Boshlang`ich sinflarda o`quv samaradorligini oshirishda innovatsion pedagogik texnologiyalarning ahamiyati muxtorqulova Rushona Zohidjon qizi
Innovatsiya (ing. innovationas-kiritilgan yangilik, ixtiro) bo`lib: 1)
Download 30.9 Kb.
|
Muxtorqulova Rushona Zohidjon qizi - DTPI talabasi
Innovatsiya (ing. innovationas-kiritilgan yangilik, ixtiro) bo`lib:
1) texnika va texnologiya avlodlarini almashtirishni, ta`minlash uchun iqtisodiyotga sarflangan mablag`lar; 2) ilmiy-texnika yutuqlari va ilg`or tajribalarga asoslangan texnika, texnologiya, boshqarish va mehnatni tashkil etish kabi sohalardagi yangiliklar, shuningdek ularning turli sohalar va faoliyati doiralarida qo`lllanilishi. Innovatsiya asosan muayyan bosqichlar asosida rivojlanadigan jarayon hisoblanadi. Innovatsion pedagogika esa innovatsion jarayon bilan bog`liq. Innovatsion jarayon - bu pedagogik qonuniyatlarni, tushunchalarni o`z ichiga olgan tizim bo`lib, u ta`lim va tarbiya jarayonini zamonaviy pedagogika hamda boshqa ijtimoiy-gumanitar fanlar yutuqlari, jahon standartlari darajasida tashkil etish imkonini beruvchi innovatsion harakat demakdir. Innovatsion pedagogik jarayonlar quyidagi jihatlari bilan tavsiflanadi: o`quvchilarning o`z ijodiy tafakkuri, bilimi, qobiliyatini progressiv g`oyalarni ro`yobga chiqarish uchun maqsadli yunaltirishi; o`quvchi bilan o`qituvchining yagona maqsad sari hamkorlikdagi ijodiy faoliyatining rivojlanganligi; ijodkorlik, intellektning natijasi sifatida kreativlikni namoyon etishdagi izlanuvchanlikning yuqoriligi; har ikkala subyektning ham refleksiya jarayonidagi faollikning namoyon bo`lishi. Pedagogik lug`atlarda ham ta`kidlanganidek: “Ta`lim tizimidagi innovatsion jarayonlar - pedagogik yangiliklarni yaratish, qabul qilish, baholash, o`zlashtirish va qo`llashni boshqarish jarayoni" demakdir”.1 Pedagogik jarayonlar pedagogik tizim asosida samarali natija beradi. Ushbu pedagogik jarayonda namoyon bo`ladigan novatsiya va innovatsiyalar evaziga ta`lim-tarbiya samaradorligi oshib boradi. Bugungi kunda dunyo miqyosida globallashuv, integratsiyalashuv va modernizatsiya jarayoni yosh avlodga kechagi an`anaviy ta`lim shakllari, metodlari va vositalari bilan bilim beriah hamda ularni tarbiyalash mumkin emasligini ko`rsatmoqda. Shiddat bilan rivojlanayotgan zamonaviy texnika va texnologiyalr haqida chuqur bilimga, malaka hamda ko`nikmalarga chanqoq yoshlarning ehtiyojlarini qondirish uchun pedagogik kadrlar nafaqat o`z fanini chuqur bilishi, balki noan`anaviy ta`lim-tarbiya texnologiyalaridan, usullaridan keng foydalanishlari talab etiladi. Download 30.9 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling