Boshlang`ich sinflarda o`quv samaradorligini oshirishda innovatsion pedagogik texnologiyalarning ahamiyati muxtorqulova Rushona Zohidjon qizi
Download 30.9 Kb.
|
Muxtorqulova Rushona Zohidjon qizi - DTPI talabasi
- Bu sahifa navigatsiya:
- Kalit so`zlar
BOSHLANG`ICH SINFLARDA O`QUV SAMARADORLIGINI OSHIRISHDA INNOVATSION PEDAGOGIK TEXNOLOGIYALARNING AHAMIYATI Muxtorqulova Rushona Zohidjon qizi Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti boshlang`ich ta`lim yo`nalishi 2-bosqich talabasi @mail: muxtorqulovarushona@gmail.com Annotatsiya: Ushbu maqolada boshlang`ich ta`lim samaradorligini oshirishda innovatsion yondashuv, zamonaviy pedagogik texnologiyalardan samarali foydalanish usullari, ta`limiy mashqlar, qiziqarli o`yinlar haqida so`z yuritiladi. Ushbu maqola keng auditoriyaga mo`ljallangan bo`lib, oliy o`quv yurti talabalari, magistrantlar, mustaqil izlanuvchilar foydalanishlari mumkin. Kalit so`zlar: innovatsiya, pedagogik texnologiyalar, turlari, pedagogik jarayon, internetdan foydalanish, ta`limiy mashqlar, tarbiyaviy va qiziqarli o`yinlar, axborot kommunikativ texnologiyalari. KIRISH Bugungi kunda, ta`lim tizimining har bosqichini axborot-kommunikatsiya texnologiyalarisiz tasavvur qilib bo`lmaydi. Kundalik hayotda media-texnologiyalarning o`rni tobora kengayib bormoqda. Katta hajmdagi yangi axborotlar, reklamalar, televidenie ko`rsatuvlarida kompyuter texnologiyalaridan foydalanish boshlang`ich sinf o`qituvchilarining ta`lim-tarbiyasi, ularning atrofidagi voqea-hodisalar to`g`risidagi tasavvurlari, tafakkuri hamda idrokiga katta ta`sir etmoqda. Ilgari bolalar istalgan mavzuga oid axborotlarni o`qituvchi beradigan ma`lumotlar yordamida o`zlashtirgan bo`lsa, bugungi kunga kelib, asosan elektron darsliklar internet orqali o`zlashtirmoqdalar. Shu sababli ham o`qituvchi zamonaviy voqelikka tog`ri yondashgan holda ta`lim jarayoniga axborot uzatishning yangi innovatsion pedagogik texnologiyalarini olib kirishi zarur. Yosh avlodni tarbiyalashda innovatsion texnologiyalarni qo‘llash an’anaviy darslarga qaraganda yuqori darajadagi natijani kafolatlashi bugungi kunda hech kimga sir emas. Bu hayotiy haqiqat, chunki umumiy o‘rta ta’lim maktablarining boshlang‘ich ta’limida ham bunga ehtiyoj sezilmoqda. Chunki, innovatsion texnologiyalar asosida o‘tkazilgan mashg‘ulotlar yoshlarning muhim hayotiy yutuq va muammolarga o‘z munosabatlarini bildirishlariga intilishlarini qondirib, ularni fikrlashga, o‘z nuqtai nazarlarini asoslashga imkoniyat yaratadi. Ayniqsa, hozirgi kunda ta’lim jarayonida interfaol uslublar (innovatsion pedagogik va texnologiyalar)dan keng foydalanib , ta’limning samaradorligini oshirishga bo‘lgan qiziqish, e’tibor kundan -kunga kuchayib bormoqda. Zamonaviy texnologiyalar qo‘llanilgan mashg‘ulotlar talabalar egallayotgan bilimlarni mustaqil o‘rganib , tahlil qilishiga va shu yuzasidan xulosalar chiqarishiga qaratilgan. O‘qituvchi bu jarayonda o‘quvchi va guruhning shakllanishi ,bilim olish tarbiyalanishiga sharoit yaratadi, shu bilan bir qatorda, boshqaruvchi, yo‘naltiruvchi vazifasini bajaradi. Ta’lim-tarbiya jarayonida pedagogik texnologiyalarning to‘g‘ri qo‘llanilishi o‘qituvchining bu jarayonda asosiy tashkilotchi yoki maslahatchi sifatida faoliyat yuritishiga olib keladi. Bu esa o‘quvchilardan ko‘proq mustaqillikni, ijodni va irodaviy sifatlarni talab etadi. Pedagogik texnologiya asosida o‘tkazilgan mashg‘ulotlar yoshlarning muhim hayotiy yutuq va muammolarga o‘z munosabatlarini bildirishlari o‘z fikrlarini erkin bayon etishlari va o‘z nuqtai nazarlarini asoslashga imkoniyat yaratadi. Innovatsion texnologiyalar pedagogik jarayon hamda o‘qituvchi va o‘quvchi faoliyatiga yangilik, o‘zgarishlar kiritish bo‘lib, uni amalga oshirishda asosan interfaol uslublardan foydalaniladi. Download 30.9 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling