod o’rgatish metodikasi, ya’ni elementar o’qish va yozishga o’rgatish. Bolalarga savod o’rgatish pedagogikadagina emas, balki ijtimoiy hayotda ham juda jiddiy qo’yilgan masalalardandir. CHunki xalqning savodxonligi ozodlik uchun, siyosiy onglilik uchun, madaniyat uchun kurash qurolidir. Mustaqil respublikamizda har bir kishining savodxon bo’lishiga alohida e’tibor berilmoqda. 1-sinfga qadam qo’ygan bolalarga barcha o’quv qurollarining sovg’a qilinishi prezident I. Karimovning kelajak avlodning savodxon, yuksak madaniyat egasi bo’lib etishishlari uchun g’amxo’rlikning bir namunasidir.
Ona tili o’qitish metodikasi fani to’rt bo’limni o’z ichiga oladi: - 2.O’qish metodikasi. Boshlang’ich sinflarda o’qish fanining vazifasi birinchi navbatda bolalarni tez (me’yorida), to’g’ri, ongli va ifodali o’qish malakalari bilan qurollantirish hisoblanadi.
- 3.Grammatika va imlo metodikasi. Bu bo’lim elementar to’g’ri yozuvga va husnixatga o’rgatishni, grammatik tushunchalarni, boshlang’ich imlo malakasini shakllantirishni o’z ichiga oladi
Ona tili o’qitish metodikasi fani to’rt bo’limni o’z ichiga oladi: - 4.O’quvchilar nutqini o’stirish metodikasi. Bu bo’lim boshlang’ich sinflarda alohida o’rin tutadi. Bolalar birinchi marta tilni, nutqni o’quv fani sifatida anglaydilar. ular xohlagan va qiziqarli narsalarnigina emas, balki zaruriy narsa va hodisalar haqida o’ylab, rejali nutq tuzish zarurligini ham tushuna boshlaydilar. Ular o’zining grafik formasi bilangina emas, balki leksikasi, sintaktik va morfologik formasi bilan ham og’zaki nutqdan farq qiladigan yozma nutqni egallaydilar.
- Metodika bolalarning nutqini boyitishni, sintaktik va bog’lanishli nutqini o’stirishni ham ta’minlashi kerak.
Ona tili o’qitish metodikasi amaliy fan sifatida uch vazifani bajaradi: - Dunyoni bilish nazariyasi ona tili o’qitish metodikasi fanining metodologik asosi hisoblanadi. Metodikaning amaliy ahamiyati o’quvchilarning til boyligini har tomonlama to’liq bilib olishlarini ta’minlashdir. Buning uchun biz quyidagilarni yodda tutishimiz lozim: til kishilar o’rtasidagi aloqaning zaruriy vositasidir, tilsiz jamiyatning yashashi mumkin emas; tilning aloqa vositasi sifatidagi ahamiyati uzluksiz ortib boradi; maktabning vazifasi tilni aloqa – kishilar orasidagi munosabatning rivojlangan nozik quroliga aylantirish hisoblanadi. Til oqilona, mantiqiy bilish vositasidir; til birliklari va formalari yordamida bilish jarayonida umumlashtirish, tushunchani muhokama va xulosa bilan bog’lash amalga oshiriladi; til va nutq tafakkur bilan uzviy bog’lanadi; biz fikrni nutqda shakllantiramiz; tilni egallash va nutqni o’stirish bilan o’quvchining fikrlash qobiliyati ham o’sadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |