Mavzu: Zamonaviy sharoitda davlat maqsadli jamg`armalarining o`rni va ahamyati. Reja: Kirish


Bank kreditlarining iqtisodiy oʼsish surʼatlariga taʼsiri


Download 118.45 Kb.
bet8/10
Sana18.06.2023
Hajmi118.45 Kb.
#1577927
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
Kurs ishi111111111

Bank kreditlarining iqtisodiy oʼsish surʼatlariga taʼsiri

Tijorat banklarining kreditlash hajmiga nisbatan belgilanadigan limitlar har bir bankning umumiy kapitaliga nisbatan belgilanadi. Kreditlash limitiga rioya qilmagan tijorat bankiga nisbatan naqd pul berishda va majburiy zahira talabnomalari joriy qilishda cheklovlar joriy qilinadi.Lekin kreditlash hajmiga nisbatan limit belgilashning salbiy jihatlari bor. Xususan, kichik banklarning kreditlash salohiyati keskin pasayadi. Chunki, ularning umumiy kapitali miqdori katta banklarnikiga nisbatan sezilarli darajada kichik.
Taraqqiy etgan mamlakatlarning, xususan, АQSh va Yaponiya banklarinig muomaladagi pul massasining oʼsish surʼatini cheklash borasidagi tajribalari koʼrsatdiki, ushbu tadbirning qoʼllanishi natijasida makroiqtisodiy oʼsish surʼatlari sekinlashadi. Monetar siyosatning taktik maqsadlarini tanlashning asosiy shart- sharoitlaridan biri davlat byudjeti defitsitining mavjudligi va darajasidir.
Davlat byudjeti defitsiti darajasining YaIM ga nisbatan 3 foizdan yuqori boʼlishi foiz meʼyorining oshishiga olib keladi. Natijada, baholar darajasining oʼsishi yuz beradi. Bu esa, oʼz navbatida, investitsiyalar darajasini pasaytiradi va shuning asosida ishlab chiqarish real hajmining oʼsishi sekinlashadi. Bunday sharoitda uzoq muddatli davriy oraliqlarda pul massasi oʼishining barqaror darajasining saqlab turilishi, baholar darajasini oʼsishi davom etayotgan sharoitda, pul massasining oʼsishi oʼrtasidagi farqning saqlanib qolishiga sabab boʼladi. Bunday sharoitda Markaziy bank davlat byudjeti defitsitining inflyatsiya jarayonlarini kuchayish omili sifatidagi ahamiyatiga barham berish maqsadida indikator sifatida baholar darajasining barqaror oʼsish koʼrsatkichidan foydalanishga majbur boʼladi.
Odatda, byudjet defitsitini oʼsish oqibatlariga qarshi kurashishning maqbul yoʼli boʼlib, muomaladagi pul massasini oʼsish surʼatlarini jilovlash hisoblanadi. Ushbu taktik maqsad byudjet defitsiti bilan bogʼliq pulning aylanish tezligini oshirishga xizmat qiladi. Buning natijasida davlat byudjeti defitsitining nominal milliy daromadning oʼsishiga nisbatan yuzaga kelgan salbiy taʼsiriga barham beriladi. Lekin qisqa muddatli davriy oraliqlarda ishlab chiqarishning real hajmi va baholar darajasi oʼzgarmaydi.
Makroiqtisodiy tahlilni monetar boʼlimi monetar siyosatning taktik maqsadini tanlashda muhim rol oʼynaydi. Eʼtirof, etish joizki, inflyatsiyaning barqaror surʼatlari taʼminlangan iqtisodiyot sharoitida inflyatsiyaning maqsadli koʼrsatkichidan taktik maqsad sifatida foydalanish hech qanday maʼnoga ega yemas.
Inflyatsiyaning maqsadli koʼrsatkichidan monetar siyosatning taktik maqsadi sifatida foydalanish uchun ikkita sharoit, yaʼni Markaziy bank mustaqil monetar siyosatni amalga oshirish imkoniyatiga yega boʼlishi hamda inflyatsiyaning maqsadli koʼrsatkichi taktik maqsad sifatida tanlab olinishi uchun ish haqining oʼsishi, aholi bandligi darajasi va almashuv kursi boʼyicha maqsadli koʼrsatkichlar belgilanmasligi lozim.
Oʼzbekiston Respublikasining “Oʼzbekiston Respublikasining Markaziy banki toʼgʼrisida”gi qonunining 23-moddasiga asosan, respublikamiz Markaziy banki pul massasi yillik oʼsish surʼatining aniq maqsadli koʼrsatkichlarini” belgilaydi. Shuningdek, mamlakat hukumatining 2003 yil 4 fevraldagi 63-sonli “Pul-kredit koʼrsatkichlarini tartibga solish mexanizmini takomillashtirish chora- tadbirlari toʼgʼrisida”gi Qaroriga asosan, Markaziy bankka pul massasining oʼsishini nazorat qilish majburiyati yuklatilgan.
Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining 2005 yil 5 avgustdagi 147- Qaroriga asosan, Oʼzbekiston Respublikasi Markaziy banki tijorat banklarini, ularning Markaziy bankdagi vakillik hisobvaraqlaridagi mablagʼlar doirasida, zarur hollarda Oʼzbekiston Respublikasi Markaziy bankining hisob-kitob-kassa markazlaridagi zahira jamgʼarmalaridan foydalangan holda naqd pul mablagʼlari bilan cheklanmagan miqdorda taʼminlaydi hamda tijorat banklari bilan birgalikda tijorat banklarining filliallaridagi naqd pul zahiralari hajmining eng kam miqdorini tasdiqlaydi hamda majburiy zahiralar boʼyicha talablarni hisob-kitob qilish chogʼida umuman bank boʼyicha amaldagi zahiralar summasini hisobga oladi.
Markaziy bankning kredit resurslari bozoriga taʼsir etuvchi instrumenti boʼlgan, qayta moliyalash stavkasi 2008 yil 14 foizni tashkil etgan boʼlsa, bu koʼrsatkich 2011 va 2012 yillarda oʼzgarmasdan (12 foiz) saqlanib qolgan. Buesa, tijorat banklari kreditlari foiz stavkalarining tushishiga va kredit oluvchilar sonining koʼpayishiga xizmat qiladi.
Shu bilan bir qatorda, yana shuni qayd etish joizki, Markaziy bank majburiy zaxira stavkasi 2009 yil sentyabrь oyidan boshlab oʼzgarmasdan qolmoqda. Bizga maʼlumki, ana shu davrdan boshlab Markaziy bank majburiy zaxira stavkasi tabaqalashtirildi. Jumladan, majburiy rezervlar normasi, muddati 1 yilgacha boʼlgan depozitlar uchun - 15%, muddati 1 yildan 3 yilgacha boʼlgan depozitlar uchun - 12%, muddati 3 yildan ortiq boʼlgan depozitlar uchun - 10,5% miqdorida oʼrnatildi.
Shu bilan birga, majburiy rezervlarni hisob-kitob qilish davri bir oydan oʼn toʼrt kunga qisqartirildi va bu tijorat banklariga likvidlikni yanada samarali va tezkor boshqarish imkoniyatini bermoqda.
Oʼz navbatida, 2012 yilda Oʼzbekiston Respublikasi Tiklanish va taraqqiyot jamgʼarmasi hisobvaragʼiga qoʼshimcha ravishda 3 176 mln. АQSh dollari miqdoridagi mablagʼlar yoʼnaltirilishi pul massasini prognoz koʼrsatkichdan ortiqcha oʼsishining oldini olishga va shu orqali ichki bozorda narxlar barqarorligini taʼminlashga xizmat qildi.
Shuningdek, Markaziy bankning qayta moliyalash stavkasi instrumentidan ham pul bozoridagi foiz stavkalarini boshqarishda hamda iqtisodiy oʼsish jarayonlarini ragʼbatlantirish maqsadida keng foydalanildi.
Inflyatsiya darajasi, pul massasi hajmining va boshqa makroiqtisodiy koʼrsatkichlarning belgilangan maqsadli parametrlaridan kelib chiqib Markaziy bankning qayta moliyalash stavkasi 2012 yilda yillik 12 foiz miqdorida saqlab qolindi.
Qayta moliyalash stavkasining ushbu darajada ushlab turilishi pul bozorida moliyaviy resurslarga boʼlgan talab va taklifning muvozanatini saqlashga, real sektor korxonalarining investitsion imkoniyatini oshirishga, iqtisodiyotni kreditlash hajmini yanada kengaytirish va ayni paytda tijorat banklarining resurs bazasining barqarorligini taʼminlashga xizmat qildi.
Oʼzbekiston Respublikasi Markaziy banki monetar siyosatining strategik maqsadi boʼlib, milliy valyutaning barqarorligini taʼminlash hisoblanadi. Qator taraqqiy etgan mamlakatlar Markaziy banklarining monetar siyosat maqsadlaridan farqli ravishda, Oʼzbekiston Respublikasida baholar barqarorligiga erishish Markaziy bank monetar siyosatining strategik maqsadi hisoblanmaydi
2012 yilda pul-kredit siyosati “Monetar siyosatning 2012 yilga moʼljallangan asosiy yoʼnalishlari” asosida amalga oshirilib, iqtisodiyotni rivojlantirishning ustuvor vazifalari, xususan belgilangan makroiqtisodiy koʼrsatkichlarning soʼzsiz bajarilishini taʼminlashga qaratildi.
Bunda, yalpi ichki mahsulotning oʼsish surʼatlariga muvofiq iqtisodiyotning pulga boʼlgan oshib borayotgan talabini toʼliq qondirish va bank tizimi likvidligini maqbul darajada saqlab turish orqali inflyatsiya darajasini belgilangan maqsadli parametridan oshirmaslik maqsadida Markaziy bank oʼz tasarrufidagi pul-kredit siyosati instrumentlaridan faol foydalandi.
2012 yil davomida Markaziy bank tomonidan pul bozorida tashqi savdo balansining ijobiy salьdosi va bank tizimi sof tashqi aktivlarining koʼpayishi hisobiga shakllangan qoʼshimcha likvidlikni sterilizatsiya qilish operatsiyalarining muntazam ravishda oʼtkazib borilishi orqali iqtisodiyotdagi inflyatsion bosimning oldi olindi.
Oʼtgan yilda Markaziy bank tomonidan pul massasini prognoz koʼrsatkich doirasida ushlab turish maqsadida amalga oshirilgan sterilizatsiya operatsiyalarining hajmi 2011 yilga nisbatan 1,4 martaga oshib, 2013 yilning 1 yanvarь holatiga koʼra 5,9 trln. soʼmni tashkil qildi.
Kreditlarning respublikamiz tijorat banklari aktivlarining umumiy hajmidagi salmogʼini kamida 60 foizni tashkil etishiga erishish lozim. Bu esa, tijorat banklarining daromad keltirmaydigan aktivlari- majburiy zahira ajratmalari soʼmmasi, «Nostro» vakillik hisobvaraqlarining qoldigʼi, asosiy vositalar miqdorini kamaytirishni taqozo qiladi.
Bank kreditlari respublika iqtisodiyotiri rivojlantirishda muhim oʼrin tutadi. U jismoniy va yuridik shaxslar moddiy texnika bazasini mustahkamlashga koʼmaklashib, asosiy va oborot ishlab chiqarish fondlarini tuzish, tiklash va koʼpaytirish manbai boʼlib xizmat qiladi. Korxonalar va tashkilotlarga oʼz mablagʼlari bilan cheklanib qolmaslik, yangi pul mablagʼlarini xoʼjalik oborotiga kiritish imkonini beradi va shu bilan ishlab chiqarishning oʼsishi va jadallashishi uchun zarur iqtisodiy zamin yaratadi.
Banklar kapitali va depozitlarining yuqori surʼatlarda oʼsishi, oʼz navbatida, ularning iqtisodiyotda xoʼjalik subʼektlari faoliyatini moliyaviy qoʼllab-quvvatlashdagi ishtirokini faollashtirishga, bank aktivlari va kredit qoʼyilmalari hajmining koʼpayishiga ijobiy taʼsir qiladi. Yuqoridagilardan kelib chiqqan holda respublikamizda tijorat banklari kreditlarining iqtisodiy oʼsish surʼatlariga taʼsirini koʼchaytirishning asosiy yoʼllarini quyidagilardan iborat deb qarash mumkin:
1.Respublikamiz tijorat banklari aktivlarining umumiy hajmida kreditlarning salmogʼini kamida 60 foiz boʼlish uzluksizligi taʼminlash lozim.
2. Respublikamiz tijorat banklari kredit portfelining diversifikatsiya darajasini oshirish lozim.
3.Markaziy bankning REPO operatsiyalari hajmini oshirish yoʼli bilan tijorat banklarining likvidliligi va kredit emissiyasi darajasini oshirish zarur.
4.Respublikamizda monetizatsiya koeffitsientining amaldagi darajasini oshirish maqsadida tijorat banklari kreditlarining xoʼjalik yurituvchi subʼektlarning passivlari hajmidagi salmogʼini oshirish lozim.



  1. Download 118.45 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling