Mavzu: Zamonaviy sharoitda davlat maqsadli jamg`armalarining o`rni va ahamyati. Reja: Kirish


Download 118.45 Kb.
bet1/10
Sana18.06.2023
Hajmi118.45 Kb.
#1577927
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
Kurs ishi111111111


Mavzu: Zamonaviy sharoitda davlat maqsadli jamg`armalarining o`rni va ahamyati.
Reja:
Kirish

  1. Zamonaviy sharoitda davlat maqsadli jamg`armalari.

  2. Davlat maqsadli jamg`armalarining turlari.

  3. Maqsadli jamg`armalarining o`rni va ahamyati.

Xulosa.
Foydalanilgan adabiyotlar ro’xati.

Kirish
Ma’lumki, moliya tizimida davlat markazlashgan maqsadli jamg‘armalari alohida o‘rin tutadi. Mazkur jamg‘armalarning iqtisodiy va ijtimoiy vazifalari mavjud. Bozor iqtisodiyoti sharoitida byudetdan tashqari maqsadli pul jamg‘armalarining o‘rni va ahamiyati juda muhimdir. Chunki, davlat byudeti daromadlari va xarajatlarini samarali boshqarishda, aholi turmush darajasini oshirishda, ishlab chiqarishni rag‘batlantirishda bevosita davlat byudeti bilan birga byudetdan tashqari maqsadli jamg‘armalardan ham foydalaniladi. Davlat byudeti o‘zining daromadlarini aniq xarajatlariga biriktirilmasligi hisobiga mablag‘larning moslashishiga ko‘mak beradi. Ammmo xarajat moddalari bo‘yicha mablag‘larning ortiqroq yo‘naltirishga erishmaslik lozim, xususan bunda ijtimoiy talablar maxsus e’tiborni talab etadi, chunki hamma vaqt ushbu maqsadlar uchun xarajatlarni kamaytirishdek xavf mavjud bo‘ladi. Shuning uchun ham rivojlanishning eng muhim yo‘nalishlarini aniqlash va mablag‘larni maqsadli ishlatilishi va yo‘naltirilishi ta’minlash muhim ahamiyat kasb etadi. Ushbu holatlar maqsadli umumdavlat vazifalarini moliyalashtirishda tegishli davlat maqsadli jamg‘armalarni tashkil etish uchun asos bo‘ldi.
Byudetdan tashqari jamg‘armalarni tashkil etishning maqsadi jamiyat uchun muhim bo‘lgan xarajatlarni byudet mablag‘laridan tashqari mustaqil manbalar hisobidan ta’minlashdir. Byudetdan tashqari jamg‘armalarni tashkil etilishining muvofiqligini ta’minlovchi yana bir muhim omil – bu byudet taqchilligidir. Xarajatlarni daromaddan o‘sib ketishi kuchayishiga moliyaviy resurslarni faqat qidirib topishda emas, balki korxonalar, tashkilotlar va aholidan tushgan mablag‘larni qayta guruxlanishini xam talab etadi. Va nihoyat, xo‘jalik yuritishning va xususiylashtirishning ko‘p qirrali shakllari, byudet shakllari bilan bir qatorda jamiyatda pul mablag‘larni qayta taqsimlashni yangi usullarini qo‘llash zaruriyatini qat’iy talab etadi.
Byudetdan tashqari jamg‘armalar dastlab, mahsus jamg‘armalar shaklida yoki byudet kelib chiqqunga qadar mahsus hisoblar shaklida paydo bo‘lgan. Hukumat o‘zining faoliyatining kengayishi bilan ularni amalga oshirish uchun zarur bo‘lgan mablag‘larni talab etuvchi yangi xarajatlarga ehtiyoj sezardi. Bu mablag‘lar mahsus maqsadlar uchun mo‘ljallangan alohida jamg‘armalarda yig‘ilar edi. Bu jamg‘armalar qoidaga ko‘ra vaqtinchalik xarakterga edi. Davlatning rejalashtirgan tadbirlarini amalga oshirib bo‘lganidan keyin ushbu jamg‘armalar o‘z faoliyatini to‘xtatar edi. Shu bilan bog‘liq ravishda jamg‘armalar soni doimiy o‘zgarib turar edi. Markazlashgan davlatning barqarorlashishi bilan birgalikda mahsus jamg‘armalarni muvofiqlashtirish davri boshlandi. Turli jamg‘armalarni birlashtirilishi asosida davlat byudeti tuzildi. Bugungi kunda byudet bilan bir qatorda byudetdan tashqari jamg‘armalarning ahamiyati ortib bormoqda. Byudetdan tashqari jamg‘armalarga badallarni to‘lovchi sifatida yuridik va jismoniy shaxslar (tadbirkorlar)-ijtimoiy kafolatlarning iste’molchilari hisoblanar ekan, to‘lovlar va jamg‘armalar pul mablag‘larining taqsimlanishi mamlakatning barcha fuqarolariga ta’luqli bo‘ladi va shuning uchun ham byudetdan tashqari jamg‘armalar samarali faoliyat ko‘rsatishida ularning qiziqishlari kuzatiladi.
Shunday qilib, davlat maqsadli jamg‘armalari – davlat organlari tomonidan milliy daromadni aholining ma’lum ijtimoiy guruhlari foydasiga qayta taqsimlashning bir usulidir.
Byudetdan tashqari jamg‘armalar ikkita asosiy vazifani bajaradi:
• iqtisodiyotning muhim tarmoqlarini qo‘shimcha mablag‘lar bilan ta’minlash;
• aholi uchun ijtimoiy xizmatlarni kengaytirish. Byudetdan tashqari jamg‘armalar moliya tizimining bir bug‘ini bo‘lishi bilan birgalikda bir necha xususiyatlarni o‘zida kasb ettiradi:
• hukumat va boshqaruv organlari tomonidan rejalashtiriladi hamda qat’iy maqsadli yo‘naltirilgan bo‘ladi; jamg‘armalar mablag‘laridan byudetga kiritilmagan davlat xarajatlarini moliyalashtirish uchun foydalaniladi;
• asosan yuridik va jismoniy shaxslarning ajratmalari asosida shakllantiriladi;
• jamg‘armalarga sug‘urta badallari va ularni to‘lashda yuzaga keladigan o‘zaro aloqalar soliqli xarakterga ega, badallar tarifi davlat tomonidan belgilanadi va majburiy xisoblanadi;
• jamg‘armalar pul mablag‘lari davlat qaramog‘ida bo‘lib, ular byudetlar, shuningdek boshqa jamg‘armalar tarkibiga kirmaydi hamda qonun xujjatlarida e’tirof etilmagan maqsadlarda ishlatilmaydi;
Davlat maqsadli byudetdan tashqari jamg‘armalarning mohiyati1 Byudetdan tashqari jamg‘armalar - davlat tomonidan byudetga kiritilmaydigan ba’zi jamoat ehtiyojlarini moliyalashtirish uchun mustaqil tezkorlik asosida moliyaviy resurslardan qat’iy maqsadli foydalanishning shaklidir. Mablag‘lar ishlatilishining maqsadli yo‘naltirilishiga ko‘ra byudetdan tashqari jamg‘armalar ijtimoiy, iqtisodiy, ekologik va boshqa jamg‘armalarga ajratiladi. Ijtimoiy ahamiyatdagi jamg‘armalar davlat organlariga faol ijtimoiy siyosatni yuritishga ko‘mak beradi.Ushbu jamg‘armalarni shakllantirishda asosan sug‘urta qilingan shaxslarning sug‘urta badallaridan, tadbirkorlarning sug‘urta badallaridan, subsidiyalar va davlatning foizsiz ssudalaridan foydalaniladi. Maqsadli jamg‘armalarni quyidagi xususiyatlar bo‘yicha tasniflash mumkin. Davlat ijtimoiy jamg‘armalari fuqarolarning pensiya olish, kasalligi, nogironligi, boquvchisini yo‘qotganligi sababli, shuningdek, sog‘liqni saqlash va tibbiy yordam olish, ishsizlikdan himoya qilinish uchun va boshqalar uchun ijtimoiy nafaqalarni olishdek konstitutsion huquqlarni ta’minlashga yo‘naltirilgan. Iqtisodiy jamg‘armalar jamiyatning xo‘jalik va ijtimoiy xayotining rivojlanishida davlat ta’siri imkoniyatlarini kengaytiradi



  1. Download 118.45 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling