Boshlang`ich sinflarda o`quv samaradorligini oshirishda innovatsion pedagogik texnologiyalarning ahamiyati muxtorqulova Rushona Zohidjon qizi


Download 30.9 Kb.
bet4/5
Sana14.02.2023
Hajmi30.9 Kb.
#1197880
1   2   3   4   5
Bog'liq
Muxtorqulova Rushona Zohidjon qizi - DTPI talabasi

MUHOKAMA
Internetdan izlash tizimi o`quvchilarga har xil yo`nalishdagi multimedia ma`lumotlarini tanlash imkoniyati bilan taqdim etadi. Bunda yaroqli hamda umuman ta`limiy va tarbiyaviy ahamiyatga ega bo`lmagan, shu bilan birgalikda boshlang`ich sinf o`quvchisi uchun zarur bo`lgan ma`lumotlar mavjud. Bola qaysi ma`lumot bilan ishlashi esa sinf rahbar hamda ota-obaning qay darajada bolaga texnik vositalardan foydalanish haqida bergan ma`lumotlariga bog`liq. Agar pedagog o`quvchisiga har tomonlama bilim berish mahoratiga ega bo`lsa, bola nafaqat ustozidan olgan ma`lumoti balki internet orqali yanada ko`proq ma`lumotni o`zlashtirishi, har xil ma`lumotnomalar, qomuslar va o`quv materiallariga kirishi, eng so`nggi yangiliklardan xabardor bo`lish imkoniyatiga ham ega bo`ladi. Internet imkoniyatlari bugungi kunda shunchalar kattaki, u har qanday masalani uyda yoki maktabda o`tirgan joyida qimirlamay yechimini topish imkoniyatini yaratadi.
Mutaxassislar farzandlarini internetdan foydalanishni ta`qiqlagan ota-onalarni ham ayblanmoqdalar. Bu, o`z navbatida, bolalarga tengdoshlari bilan muloqotda bo`lishga, tengdoshlaridan ortda qolishga, ota-onalarga nisbatan salbiy munosabat paydo bo`lishiga olib kelishini ta`kidlamoqdalar.
Darhaqiqat, innovatsion yondashuvlar va zamonaviy pedagogik texnologiyalar ta`lim jarayonining unumdorligini oshiradi. O`quvchilarga kompetensiyalarni har bir dars ko`lamida puxta singdirib borishimiz kerak. Bunda biz o`qitishda yangi ped texnologiyalardan, innovatsion g`oyalardan, interfaol uslublar va kreativ yondashuvlardan o`rinli ravishda o`z vaqtida foydalana bilishimiz lozim. O`quvchilar biz yaratgan innovatsiyalar orqali yetarli bilim egallaydi, deb o`ylayman. Men o`z ish faoliyatim davomida ko`pgina innovatsion g`oyalardan, turli xil didaktik o`yin mashqlardan keng ko`lamda foydalanaman.
Oddiygina yaratgan o`yin mashqimiz ham o`quvchi uchun juda qiziqarli va esda qolarli bo`ladi. Men o`qish darslarida ayniqsa, “Yosh aktyorlar”, “Quvnoq quyonchalar”, “Bu meniki”, “Charxpalak”, “Zanjir”, “Davom ettir”, “Maqollar zanjiri”, “Yosh suxandon”, “Sinkveyn” metodi, “Venn diagrammasi”, “Zig-zag” texnologiyasi, “Topib o`qi” kabi usul va ta`limiy mashqlardan ko`p foydalanaman. Bu o`yinlar o`quvchilarga juda yoqadi. Hattoki o`quvchilar o`zlari ham yangi o`yin mashqlari yaratib, kartochkalar yozib kelishadi.
Bundan juda quvonaman. Bu albatta, ko`pincha kreativ fikrlashdan kelib chiqadi. Matematika darslarini o`quvchilar juda yaxshi ko`radilar. Bu darsga men juda puxta tayyorgarlik ko`raman. Chunki o`quvchilar bilimi juda yaxshi, shuning uchun ular mendan yangi narsalar so`raydilar, mantiqiy mashqlar berishni iltimos qiladilar. Bunda men ko`pincha “Kim birinchi”, “Mohir hisobchi”, “Atamani top”, “Uchqur kema”, “Ziyrak quyonlar”, “Orzular kemasi”, “Tez javob”, “Mo`jizalar maydoni”, “Baliqchalar tutish”, “O`zim tekshiraman”, “BBB”, “Ortiqchasini top” kabi metod va o`yin usullaridan juda ko`p foydalanaman. Bularni davom ettirsak juda ko`p, bu o`qituvchining dars o`tish mahoratiga bog`liq. Ona tili darslarida esa “Qoidani top”, “Karvon”, “Quruvchilar”, “Kim zukko, kim tezkor”, “Noto`g`ri jumla”, “Qarsak chaldi”, “Hikoya”, “Boshqotirma”, “Tushunchalar tahlili”, “So`z ichida so`z”, “Quvnoq alifbo”, “Rasmli diktant”, “Boshqotirma”, “Ha yoki yo`q”, “So`z yozish”, “Baliq skleti” kabi didaktik o`yin va ta`limiy mashqlarlardan keng foydalanaman. “Quruvchilar” o`yiniga to`xtalib o`taman. Bunda o`quvchilar guruhlarga ajratiladi va har bir guruhga “Zamonaviy uylar” qurish uchun “g`ishtchalar” taqdim etiladi. “Tom” chalarga so`z turkumlari nomlari yoziladi.O`quvchilar so`z turkumlariga doir so`zlarni aralash tartibda berilgan g`ishtchalardan topib, tegishli uychalarni qurishi kerak bo`ladi. Albatta, bu o`yinda bilim, tezkorlik va hamkorlik juda muhimdir. Muhimi NATIJA.
Darslarni axborot kommunikativ texnologiyalardan foydalanib tashkil etishda o`qituvchi o`z mehnatining ko`p qismini kompyuterga yuklashi mumkin bo`ladi. Bu bilan darsni yanada qiziqarli, rang-barang qilib, mazmunan boyitadi. O`qituvchi o`quvchining bilimini o`z vaqtida xolisona baholab boradi, ularga noan`anaviy saboq berish usullarini topishiga ijodiy yondashadi. Bu o`qituvchining kasbiy jihatdan rivojlanishiga ham asos bo`ladi.
Axborot kommunikativ texnologiyalardan foydalanishning afzalliklari:

  • ta`limni individuallashtirish; darsda amalga oshirilgan topshiriqlar hajmining oshishi;

  • internetdan foydalanilganda axborot oqimi doirasining kengayishi natijasida o`zlashtirishda faollik, darsda motivatsiyaning kuchayishini ko`rish mumkin.

Oliy maktab ta`limi jarayonida axborot kommunikativ texnologiyalaridan foydalanib dars o`tishni o`zlashtirib olgan bo`lajak boshlang`ich sinf o`qituvchilari o`z amaliy faoliyatlarining samaradorligini ta`minlashda ham internet ma`lumotlariga murojaat qiladilar. Masalan, boshlang`ich adabiy ta`limni samarali tashkil etish maqsadida internet orqali mavzuga daxldor sujetli rasmlar, ilmiy-ommabop lavhalar, badiiy asarlarning mazmuni va qahramonlariga ishlangan suratlar, o`zi uchun zarur bo`lgan nazariy ma`lumotlarni topib foydalanishi mumkin bo`ladi.
Bundan tashqari, o`quvchilarini ham internet ma`lumotlaridan foydalanishga yo`naltiradilar. Boshlang`ich adabiy ta`limning bunday zamonaviy tarzda tashkil etilishi o`quvchilarning ham diqqatini tortadi, bilimlarni o`zlashtirish jarayoni qiziqarli bo`lishini ta`minlaydi. Faqat buning uchun o`qituvchi ham, o`quvchi ham ingliz va rus tillarini bilishi taqozo etiladi. Sababi hozirda o`zbek tilida istalgan ma`lumotni internetdan topish imkoniyati kam. Bu ham, o`z navbatida bo`lajak o`qituvchilarning amaliy faoliyatini tashkil etishda internet materiallaridan foydalanishga yo`naltirishdir. Masalan, boshlang`ich adabiy ta`limda sujetli rasmlardan foydalanilganda tavsiya etilgan internet manbalarini ochib tavsiya etilgan suratlarni ekranda namoyish etish va bevosita uning tahlilini amalga oshirish mumkin bo`ladi.
XULOSA
Yuksak ma`naviyatga ega bo`lgan, barkamol, sog`lom avlodni tarbiyalab, yoshlarga ilg`or pedagogik va axborot-kommunikatsiya texnologiyalar asosida ta`lim berish mamlakatimizning ta`lim sohasidagi amalga oshirilayotgan ustuvor vazifalardan biridir. Shuningdek, komil insonni voyaga yetkazishda boshlang`ich ta`lim, shubhasiz, poydevor vazifasini o`taydi. Xulosa qilib aytganda, ko`rgazmalilikning zamonaviy usullari bilan birga an`anaviy tamoyillaridan ham o`rni bilan foydalanish maqsadga muvofiqdir. Ayni zamonda, o`quvchilarning zamonaviy axborot texnologiyalariga oqilona yondashishini nazorat qilish ham o`qituvchining bugun paydo bo`lgan yangi vazifasidir. Darslar jarayonida bolani qalban yuksak, ma`naviy boy qilib tarbiyalashda ajdodlarimiz yaratgan betakror asar durdonalaridan foydalangan holda bilim berish hamda odob-axloq qoidalariga o`rgatish muhim ahamiyatga ega. Buning uchun birinchi navbatda, o`quvchini o`qish, bilim olishga ishtiyoqini o`stirish, ularning ma`naviy dunyosini boyitish zarur. Shundagina ertangi kunning ishonchli egasi bo`lgan farzandlarni munosib tarbiyalagan bo`lamiz.



Download 30.9 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling