Boshlang`ich sinflarda o`quv samaradorligini oshirishda innovatsion pedagogik texnologiyalarning ahamiyati muxtorqulova Rushona Zohidjon qizi


Darslarda zamonaviy pedagogik texnologiyalarni qo‘llashda


Download 30.9 Kb.
bet2/5
Sana14.02.2023
Hajmi30.9 Kb.
#1197880
1   2   3   4   5
Bog'liq
Muxtorqulova Rushona Zohidjon qizi - DTPI talabasi

Darslarda zamonaviy pedagogik texnologiyalarni qo‘llashda:
-ta’lim jarayonini demokratlashtirish - o‘quvchilarga o‘z fikrini erkin bayon etish huquqini o‘quvchilarning bilish faoliyatini shakllantirish, o‘zaro hamjihatlikka asoslangan do‘stona va qulay ijtimoiy psixologik muhit yaratish:
-ma’ruza, seminar, an’anaviy va sinov darslarida turli metod va vositalardan foydalanishni lozim deb hisoblaymiz.
Xulosa o‘rnida shuni ta’kidlash lozimki, pedagogik texnologiyalarining rivojlanishi va ularning o‘quv - tarbiya jarayoniga kirib kelishi oqibatida, shuningdek, axborot texnologiyalarning tez almashinuvi va takomillashuvi jarayonda har bir inson uchun o‘z kasbiy tayyorgarligini, mahoratini kuchaytirish davr talabi ekanligi namoyon bo‘lmoqda.
Bunda jahondagi ilg‘or davlatlarning tajribalarini umumlashtirish asosida yoshlarda yangicha ijtimoiy madaniyatni shakllantirish, taraqqiyot tamoyillariga asoslangan yo‘llarini to‘g‘ri belgilab olishga ko‘maklashish, o‘tmish xatolarini takrorlamaslik, ulardan zarur saboqlar chiqarish, taraqqiyotga, millat kelajagiga xavf soluvchi asosiy omillarni oldindan ko‘ra olish va ularni o‘z vaqtida bartaraf etish, dunyo xalqlari bilan hamjihatlikda, tinch totuv yashashini ta’minlash mumkin bo‘ladi.
ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODOLOGIYA
Darsni loyihalashtirishda sinf rahbar turli dasturiy mahsulotlardan foydakanadi. Dars jarayoniga tayyorgarlik ko`rishda tayyor dasturiy mahsulotlar (ensiklopediya, lug`atlar, ta`limiy dasturlar va h.k)dan foydalanishda kompyuterning o`rni alohida ahamiyat kasb etadi. Kompyuter texnologiyasi vositasida dars o`tish barcha fanlardan laboratoriya mashg`ulotlarini, amaliy mashg`ulotlarni, yangi mavzularni ko`rgazmali tushuntirish imkoniyatiga ega bo`lib, o`tilgan darslarning materiallarini o`quvchilar mustaqil qayta ko`rib chiqishi mumkin. Innovatsion pedagogik texnologiyalar tushunchasi bilan bog`liq bir qator "innovatika", "novatsiya", "innovatsion faoliyat", innovatsion jarayon", "innovatsion pedagogika" kabi tushunchalar ham bugungi kunda pedagogik iste`molga kirib kelgan bo`lib, ular mazmunan bir-biridan farq qiladi. Masalan, innovatika yangi bilim sohasi bo`lib, pedagogika sohasida u yangi pedagogik texnologiyalarni, ta`lim muassasalarini zamonaviy rivojlantirish, yangi ta`lim amaliyotini o`rganadi. Bu nazariya 3 ta yo`nalishni o`z ichiga oladi:
1. Pedagogik neologiya;
2. Pedagogik aksiologiya;
3. Pedagogik praksiologiya.
Ta`lim tizimi amaliyotiga ilg`or pedagogik texnologiyalarning kirib kelishi bilan bog`liq yaxlit tushuncha - innovatsion texnologiya hisoblanadi.

Download 30.9 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling