Mavzu: Zamonaviy sharoitda davlat maqsadli jamg`armalarining o`rni va ahamyati. Reja: Kirish


Kredit munosabatlarining xalqaro miqyosda amalga oshirilishi xalqaro kreditning yuzaga kelishi


Download 118.45 Kb.
bet9/10
Sana18.06.2023
Hajmi118.45 Kb.
#1577927
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
Kurs ishi111111111

Kredit munosabatlarining xalqaro miqyosda amalga oshirilishi xalqaro kreditning yuzaga kelishi.

Xalqaro kredit — davlatlar, banklar, firmalar, bir mamlakatdagi jismoniy va yuridik shaxslar tomonidan boshqa mamlakatlar hukumatlari, banklari, firmalariga beriladigan kreditlar; pul va moddiy vositalarning xalqaro iqtisodiy munosabatlardagi harakati. Xalqaro kredit jahon xoʻjaligiiint paydo boʻlishi va rivojlanishi bilan bogʻliq. Xalqaro kreditning moxiyati, shakli va vazifalari ijtimoiyiqtisodiy sharoitga qarab oʻzgarib turadi. Muddatiga koʻra qisqa (1 yilgacha), oʻrta (1 yildan 5—7 yilgacha), uzoq (5—7 yildan koʻp) muddatli boʻladi. Firma kreditlari asosan qisqa va oʻrta muddatlarda tovar shaklida taqdim etiladi. Bank kreditlari tijorat yoki eksportimport banklari tomonidan yirik loyihalarni moliyalashtirishda qoʻllaniladi. 20-asrning 50-yillaridan boshlab davlatlararo kreditlar keng tus oldi. Xalqaro valyuta fondi, Xalqaro tiklanish va tarakqiyot banki, Yevropa tiklanish va tarakkiyot banki, Osiyo rivojlanish banki va boshqa banklar faoliyatida aʼzo mamlakatlarga kreditlar ajratish muhim oʻrinda turadi. 20-asr oxirlaridan Xalqaro kreditning lizing, faktoring va qoplanma bitishuvlar boʻyicha kreditlar turlari keng tarqaldi.
Xalqaro kredit. Kredit munosabatlarining xalqaro miqyosda (davlatlar o‘rtasida) amalga oshirilishi xalqaro kreditning yuzaga kelishiga olib keladi. Xalqaro kreditga xalqaro miqyosda xarakat qiluvchi kredit munosabatlari to‘plashi sifatida qarash zarur. Kreditning bu shaklining bevosita ishtirokchilari millatlararo moliya-kredit institutlari, tegishli davlat xokimiyati, kredit tashkilotlari va alohida yuridik shaxslar bo‘lishi mumkin. Xalqaro kredit bir davlat, shu davlat banki, yuridik shaxsi tomonidan ikkinchi bir davlatga, uning banklariga, boshqa yuridik shaxslariga muddatlilik va to‘lovlilik asosida beriladigan kredit hisoblanadi.
Xalqaro kredit davlat va xalqaro institutlar ishtirok etgan munosabatlarda pul (valyuta) shaklida, tashqi savdo faoliyatida esa tovar shaklida bo‘lishi mumkin.
Xalqaro kredit quyidagi xususiyatlari bilan xarakterlanadi:

  • qarz oluvchi va qarz beruvchi sifatida davlat tashkilot va muassasalari, banklar, kompaniyalar, xalqaro valyuta kredit tashkilotlari qatnashadilar;

  • qarzga olingan mablag‘lar qarz oluvchi mamlakat tomonidan daromad keltiruvchi kapital sifatida ishlatiladi;

  • qarz beruvchi mamlakatga to‘lanadigan ssuda foizining manbasi qarz oluvchi mamlakat aholisi tomonidan yaratilgan milliy daromad hisoblanadi.

Xalqaro kredit mahalliy kredit bilan bir qatorda fondler aylanishining barcha bosqichlarida qatnashadi.
Xalqaro kredit xalqaro iqtisodiy munosabatlar doirasida quyidagi funksiyalarni bajaradi:
- mamlakatlar o‘rtasida kapitalning qayta taqsimlanishini ta’minlaydi;
- kapitalning konsentratsiyalashuviga va markazlashuviga sharoit yaratadi va bu jarayonni tezlashtiradi;
- har xil valyutalarda xalqaro hisob-kitoblarni olib borishda muomala xarajatlarini qisqartiradi.
Xalqaro kreditlar xarakteri bo‘yicha - davlatlararo, xususiy, firma kreditlariga;
-shakli bo‘yicha - davlat, bank, tijorat;
-tashqi savdo tizimida tutgan o‘rni bo‘yicha - eksportni kreditlash, importni kreditlashga;
-muddati bo‘yicha-qisqa muddatli-1 yilgacha, o‘rta muddatli -1 yildan 5 yilgacha, uzoq muddatli -5 yildan ortiq muddatga;
-ob’ekti bo‘yicha - tovar va valyuta;
-ta’minlanganligi bo‘yicha - tovar-moddiy boyliklar bilan yoki hujjatlar bilan ta’minlangan kreditlarga bo‘linadi.
Tovar shaklida beriladigan xalqaro kredit yoki firma kreditlari tijorat kreditining xalqaro iqtisodiy munosabatlar sohasida qo‘llanilishi hisoblanadi va bir mamlakat firmasining tovari ikkinchi mamlakat firmasiga kreditga - to‘lov muddati kechiktirilib sotiladi. Bu jarayon odatda tratta (o‘tkazma veksel) bilan rasmiylashtiriladi. Eksportni kreditlashda davlat tomonidan subsidiya ajratilganligi uchun firma kreditlari bo‘yicha foiz stavkalari odatda foiz stavkalarining bozor bahosidan past bo‘ladi.Xalqaro bank kreditlarining bank eksport kreditlari (xorijiy importyorlarga xususiy tijorat banklari, maxsus tashqi savdo banklari tomonidan beriladigan kredit), evrokredit (yirik tijorat banklari tomonidan evrovalyuta bozori resurslari hisobidan evrovalyutada, 2 yildan 10 yilgacha bo‘lgan muddatga, o‘zgaruvchan foiz stavkada kreditlar berish) kabi turlari mavjud.
Xalqaro davlat krediti ikki tomonlama kelishuv asosida rivojlangan mamlakatlar tomonidan rivojlanayotgan mamlakatlarga tovar yoki valyuta shaklida, foiz to‘lash yoki foiz to‘lamaslik sharti bilan, uzoq yoki qisqa muddatga beriladi.
Xalqaro valyuta - kredit tashkilotlarining kreditlari qisqa muddatli - 1 yilgacha (xalqaro valyuta fondining kreditlari), o‘rta muddatli - 5 yilgacha (Jahon tiklanish va taraqqiyot banki) va uzoq muddatli - 20 yilgacha (Evropa tiklanish va taraqqiyot banki va boshqalar) kreditlar berishi mumkin Xalqaro valyuta-kredit tashkilotlaridan olingan kreditlar xususiy tijorat banklaridan olingan kreditlardan (bu kreditlar bo‘yicha o‘rtacha foiz stavkasi yiliga 7-9% ni tashkil qiladi.) arzonga tushadi.

Xulosa
Tijorat banklari kreditlash amaliyotini takomillashtirilishi va zamonaviy usullarining oqilona qo‘llanilishi kichik korxonalar va tadbirkorlik subyektlarini moliyaviy qo‘llab-quvvatlash iqtisodiyotni taraqqiy ettirishning, eng avvalo, jamiyatni ijtimoiy va siyosiy yangilash, shuningdek aholi farovonligini va bandligini oshirish, ichki iste'mol bozorini milliy mahsulotlar bilan to‘ldirish, ishlab chiqarishni sifat darajasiga ko‘tarish va eksport salohiyatini oshirishning bosh dastagi hisoblanadi. Tahlil va kuzatishlar asosida tijorat banklarining kreditlash amaliyotini takomillashtirish borasida quyidagi tavsiyalar ishlab chiqildi: 1. Tijorat banklarining uzoq muddatli resurs bazasini shakllantirish orqali kreditlash salohiyatini oshirish. Tijorat banklari uzoq muddatli resurslarni jalb qilishda asosiy e’tiborni nodepozit manbalarga qaratishi maqsadga muvofiq. Jumladan, tijorat banklari tomonidan qimmatli qog‘ozlar emissiyasi hajmini oshirish yo‘li bilan barqaror resurs bazani shakllantirish lozim. 2. Respublikamiz tijorat banklari kreditlash amaliyotida zamonaviy kreditlash shakllaridan keng foydalanish lozim. Tijorat banklarining kreditlash amaliyotida kreditlashning zamonaviy usullarini qo‘llash banklar va mijozlar uchun quyidagi ijobiy jihatlarni ta’minlaydi: banklar jalb qilingan va o‘z mablag‘laridan samarali foydalanadi; tijorat banklari mijozlari mablag‘larini bank talabiga ko‘ra kreditni qaytarishga yo‘naltirish mumkin; kredit hujjatlarini rasmiylashtirish tezkor va kredit olish imkoniyatlari yuqori; ushbu kreditlash shakllarining ko‘p maqsadliligi ishlab chiqarish korxonalarining aylanma mablag‘larini aylanishini tezlashtiradi va ishlab chiqarish uzluksizligini ta’minlaydi; “Moliyaviy texnologiyalar” ilmiy elektron jurnali “Moliyaviy texnologiyalar” ilmiy elektron jurnali I son 2023-yil 45 ISSN: 2181-3965 VOLUME 2 mijozlar foydalangan kredit miqdori va muddatiga muvofiq foiz to‘lovlarni to‘laydi; kreditlash jarayonida resurslardan samarali foydalanish bilan birga, bank likvidliligini ta’minlaydi va boshqaradi; tijorat banklari kreditlash faoliyatida kredit resurslari ma’lum davomiylik asosida berilishi hisobiga kredit riskini pasayishini ta’minlaydi. Tijorat banklari tomonidan kreditlashning zamonaviy shakllari va usullaridan foydalanish orqali respublikamiz banklarining kreditlash samaradorligi oshiriladi. Xususan, banklarning kredit operatsiyalari hajmi oshadi va kreditlardan olinadigan foizli daromadlarning barqaror o‘sishi ta’minlanadi. 3. Banklarda mijozlarning kreditga layoqatliligi ko‘rsatkichlarini baholash tizimini takomillashtirish. Respublikamiz tijorat banklari amaliyotida mijozlarning kreditga layoqatliligini baholashda muammolarni mavjudligi kredit portfeli sifatiga va uning barqaror o‘sishiga salbiy ta’sir qilmoqda. Mijozning kredit to‘loviga layoqatligining to‘g‘ri baholanishi kreditlarning o‘z vaqtida to‘la qaytishini ta’minlaydi. 4. Sifatli kredit portfelini shakllantirish va kredit monitoringini puxta tashkil etish va olib borish lozim. Kreditlash operatsiyalarining hajmi ko‘lamdorligi bilan birgalikda ularning risklilik darajasi oshib ketmasligi va sifatining yuqori bo‘lishi ham lozim. Аgarda bank kreditlarining sezilarli darajada kata qismi bir sohada to‘planadigan bo‘lsa, bu sohadagi salbiy o‘zgarishlar kreditning qaytmasligiga, bu esa, o‘z navbatida, bank foydasi tushishiga olib keladi. Tijorat banklari sifatli kredit portfelini shakllantirish uchun avvalambor kreditlash jarayonini to‘g‘ri va sifatli olib borishi zarur. Kreditlar ajratish borasida qarorlar qabul qilishda banklarning kredit qo‘mitalari va mas’ul xodimlarining javobgarligini oshirish, kreditlardan foydalanish va qaytarilishi monitoringining mexanizmlarini bir xillashtirish, ular bo‘yicha risklarni o‘z vaqtida aniqlash, sifatli baholash va bartaraf etish, shuningdek, kreditlar bo‘yicha muammoli qarzdorliklarni paydo bo‘lishini oldini oluvchi choralar qabul qilish orqali tijorat banklarining kreditlash operatsiyalarini samarali tashkil etish va yuqorida berilgan barcha tavsiyalarni imkon qadar amaliyotga joriy etgan holda ularni takomillashtirish mumkin deb o‘ylaymiz.


Download 118.45 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling