Ona tili o`qitish metodikasi fanidan glossariy.
Tayanch iboralar
Grammatika
|
Tilning qurilishi o'rganiladi
|
Fonetika
|
Nutq tovushlari o'rganiladi
|
Savod o'rgatish metodikasi
|
Elementar o'qish va yozishga o'rgatish
|
Grammatika va imlo
|
Elementar to'g'ri yozuvga va husnixatga o'rgatish
|
O'quvchilarda bog'lanishli nutqni o'stirish metodikasi
|
Bunda bolalar birinchi marta tilni nutqni o'quv predmeti sifatida anglaydilar, ular ular xohlagan va qiziqarli narsalarnigina emas balki zaruriy narsa va hodisalar haqida o'ýlab, rejali nutq tuzish zarurligini ham tushuna boshlaydilar
|
«Ta'lim to'g'risida»gi qonun
|
1997-yil 29-avgustda O'zbekiston Respublikasining «Ta'lim to'g'risida»gi qonuni qabul qilindi. Bu qonunda ta'lim tizimini mazmun va mohiyatini isloh qilish, davlat va nodavlat ta'lim muassasalari hamda ta'lim va kadrlar tayyorlash sohasidagi raqobat muhitini shakllantirish nazarda tutilgan
|
Kadrlar tayyorlash milliy dasturi
|
Ta'lim tizimini tubdan isloh qilish, uni rivojlantirishning strategik yo'nalishlarini belgilab bergan. Hujjatda shaxs-kadrlar tayyorlash tizimining asosiy subyekti va obyekti sifatida qaraladi
|
Til ma'nolari
|
(leksik, grammatik, morfemik, sintaktik ma'nolari) uning tamoyiliga amal qilishning sharti tilning hamma tomonlarini, tilga oid barcha fanlarni o'zaro bog'langan holda o'rganish hisoblanadi.
|
Tilga sezgirlik
|
Bola gaplashish, o'qish, eshitish bilan til materiallarini yigádi. Uning qonunlarni o'zlashtiradi. Kishida tilga sezgirlik xususiyati shakllanadi
|
Empirik metod
|
O'qituvchilarning ish tajribasini o'rganish, yangiliklarini tanlash, umumlashtirish, baholash va ommalashtirish o'qituvchi va o'quvchilar faoliyatining darajasini aniqlash maqsadida o'tkaziladi.
|
Eksperimental tekshirish
|
O'z maqsadining kengligi bilan farqlanadi. Ayrim metodik usullarni tekshirishda ommaviylik talab qilinmaydi, ammo yangi dastur, yangi darsliklarni tekshirishga butun tuman, viloyat jalb qilinadi
|
Til ma'nolarini tushunish tamoyili
|
Amal qilishning sharti tilning hamma tomonlarini, tilga oid barcha fanlar (grammatika, leksika, fonetika, orfografiya stilistika) ni o'zaro bog'langan holda o'rganish hisoblanadi.
|
Nutqning ifodaliligiga baho berish tamoyili
|
Til hodisalarini tushunmay turib savodli yozish, nutq madaniyati vositalarining habar berish funksiyasini tushunish bilan bir qatorda uning ifodalilik funksiyasini tushunishini so'z va nutq oborotlarining, tilning boshqa badiiy-tasviriy vositalarining hissiy ottenkalarini tushunishni ko'zda tutadi.
|
Orfoepik va orfografik qoidalar
|
Og'zaki va yozma nutqni o'zaro chogíshtirib o'rgatish o'quvchilarning imlo savodxonligini oshiradi
|
Og'zaki qayta hikoyalash
|
O'quvchilar ijodiy faoliyatining natijalaridir
|
Verbal-kognitiv ta'lim
|
O'qitishda ongli ta'limga asoslanadi
|
Lotin grafikasi
|
O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining 1995-yil 6-7-mayda o'tgan majlisida «Lotin yozuviga asoslangan o'zbek alifbosi»hamda uni hayotda joriy qilish to'g'risidagi qonun va qarorga o'zgarishlar kiritildi. Bu esa savod chiqarishni, o'qib yozishni ancha qulayliklarga olib keldi
|
Analitik- sintetik tovush metodi
|
Savod o'rgatish so'z bo'gínga ajratiladi, bo'gíndan kerakli o'rganilayotgan tovush ajratilib olinadi, tahlil qilinadi, o'rganiladigan harf bilan sintezlanadi
|
Unli tovush
|
Ogíz bo'shligídan chiqayotganda to'siqqa uchramaydi ular:a, o, u, i, e, o
|
Undosh tovush
|
Ogíz bo'shligídan chiqayotganda to'siqqa uchraydi ular:23 ta harf; 24 ta tovush
|
Ochiq va yopiq bo'gín
|
Unli tovush bilan tugasa ochiq bo'gín:ma-na.Undosh tovush bilan tugasa yopiq bo'gín deyiladi:mak-tab
|
Fonemali yozuv
|
O'zbek yozuvi tovushli yozuvdir. Har bir fonemaning harfi belgisi-grafikasi bor.
|
Tahlil-tarkib tovush metodi
|
So'zni qanday tovushlardan iborat ekanligini o'quvchilar tahlil qilish orqali aniqlaydi, ajratadi, tarkiblaydi, yigádi
|
Sirgáluvchilar
|
Savod o'rgatishda ikkinchi navbatda o'rgatilayotgan undosh tovushlar:v, f, z, s, y……
|
Portlovchilar
|
Savod o'rgatish jarayonida uchinchi navbatda o'rgatilayotgan undosh tovushlar :b, p, d, t, g, k, q…..
|
O'qish va yozish nutq faoliyatining turi
|
O'qish ham yozish ham murakkab nutq faoliyatidir .maktabda o'qitish elementar o'qish va yozishga o'rgatishdan boshlanadi. «Alifbe»ga asoslangan holda qisqa muddatda o'quvchilar o'qishga, yozishga o'rgatiladi. O'qish va yozish malakasi nutqqa oid malaka o'qish va yozish malakasi nutq faoliyatining boshqa turlari bilan ham bog'liq. Bu esa malakani mustahkamlashga yordam beradi., qobiliyatni o'stiradi.
|
O'zbek tilining tovush tizimi va yozuvi
|
O'zbek tili yozuvi –fonematik yozuv O'qituvchi savod o'rgatish jarayonida o'quvchilarga tovushlar haqida ma'lumot berishda o'zbek tilining fonetik xususiyatlarini hisobga oladi. O'zbek tilida 30 ta tovush bor
|
Differnsial va individual
|
Bu bolalarning umumiy rivojlanishi hamdao'qish va yozishga tayyorligiga bog'liq yondashish
|
Ustodi avval
|
1902-yilda Saidrasul Saidazizovning tovush metodi talabiga tuzilgan ona tili alifbosi. U 3 bo'limdan iborat
|
Alifboi qurón
|
Saidrasul Saidazizov kitobi 3-bo'limining nomi. U o'z oldiga bolalarga «qur'ón»ni tushunib olishga o'rgatishni maqsad qilib qoýgan
|
Rus-tuzem maktablari
|
Ruscha sinflarida xat-savod tovush metodi bilan o'rgatilar edi
|
Arab alfaviti
|
28 ta harf jamlangan
|
Abjad yozish
|
Eski maktabda bo'gínlarni qo'shish Abjadda hijo usulida o'rgatiladi
|
Mufradot
|
Yozuvni o'rgatish va husnixat mashq qildirishda foydalanilgan kitob Harflarni nusxaga qarab alfavit tartibida katta-katta qilib yozish. Bunday yozish 1, 2 yilga cho'zilgan.
|
Savodi ta'lim
|
Arabchada to'g'ri chiroyli yozuvga o'rgatish uchun Xivalik shoir Munisning kitobidan foydalaniladi (1778-1829)
|
Muqaddimot
|
Murakkaboddan keyin bayt, qitá va ruboiylarni koçhirib yozish mashqi
|
An'anaviy tamoyillar
|
Savod o'rgatishda analitik-sintetik tovush metodi shaxsni shakllantirish maqsadiga ko'ra ta'limiy va o'stiruvchi harakterda bo'ladi, Nutqiy mashqlar orqali aqliy o'sishini taminlaydi. O'qishning ongli bo'lishini talab etadi.
|
Shakllanish va tashkil topish jarayoni
|
Analitik-sintetik tovush metodi. Unga K.D.Ushinskiy asos solgan bo'lib, hozirgi kunga qadar ancha takomillashdi.
|
Bolalarning savod o'rgatishga tayyorligini o'rganish
|
Savod o'rgatishni to'g'ri tashkillash uchun bolalarning unga nutqiy tayyorgarligini maxsus o'rganish avgustda, hatto undan oldin bahorda boshlanadi. 1-sinfga keladigan o'quvchining oilasiga yoki bolalar bog'çhasiga boriladi. Suhbat o'tkaziladi, bolalarning umumiy bilim saviyasi aniqlanadi
|
Alifbogacha tayyorgarlik davri
|
2 hafta alifbogacha tayyorgarlik davri o'z navbatida 2 bosqichga bo'linadi. 1-harf o'rganilmaydigan bosqich (2 hafta) 2-unli tovush va harf o'rganiladigan bosqich (2 hafta)
|
Alifbo davri
|
2-sentabrdan 31-dekabrgacha davom etadi
|
Tovush ustida ishlash
|
Tovushlarni talaffuz qilamiz, eshitamiz
|
Analiz mashqlari
|
O'rgatiladigan tovush ajratib olinadi. So'z asos qilib olinadi. Nutq gaplardan so'zni ajratish; so'zni aniq talaffuz qilish, bo'gínlarga bo'lish va bo'gínlarni aniq talaffuz qilish sintez qilinganda uning tovush tarkibiga diqqat jalb etilishi analizdir
|
Sintez mashqlari
|
Tovush tomonidan analiz qilingan so'zni yoki bo'gínni talaffuz qilish va uni kesma harflardan tuzish (yozish); shu so'z yoki bo'gínni o'qish o'quvchi so'zni analiz qilish bilan uni leksik ma'noga ega bo'lgan bir butunlik sifatida anglaydi, bu sintezdir
|
Talaffuzi ustida ishlash
|
Yozib olingan ifodali nutqni (asosan, badiiy asarni) takroriy eshitish uchun magnitafon yoki lingafon kabineti xizmat qiladi
|
Savod o'rgatish jarayoni
|
Savod o'rgatish jarayoni tayyorgarlik va alifbe davridan tashkil topadi. Tayyorgarlik va alifbo davrida ta'lim savodga o'rgatishning tahlil tartib (analitik, sintetik ) tovush ustida amalga oshiriladi
|
Birinchi bosqich
|
Asosiy vazifasi o'quvchilarni maktab, sinf bilan tartib-intizom qoidalari bilan tanishtirish, ularga nutq, og'zaki va yozma nutq haqida gap, nutqning gaplardan tuzilishi so'z, gaplarning so'zlardan tuzilishi, bo'gín, so'zlarning bo'gínlardan tuzilishi, so'zlarning bo'gínlarga bo'linishi, tovush, bo'gínlarning tovushlardan tuzilishi, tovushlarning unli tovush va undosh tovushlarga ajratilishini o'rgatish, ulardan amaliy foydalana bilish ko'nikmalari hosil qilinadi
|
Ikkinchi bosqich
|
Harf elementlarini yozishga o'rgatish
|
Bo'gín –tovush tahlili
|
O'quvchilarning tovush harfni yaxshi tanishlari, elementar o'qishni muvaffaqiyatli egallashlari uchun bo'gínga bo'lish, kabi mashqlardan foydalaniladi
|
Nutq
|
O'quvchilar nutqini o'stirish, fikrlashga o'rgatish asosiy vazifalardan hisoblanadi
|
Og'zaki va yozma nutq
|
Og'zaki nutq tovush chiqarib aytiladi va eshitish uchun mo'ljallanadi U kishilarning nutq jarayoni vaqtidagi aloqa vositasi bo'lib xizmat qiladi. Yozma nutq esa o'zaro kishilarning fikr almashishi va bilimlarni egallashning qudratli vositasi hisoblanadi. Yozma nutq avlodlarni bir-biriga bog'laydi, uzoq saqlanadi
|
Bo'gín
|
O'pkadan chiqayotgan havo to'lqiniga bir zarb berish bilan aytiladigan tovush yoki tovushlar yigíndisi
|
Tovush
|
Savod o'rgatishning asosi bo'lib xizmat qiladi. Yangi tovush o'rganilganda shu tovush cho'zib talaffuz qilinadi:mill, ool-ma
|
Unli va undosh tovushlar
|
Talaffuz qilganimizda ogíz bo'shligída hech qanday to'siqqa uchramasa unli tovush, talaffuz qilganimizda ogíz bo'shligída to'siqqa uchrasa undosh tovush deyiladi
|
Nutq o'stirish
|
Bolalar nutqidagi kamchiliklarni to'g'rilash, ularning tasavvur va tushuncha doirasini kengaytirish bilan bog'liq holda lugátini boyitish, o'quvchilar nutqidagi ayrim so'zlarning ma'nosiga aniqlik kiritish, gao va uch-to'rt gapli kichik «hikoyachalar»bog'lanishli nutqlarni og'zaki turli tuzish ko'nikmasini o'stirishdan iborat
|
Harflarni ulash
|
Bunda avvalo unli va undosh qo'shib o'qiladi, hosil bo'lgan so'zlar (on, o'n, un, ) o'z qatoriga yoziladi
|
Harf shakllari
|
Savod o'rgatish davrida bola harflarni yozishdan oldin uni qanday shakllantirishni, ko'z oldiga keltirib, fikrlab oladi, ba'zan harf shaklini «havoda chizadi»harf namunasini koçhiradi, tarkibini tahlil qiladi
|
Yozma
|
Yozuv daftarida o'quvchilar «Älife»da o'rganilgan harfni yozma shakllantiradilar. Orfografiyani bilmay turib, fikrni adabiy til me'ýorlari asosida yozma ifodalab bo'lmaydi.
|
Bosma shakllar
|
Harflarning bosma shaklini o'rganmay turib yozma shaklini o'rganish qiyin,ular bir-biri bilan chambarchas bog'liq
|
Katta va kichik harflar
|
Nisbatini to'g'ri chamalab yozishga o'rgatish ularning qiyaligi orasidagi masofani to'g'ri saqlash juda muhimdir
|
Grafik malaka
|
Qo'l-harakat malakasidir. Bu harakat 1-qarashda muskul kuchiga asoslanadi. 2-yozuv jarayonida nutqning o'zlashtirilgan birligi bo'lgan tovush grafik belgilarga , ya'ni harflarga tarjima qilinadi. Bu yozuvga ongli faoliyat tusini beradi
|
Harf elementlari
|
Alifbogacha bo'lgan davrdan boshlab harf va uning elementlarini bir xil balandlikda yozishga qaratiladi. O'quvchilarga harf va uning elementlari alifbe kitobida ko'rsatilgan tartibda o'rgatiladi, o'qituvchilar ayrim harflarning elementlarini noto'g'ri yozayotgan o'quvchilarga shu elementning to'g'ri yozilishini ko'rsatib berishi shart
|
Yozma shakl
|
Harfning yozma shakli uning bosma shakli bilan taqqoslash orqali tanishtiriladi. Har bir harfning yozma kichik va bosh shaklini yakka holda yozish va o’zidan keying va oldingi harflarga ulash ko’nikmasi yozishga o’rgatish jarayonida hosil qilinadi
|
Bosma shakl
|
Harfning bosma shaklini o’rganmay turib yozma shaklini o’rganish qiyin. Ular bir-biri bilan chambarchas bog’liq
|
Harf va tovush
|
Harflarni ko’ramiz, o’qiymiz, yozamiz; tovushlarni talaffuz qilamiz, eshitamiz
|
Harfiy diktant
|
Yozilishi o’rganilgan harflar yuzasidan o’tkaziladi. Dastlabki soatlarda bo’sh qatorlarga 1-2 yoki 3-4 ta harf yozdirish bilan cheklanadi. Keyinchalik qator to’ldirib yoziladi. Bunda harf shaklini to’g’ri yozishlariga chiziqlar orasiga to’g’ri joylashtirishlariga oralariga teng masofa (bir katak) qoldirishlariga diqqat qaratiladi: Oo Oo Oo
|
So’z diktanti
|
Alifbe darslarida o’rganilgan va yozuv darslarida mashq qilingan so’zlar asosida o’tkaziladi. Bunda to’g’ri yozuvni taminlash uchun bo’g’in tovush tovush harf –harf tahlili uyushtiriladi
|
Bo’g’in diktanti
|
Alifbe darslarida o’qib o’rganilgan yozuv darslarida yozilishi mashq qilingan bo’g’inlar tanlanadi. Ular tovush harf jihatdan tahlil qilinadi, bo’g’in diktant darslardan darsga murakkablashtirib boriladi, o’qituvchi har darsda yozdiradigan bo’g’inlarni qat’iy belgilab olishi zarur : Lo la lu
|
Gap diktanti
|
O ldingi darsda yozilishi o’rganilgan material sifatida aynan olinmaydi, ulardagi so’zlar aynan saqlangani holda bir oz o’zgartiriladi, dastlab 2 so’zli so’ng 3-4 so’zli darak gap tanlanadi. Bu miqdor sinf o’quvchilarning iqtidoriga bog’liq holda o’zgartiriladi
|
Yozuv turlari
|
Hind yozuvi, xitoy yozuvi, krit, lotin krill oromiy, so’g’d, Xorazm yozuvi, Finikiya yozuvlari mavjud bo’lgan
|
Shumer yozuvi
|
(Mesopotamiya)mill. Avv. IV-ming yillikda mixsimon ieroglif yozuvi kashf qilingan, shumer yozuvlari suratli yozuvlar bo’lib aytmoqchi bo’lgan fikr surat shaklida aks ettirilgan
|
Hind yozuvlari
|
Mill avv. 3-2 ming yillikda 700 ga yaqin belgi rasmdan iborat yozuv bo’lgan. Hind va Panjob viloyatlarida 700 belgidan iborat alifbo topilib olimlarning fikricha bu yozuvlar shumer va misr yozuvlari asosida vujudga kelganligi aniqlangan
|
Xitoy yozuvi
|
Bundan 3.5-4 ming yil avval kashf etilgan, Xitoy ierogliflari dastlab Shan In davrida davrida mill. avv. II ming yillikda kashf etilgan shunda yozuvlarning turi 2 mingga yaqin bo’lgan
|
Misr yozuvi
|
Bundan 6-7 ming yil avval 750 belgidan iborat rasmli iyeroglif kashf etilgan. Misr yozuvida narsa va hodisalar turli xil rasmlar va belgilar bilan ifoda etilgan bo’lib zamonlar o’tishi bilan bu belgilar alifbo belgilariga aylangan
|
Oromiy yozuvlari
|
Mill.avv III-II asrlarda So’g’d yozuvi shakllandi. Bu yozuv qoldiqlari Panjikent yaqinidagi Qalái Mug'dan Sharqiy Turkistonning Turfon shahri yaqinidan Samarqanddagi Afrosiyob yodgorligidan topilgan
|
Finikiya yozuvi
|
Mill. Avv. IX asr oxiri VIII asr (X asr) boshlarida 25 ta belgidan iborat yozuv kashf etildi, yozuv isloh qilinib 22 ta belgiga tushiriladi, bu Finikiya yozuvi deyoladi
|
Savodi ta'lim
|
Munis 1804-yilda o'zbektilida «savodi ta'lim»nomli risola yozadi. Muallif bu qo'llanmada o'quvchilarning diqqatini boshlangích sinflarda darsning samaradorligini oshiruvchi qator shart-sharoitlarga tortadi, amaliy ko'rsatmalar beradi
|
Takroriylik
|
Husnixat qoidalarini amalga oshirishda juda muhimdir
|
Ko'rgazmalilik
|
Chiroyli yozuv malakasini singdirishda muhim rol oýnaydi
|
O'qitish va tarbiyalash
|
O'quvchilarni husnixat va uni o'qitish metodikasi fanini yaxshi o'zlashtirishning amaliy vazifalarini bajaradi
|
Chiroyli, tez va toza yozish
|
Shaxsning madaniyatini va uni o'qiydigan kishiga nisbatan hurmatini ham belgilaydi, yozuv darslarida harflarni aniq tez, toza va chiroyliyozishni mukammal o'rgatish talab etiladi
|
Husnixat malakasini shakllantirish
|
Birinchi navbatda harflarning shaklini to'g'ri tasavvur etishga bir xil qiyalikda (75) yozishga so'zlarni qatorlarga to'g'ri joylashtirishga o'rgatiladi
|
Harflarning shaklini to'g'ri tasavvur etish
|
Husnixat malakasini to'g'ri shakllantirishuchun 1-navbatdagi masaladir
|
Yozuv qurollari
|
O'quvchilarda yozuv malakalarini hosil qilishdan avval ularni sifatli yozuv qurollari bilan to'liq taminlash talab etiladi Yozuvlarning chiroyli bo'lishi ko'p jihatdan yozuv quroliga bog'liqdir. Bolani maktabga kelgan kunidan boshlab yozuv qurollardan to'g'ri foydalanishga va uni ozoda saqlashga o'rgatish lozim
|
Yozuv materiallari
|
Yozuvning chiroylin bo'lishi ko'p jihatdan materialga bo'g'liqdir. Ular quyidagilar:xattaxta, to'g'ri o'tirish plakati, alifboning yozma shaki, harflar alohida yozilgan ko'rgazma, husnixat daftari, rangli bo'rlar ruchka, yozuv daftari
|
Daftarni yuritishga talablar
|
1-daftarga toza va aniq yozish;
2-daftar muqovasidagi yozuvlar yagona talab asosida yozilishi, yonda daftar qaysi fan uchun tutilganligi, nechanchi sinf maktabning bnomi va nomeri o'quvchining ismi va sharifi ko'rsatib o'tilishi zarur
3-1-sinf o'quvchilarining daftarlari muqovasi o'qituvchi tomonidan yoziladi
4-har bir daftarda hoshiya bo'lishi shart
5-2-sinfdan boshlab mashq tartib raqami, qayerda bajarilganligi (sinfda yoki uyda)yozib qoýiladi
6-harf hamda so'zlarning tagiga ehtiyotkorlik bilan chiroyli va tekis chiziladi
7-xato yozilgan harf yoki harfiy birikmalarni namuna sifatida daftar hoshiyasiga yozib ko'rsatiladi
8-noto'g'ri yozilgan harflarni bo'ýash o'chirish yoki qavs ichiga olish rihsat etilmaydi
9-mashqlarni bajarishda matn yozishda xat boshida yozish qoidalariga amal qilish talab etiladi
|
Sharikli ruchka
|
Ravon yozadigan ruchka u bilan yozayotganda 50-60-qiyalikda ishlatiladi, Bu ruchka ko'p qiyalikda hamda ustki yaltiroq qog'ozga yaxshi yozmaydi, sharikli ruchka bilan yozayotganda, bosim ya'ni ko'p kuch ishlatilishining hojati yo'q
|
Siyohli ruchka
|
Yozilayotganda u varoq sathiga nisbatan 35-45% qiyalikda bo'ladi U bilan yozayotganda o'quvchilar bunday ruchka bilan ishlash jarayonida ehtiyot bo'lishlari zarur. Chunki bola ruchka bilan yozish jarayonida bossa perosi sinishi mumkin. Siyohli ruchkaning uchi yuqoriga qilib saqlanadi.
|
Gigiyenik talab
|
Maktab jihozi o'quvchining boýiga mos kelishi, sinfda yorug'lik me'yorida bo'lishi yorug'lik o'quv xonasining chap tomonidan tushib turishi o'quvchilarni o'tkazish paytida ularning ko'rish va eshitish qobiliyatlarini hisobga olish boýni 0.5 smgacha aniq va to'g'ri o'lchash lozim
|
Daftar turlari
|
1-sinf o'quvchilari uchun 2 chiziqli daftar 2-sinfda o'quv yilining 2-yarmidan boshlab va III-IV sinflarda parallel chiziqlar orasidagi masofa 8 mm ga teng bo'lgan 1 chiziqli daftar tafsiya etiladi.
|
Bir chiziqli daftar
|
Parallel chiziqlar orasidagi masofa 8 mm ga teng bo'ladi
|
75 gradus qiyalik
|
Daftarning qiya chiziqlari
|
Bosma va yozma shakl
|
Yozuv ko'nikmasida o'quvchilar hamma harflarni yozishni biladi, so'z yozadi (bosma va yozma), ayrim harflarnigina yozishni biladi (bosma va yozma)
|
Onglilik tamoyili
|
Chiroyli yozuvga o'rgatishda o'quvchilarning husnixat malakalarini takomillashtirib borishda qat'íy rioya qilish muhimdir. O'quvchi harf shaklini qanday va qay tartibda yozishni bilishi, harfning qiyaliga bo'yi va enini to'g'ri mo'ljallay olishi lozim
|
Genetik tamoyil
|
Chiroyli yozuv malakalarini shakllantirishda katta o'rin tutadi, o'quvchi avval shakli oson, sodda harflarni yozdirishga o'rgatiladi, harf bo'gín, so'z, gap, matn tartibida osondan murakkabga qarab yozuv mashqlari o'tkaziladi
|
Takrorlash tamoyili
|
Chiroyli yozuv mashqlarini esdan chiqarmaslik uchun sistemali ravishda takrorlash juda muhimdir. Yozish jarayonini avtomatlashtirish asosdir, yozuvni tahlil qilish, ularni taqqoslash kabi ishlar takrorlash tamoyili asosida olib boriladi
|
Ko'rgazmalilik tamoyili
|
Chiroyli yozuvga o'rgatishda katta ahamiyatga ega,
Ko'rgazmali vositalarga «To'g'ri o'tir»plakati, bosma harf shakllari ifodalangan kartonlar, xattaxta, o'quvchilar qo'lidan ishlab yozdirish kabilar kiradi
|
Bolaning yosh va individual xususiyatlarini hisobga olish tamoyili
|
O'quvchining individual xususiyatlarini hisobga olish uning bo'yini hisobga olgan holda oldingi partalarga o'tkazishdan boshlanadi. O'quvchining individual xususiyatini hisobga olganda ko'rish qobiliyati yaxshi bo'lmagan o'quvchilarni yorug'tushadigan deraza tomonga, eshitish a'zolarida nuqsonlar bo'lgan bolani esa oldingi partalarga o'tkazish ham nazarda tutiladi
|
Yozuvga o'rgatishning o'qishga o'rgatish bilan bir paytda amalga oshirish tamoyili
|
Dastur talablari nazarda tutadi, savod o'rgatishning dastlabki bosqichlarida o'qish va yozuv bog'lab olib boriladi
|
Savodli yozuvning grafik bilimlar bilan bog'liqligi tamoyili
|
Chiroyli yozuv imlo bilan chambarchas bog'liq. Savod o'rgatish davrida bolalarda grafik malakalarni shakllantirish bilan birga imloga oid malakalarning shakllanishiga zamin yaratadi.
|
Grafik bilim
|
Yozuv daftari bilan ishlash jarayonida o'quvchilarga beriladigan bilimlar yo'nalishi
|
Orfografik ko'nikma
|
Shakllanishida bevosita nutq hamda tafakkur faoliyati bilan bog'liq, yozuv ko'nikma va malakalarni shakllantirish mashqlari darsda yetakchi o'rinni egallab tahminandarsning uchdan ikki qismiga to'g'ri kelishi lozim
|
Ko'rgazmali vosita ko'rgazmali harakat
|
O'qituvchi tomonidan birorta harfning yozma shakli ifodalangan bo'lsa shu shakl kichik hajmda har bir o'quvchining partasiga beriladi, o'qituvchi tomonidan amalga oshiriladi,bunda o'qituvchi har bir harfning yozilish shaklini doskada ko'rsatib izohlaydi
|
Yozuv tezligi
|
Kamchiliklarni hisobga olish, yutuqlarni ko'pchilikka namuna qilib ko'rsatish bolalarning yosh va individual xususiyatlarini hisobga olish tamoyilining asosiy shartlaridan sanaladi
|
Yozuv ko'nikmasi
|
Shakllanishida bevosita nutq hamda tafakkur faoliyati bilan bog'liq, yozuv ko'nikma va malakalarni shakllarni mashqlarni darsda yetakchi o'rinlarni egallab, taxminan, darsning uchdan ikki qismiga to'g'ri kelishi lozim
|
O'xshash unsurlar
|
Ular 2 guruhga bo'linadi: o'xshash unsurli kichik harflar: i, u, m, t, l, y. O'xshash unsurli bosh harflar:U, L, J, I, M, H, K, N, A
|
Osti va usti ilmoq
|
Kichik i harfi ilmoq unsurlardan hisoblanadi, bir bir ilmoq bilan ifodalanib keladi, o'zidan oldingi 2 harfga katta ilmoq bilan qo'shiladikeyingi harflarga o'zining ilmoq qo'shimchasi biroz cho'ziladi, keyingi harfga o'zining ilmoq qo'shimchasi biroz cho'ziladi osti va usti ilmoqli tayoqcha qo'l harakati uzmay yoziladi
|
Katta va uzun tugunchalar
|
H kichik harfi 2 elementdan iborat harf bo'lib 1-uzun tugunchali tayoqcha, 2-elementi osti va usti ilmoqli kalta tayoqchadan iborat:hol, oh
|
Bor ushlash
|
Bor xattaxtaga yozishda yozuv quroli sanaladi. U 15x15mm qalinlikda 50 mm uzunligidan uncha katta bo'lmagan shaklda tayyorlab qo'ýilgan bo'lishi kerak
|
Differensial
|
Tabaqalab o'qitish, muammoli o'qitish amalga oshiriladi ongi o'qish ko'nikmalari shakllantiriladi
|
Harf nusxalari
|
|
Pedagogik tizim - shaxsni rivojlantirish va yaxlit pedagogik jarayonni birlashtirgan ta’limning o’zaro bog’langan tashkiliy tuzilmasi.
Pedagogik faoliyat - ta’lim maqsadlarini amalga oshirishga qaratilgan ijtimoiy faoliyatning aloxida turi.
Pedagog nuqtai nazar (pozitsiyasi) - pedagogning dunyoga, pedagogik voqelikka va pedagogik jarayonga bo’lgan intellektual va xissiy munosabati.
Releksatsiya - kuchli xayajon va jismoniy zurikishdan sung engil yurish, tinchlanishning umumiy xolati.
Retrospektiv – o’tmishga murojaat etish
Tadqiqot predmeti - bevosita o’rganilishi lozim bo’lgan va amaliy yoki nazariy jixatdan muxim axamiyat kasb etadigan ob’ektning moxiyati, ma’lum bir tomoni, xususiyati.
Bakalavriat- o‘rta maxsus, kasb-xunar ta’limi negizida oliy ta’lim yo’nalishlaridan biri bo’yicha fundamental bilimlar beradigan, o’qish muddati to’rt yildan kam bo’lmagan tayanch oliy ta’limdir.
Bilish, anglash-dunyo haqidagi yangi bilimlar xisoblanadigan sub’ekt va ob’ektning o’zaro ta’sirini, voqelikning ruxiyatda qayta ta’sir etilishi va aks ettirish jarayonidir.
Fanning vazifalari, maqsadi, nutq o`stirish, savod o`rgatish, o`qishni o`rgatish, yozma nutqni egallash, to`g`ri talaffuz, pedagogika, psixologiya fanlari, didaktika, ko`rsatmalilik, texnika vositalari, rasm fonetika, leksikologiya, ibora, so`z yasalishi sintaksis, orfoepiya, grafika, tushunish prinsipi, tilga sezgirlik prinsipi, nutqning ifodaliligi prinsipi, og`zaki, yozma nutq o`stirish prinsipi, nazariy metod, emprik metod eksperemental sinf, nazoratdagi sfuf, metodik tavsiyanoma, o`qitish metodikasi fanining xulosalari, Ushinskiy fikri, amaliy ko`nikma va malaka, boshlang`ich sinflar dasturi. Ona tili o` qitish metodikasi bo'1imlari.
Savod o`rgatish, o`qish va yozish ko`nikmasi, malaka, ichki nutq, ko`p marta takrorlash, qobiliyatni o`stirish, tovush yozuvi, tafakkur, idrok, xotira, grafik belgi, fonemali yozuv, tahlil - tarkib asosidagi tovush metodi, unli fonema, lotin yozuvi asosida, talaffuzi yozilishiga mos, sirg` aluvchi J , ochiq bo`g`in, yopiq bo`g`in, qatorni yo`qotish, bo`g`inlab o`q ish, aqliy jarayon, fonematik eshitish, yozuv ko`rinishi, yozuvda mustaqil faoliyat, aqliy, jismoniy charchash.
Hijo usuli, harfiy metod, shartli iboralar, bo`g`in hosil qilish "Zeru zabar", bo`g`inlarni qo`shib o`qish, abjad, tovush metodi, alifbe davri, "Ustodi avval", "Alifboi Qur`oni", alfavit tartibi, nusxa ko`chirish mufradod, murakkabbot, muqatdoi insho, "Savodi ta`lim" afzalligi.
Alifbegacha bo`lgan davr ko`nikmalarni egallash, maktab bilan tanishuv, og`zaki va yozma nutq, bog`lanishli nutq, darsdagi yordamchi usullar. Nusxa chiziqlari, so`z ustida ishlash, o`qish darslari, yozuv darslari.
Unli tovushlar bilan ishlash, kesma harf bilan ishlash, yangi tovush-
harf bilan tanishtirish usullari, rasmli alifbo, bo`g`inlar jadvali, bo`g`in hosil qilish usullari, didaktik materiallar, alifbe davri bosqichlari, differensial va muammoli ta`lim, alifbedan keyingi davr.
Savod o`rgatish, analiz va sintez tovush metodi, ko`rish maydoni, yangi tovushni o`rgatish, tovush cho`zish, so`zboshi, bo`g`in jadvali, tovush almahtirish, fikrlash qobiliyati, muammoli vaziyat, tovushlar artikulyatsiyasi, diksiya, r tovushida nutq apparati ishtiroki, dikciya mashqlari, yig`iq, yoyiq gap, ma`nodosh so`zlar, grammatik-orfografik prodeduktivtika.
Yozuv turlari, arab yozuvi islohi, "Ustodi avval", tovush metodi asosida o`qitish, kirill grafikasi, daftar turlari, bir chiziqli, didaktik topshiriqlar. 65 gradus qiyalik, tinish belgilari, bosma va yozma shakl, harflar tutashtirilishi, bosh harflar, “badiiy harf”, ko`chish va tutuq belgisi, parta turlari, yozuv talablari.
Orfografiya haqida, grafik yozuv, orfoepik lug`at, bo`g`in ko`chirish, bosh harf, qo`shma, juft so`zlarning yozilishi, birinchi davr, savod o`rgatish, tahlil-tarkib tovush metodi, so`z tuzish, harf tushishi va ortishi, noto`g`ri talaffuz qilish, kishi nomlari, ta`limiy diktant turlari, didaktik material, so`z diktanti.
Savod o`rgatish, umumdidaktik talablar, tarbiyalovchi xarakterdagi dars, ta`limiy maqsad, metodik vositalar, o`yin orqali oqitish, differensial va individual yondashish, nutq madaniyati, nutq o`stirish, lug`atini boyitish, gap tuzish, ko`nikma va malakalarni shakllantirish, bolalar adabiyoti, alifbegacha bo`lgan davr, yangi mavzu darsi, umumlashtiruvchi dars, sinfdan tashqari o`qish, o`qish va yozuv darslar tizimi, o`quv soatlari taqsimoti.
To`g`ri, tez, оngli o`qish, xatо yozmaslikning оldini оlish, xatо o`qishning оldini оlish, o`qish me`yori standarti, «O`qish kitоbi» mazmuni, tarbiya mavzulari.
Badiiy asar, ta`lim - tarbiyaviy vazifa, timsоl harakatining o`sishi, uch asоsiy bоsqich, yaxlit idrоk etish, qahramоnlar xulq-atvоri, qahramоnlarni taqqоslash va bahоlash, tayyorgarlik ishlari, kirish suhbati, bоrliq haqida tasavvur, оngli idrоk qilish. yozuvchini tanishtirish, so`z ma`nosini tushuntirish, filmlar ko`rsatish, qurilishga sayohat, o`qituvchi hikоyasi.
Hikоya, ertak, ritm, qоfiya, lirik she`r, epik she`r, masal so`z va ibоralar.
Nutq o`stirish, оngli tushunish, mantiqiy usullar, asar qatnashchilari tarkibi, mantiqiy ishlar, qayta hikоyalash, to`liq, qisqartirib, tanlab va ijоdiy hikоya qilish, sarlavha topish, reja tuzish, fikrlash qobiliyatini faollashtirish, voqealarning izchil bayoni,dalillarni bog`lash, izohli o`qish, hikoyani sahnalashtirish, rasm chizish, hikoyani davom ettirish, monologik nutq, dialogik nutq .
O`qish, erkin dars, sinfdan tashqari o`qish, qiziqarli mashqlar, kitob bilan ishlash, kutubxona, kitobxon.
Sinfdan tashqari o`qish, tayyorlоv bоsqich, "Ertaklar bayrami"ni o`tkazish, III asоsiy bоsqich, Vatan va mustaqillik, har bir sinf uchun sinfdan tashqari ish rejalari.
TAYANCH SO’ZLAR LUG’ATI
№
|
O’zbek tilida
|
Rus tilida
|
Ingliz tilida
|
|
Maktabgacha
|
Doshkolnыy
|
Preshool
|
|
Ta’lim
|
Obrazovatelnыy
|
Formation
|
|
Pedagogika
|
Pedagogika
|
Pedagogical
|
|
An’analar
|
Traditsiya
|
Tradition
|
|
Axloq
|
Nravstvennost
|
Morality
|
|
Oila
|
Semya
|
Family
|
|
Madaniyat
|
Kultura
|
Culture
|
|
Qadriyatlar
|
Sennosti
|
Value
|
|
O’qutivchi
|
Uchaщixsya
|
Student
|
|
Sinf
|
Klass
|
Class
|
|
Shakllantirish
|
Formirovanie
|
Shaping
|
|
Mafkura
|
Ideologiya
|
Ideolgogy
|
|
Avaylash
|
Berech
|
Keep
|
|
Istiqlol
|
Nezavisimost
|
Inenepdenche
|
|
Maqsad
|
Sel
|
Purpose
|
|
Ma’naviyat
|
Duxovnost
|
Dunyoqarash
|
|
Meros
|
Nasledstvo
|
Inheritance
|
|
Mohiyat
|
Suщnost
|
Essense
|
|
Dunyoqarash
|
Mirovozzrenie
|
Worldoutlook
|
|
Xususiyat
|
Osobennost
|
Particularity
|
|
Samarador
|
Pladotvornыy
|
Seminal
|
|
Ong
|
Soznanie
|
Conscionsness
|
|
Kamol
|
Sovershenstvo
|
Perfection
|
|
Tuyg’u
|
CHuvstvo
|
Feeling
|
|
Madaniyat
|
Kultura
|
Cultura
|
|
Bunyodkorlik
|
Sozidatelnaya deyatelnost
|
Creative activity
|
|
Kelajak
|
Buduщee
|
Future
|
|
Porloq
|
Siyayuщiy
|
Shining
|
|
Faxr
|
Gordost
|
Pride
|
|
O’tmish
|
Proshedshiy
|
Passed
|
|
Milliy
|
Natsinalnыy
|
National
|
|
Anglash
|
Osoznavat
|
Realize
|
|
Odamlarcha
|
Po chelovecheski
|
On humanly
|
|
Qadriyatlar
|
Sennost
|
Value
|
|
Boylik
|
Bogatstvo
|
Wealth
|
|
Asos
|
Osnova
|
Base
|
|
Urf-odat
|
Obichay i privichki
|
Custum and habits
|
|
An’ana
|
Traditsiya
|
Tradition
|
|
Xullas
|
Odnim slovom
|
One word
|
|
Daxldor
|
Kasayuщiysya
|
Concerning
|
|
Barcha
|
Ves
|
Whole
|
|
G’oya
|
Ideya
|
Idea
|
|
Namuna
|
Obrazets
|
Sample
|
|
Tanishish
|
Znakomitsya
|
Get aequainted
|
|
Kuzatuv
|
Nablyudat
|
Observe
|
|
Ajoyib
|
Udivitelnыy
|
Amazing
|
|
Qobiliyat
|
Sposobnost
|
Ability
|
|
Orzu
|
Mechta
|
Daudream
|
|
Umid
|
Nadejda
|
Hope
|
|
Kelajak
|
Buduщee
|
Future
|
|
Intilish
|
Stermitsya
|
Strive
|
|
Qalb
|
Dusha
|
Soul
|
|
Ezgulik
|
Blagodeyanie
|
Good deed
|
|
Xulq
|
Povedenie
|
Behaviour
|
|
Yo’naltirish
|
Napravlyat
|
Direct
|
|
Ayniqsa
|
Osobenno
|
Particularly
|
|
Xolis
|
Bespristrastnыy
|
Imprartial
|
|
Talqin
|
Interpretatsiya
|
Interpretation
|
|
Tushuntirish
|
Ponimat
|
Udrerstand
|
|
O’zlashtirish
|
Osvaivatsya
|
It Be Masterred
|
|
Ta’sir
|
Vliyanie
|
Influence
|
|
Muruvvat
|
CHelovechnost
|
Humanity
|
|
Tasavvur
|
Predstavlenie
|
Presentation
|
|
Ijtimoiy
|
Obщestvennыy
|
Public
|
|
Siyosiy
|
Politicheskiy
|
Political
|
|
Sadoqat
|
Predannost
|
Devotion
|
|
Nazariya
|
Teoriya
|
Theory
|
|
Asosiy
|
Osnovnoy
|
Main
|
|
Tamoyil
|
Sklonnost
|
Sklonnost
|
|
Obyektiv
|
Ob’ektiv
|
Lens
|
|
Yondashuv
|
Podxod
|
Approach
|
|
Baholash
|
Otsenit
|
Value
|
|
Tadqiqot
|
Issledovanie
|
Study
|
|
Jarayon
|
Protsess
|
Process
|
Do'stlaringiz bilan baham: |