Mavzu: Zamonaviy sharoitda davlat maqsadli jamg`armalarining o`rni va ahamyati. Reja: Kirish


II. Ўзбекистон Республикаси Тикланиш ва тараққиёт жамғармаси


Download 118.45 Kb.
bet7/10
Sana18.06.2023
Hajmi118.45 Kb.
#1577927
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
Kurs ishi111111111

II.

Ўзбекистон Республикаси Тикланиш ва тараққиёт жамғармаси






Даромадлар прогнози



6 150 068,6




Давлат бюджетидан трансфертлар









Харажатлар



8 935 410,0

*) Мобиль алоқа хизматларини кўрсатувчи юридик шахслар (уяли алоқа компаниялари) томонидан абонент рақамидан фойдаланганлик учун тўланадиган тўлов Ахборот-коммуникация технологияларини ривожлантириш жамғармасида жамланиб, тақсимланиши сабабли Тез тиббий ёрдамни ривожлантириш жамғармаси даромадлари ва харажатлари давлат мақсадли жамғармаларининг даромадлари ва харажатлари таркибида акс эттирилмайди.
**) Тижорат банклари билан Ўзбекистон Республикаси Молия вазирлиги ўртасида имзоланган депозит шартномасига мувофиқ, таълим кредити учун ажратилган маблағлар келгусида ушбу Жамғармага қайтиши сабабли харажатларда акс эттирилмайди.

Қонун ҳужжатлари маълумотлари миллий базаси (www.lex.uz),


2021 йил 30 декабрь
ZZZZZZZZZZZZZZZZZZZZZZZZZZZZZZZZZ


  1. Tijorat banklarida kreditlashni tashkil qilish va uning nazariy asoslari

Bank krediti respublika iqtisodiyotida muhim oʼrin tutishi oʼz - oʼzidan aniq. U jismoniy va yuridik shaxslar moddiy texnika bazasini mustahkamlashga koʼmaklashib, asosiy va oborot ishlab chiqarish fondlarini tuzish, tiklash va koʼpaytirish manbai boʼlib xizmat qiladi. Korxonalar va tashkilotlarga oʼz mablagʼlari bilan cheklanib qolmaslik, yangi pul mablagʼlarini xoʼjalik oborotiga kiritish imkonini beradi va shu bilan ishlab chiqarishning oʼsishi va jadallashishi uchun zarur iqtisodiy zamin yaratadi.
Banklar oʼz navbatida, iqtisodiyotning turli tarmoqlarida qoʼshimcha qarz mablagʼlari yuzaga kelishining asosiy manbai boʼlib, ishlab chiqarish jarayonini qayta tuzilmalash, faol iqtisodiy siyosat yuritish, tadbirkorlikni rivojlantirish va ishlab chiqarish samaradorligini oshirish uchun qoʼshimcha mablagʼlarni jalb qilishga yordam beradi.
Kreditlashni tashkil etish kredit munosabatlarining ikki subʼekti – bank (qarz beruvchi) va mijoz (qarz oluvchi) ning oʼzaro majburiyatlari hamda manfaatlarini uygʼunlashtirishni nazarda tutadi.
Tijorat banklari tomonidan kredit operatsiyalarini toʼla-toʼkis olib borish ular tomonidan kredit siyosatining qay darajada tuzilganligiga bogʼliq. Har bir bank siyosiy, iqtisodiy, tashkiliy va boshqa jihatlarini hisobga olgan holda oʼz kredit siyosatini shakllantirishi bank kreditlashining muhim jihati hisoblanadi. Bu kreditlarni boshqarishning asosi hisoblanadi.
Bank oʼzining siyosiy, iqtisodiy, tashkiliy va boshqa jihatlarini hisobga olgan holda kredit siyosatini aniq belgilab olishi boshqaruv organlari tomonidan belgilangan standartlarga rioya qilish va foydali kreditlar berishni taʼminlaydi. Bankning kredit siyosati bank boshqaruvchilari va kredit inspektorlariga kredit berish toʼgʼrisida aniq qaror qabul qilish va bank kredit portfeli tarkibini toʼgʼri tanlashda amal qilinishi kerak boʼlgan asosiy yoʼnalishlarni beradi. Bank kredit portfelining tarkibi uning kredit siyosatini oʼzida aks ettirishi kerak. Аks holda, bank kredit siyosatining samarali qoʼllanishi taʼminlanmaydi va bank boshqaruvi yuqori organlari yoki uni qayta koʼrib chiqishlari, yoki uning qoʼllanilishi boʼyicha chora - tadbirlar koʼrishlariga toʼgʼri keladi.Tijorat banklarining kredit taqdim etishdagi asosiy vazifasi - omonatchilarning pullarini kimga ishonib topshirish mumkinligini hal etishdan iborat. Bu faoliyat oʼta muhim va oʼta taʼsirchan jarayon boʼlib, uni muvaffaqiyatli amalga oshirish sarmoya tuzilmasidagi leverajni jiddiy oshirish imkonini beradi. Bank kreditlarni qachon, kimga va qanday shartlarda berishini aniq belgilab olishi kerak.
Bank ishi - kutilmaganda ogʼir holatga tushib qolishi mumkin boʼlgan faoliyat turlaridan biridir. Shuning uchun kreditlar, depozitlar va boshqa majburiyatlar bilan oʼz mablagʼlari oʼrtasidagi maqbul muvozanatni saqlash bankning eng muhim maqsadlaridan biridir. Oqilona kredit siyosati bank kredit portfeli sifatining oshishiga olib keladi. Tegishli ravishda, kredit siyosatining maqsadi huquqiy tartibga solish diapazoni, mablagʼ olish imkoniyati, eng yuqori risk darajasi, ssuda portfeli balansi, muddatlar boʼyicha majburiyatlar va aktivlar tuzilmasini hisobga olishi kerak. Panova G.S oʼz munosabatini quyidagicha bildiradi: «Umuman olganda, yuqorida keltirilgan kredit siyosatining bankning kredit operatsiyalari sohasidagi strategiyasi va taktikasi sifatidagi talqiniga qoʼshilgan holda, undan farqli oʼlaroq, bizning fikrimizcha, bankning mijozga, shu jumladan aholiga nisbatan kreditor va qarz oluvchi sifatidagi faoliyatini tahlil qilgan holda bankning kredit va depozit siyosatining bir asosga ega ekanligini taʼkidlash muhimdir». Bizning fikrimizcha ham bu fikr bank kredit siyosatining mohiyatini toʼliqroq ochib beradi.
Shunday qilib, umuman olganda, bank siyosatining ajralmas qismi boʼlgani holda, tijorat bankining kredit siyosati alohida emas, balki bank siyosatining barcha elementlari taʼsiri, bogʼliqligini hisobga olgan holda qaralishi lozim.Hozirgi zamon iqtisodiy adabiyotida tijorat bankining kredit siyosati mazmuniga nisbatan parallel ravishda ikki xil fikr mavjud.
Birinchidan, kredit siyosati makroiqtisodiy darajada odatda bank siyosati sifatida tushuniladi.
Ikkinchidan, kredit siyosati mikroiqtisodiy darajada odatda, konkret bankning kredit jarayonini boshqarish soxasidagi siyosati sifatida tushuniladi (tor maʼnoda).
Аmmo, barcha iqtisodchilar ham bunday fikrda emaslar. Misol uchun, 1G.S.Panova. Tijorat banklarining kredit siyosati – M.:IKTs «DIS», 1997 yil. M.А.Kosoy yozadi: «Kredit siyosati bank siyosatiga nisbatan ancha keng tushuncha hisoblanadi». Bunday holat shu bilan izohlanadiki, bunda avtor kredit siyosatini faqat makroiqtisodiy darajada davlat siyosati sifatida, bank siyosatini esa - konkret bank darajasida koʼrib chiqadi. Kredit siyosati mazmuniga bunday qarash rejali iqtisodiyot sharoitlari-da xoʼjalik aloqalari tuzishining oʼzidan kelib chiqqan. Faqatgina davlat banklari (Sobiq Ittifoq Davlat banki, Sobiq Ittifoq qurilish banki, Sobiq Ittifoq Tashqisavdobanki) mavjud boʼlgan monobank tizimining mavjudligi mijozlar (odatda davlat korxonalari va tashkilotlari)ga xizmat koʼrsatishga turlicha yondashuvga yoʼl bermasdi. Bunday sharoitda mikroiqtisodiy darajada - har bir bank darajasida kredit siyosatini ishlab chiqishga bevosita zaruriyat yoʼq edi, chunki yuqorida koʼrsatib oʼtilgan banklar umumiy markazlashgan davlat siyosatining amalga oshiruvchilari edilar, jumladan kreditlashga nisbatan ham. Sotsialistik iqtisodiyotda bank siyosati hukumat siyosati darajasida edi. Shuning uchun mamlakatimizda davlat iqtisodiy siyosati, bank siyosati, kredit siyosati kabi tushunchalar bir necha yillar avval koʼpincha sinonimlar sifatida tushunilardi. Panova G.S. tijorat banki kredit siyosati tamoyillari sifatida quyidagilarni taʼkidlab oʼtadi.
Tijorat bankining optimal kredit siyosatini bankka uning xarajatlarini qoplashga imkon beruvchi va maʼlum darajada foyda, sof daromad keltiruvchi siyosat sifatida tavsiflash mumkin. Shu bilan birga, bank faoliyatida daromadning yoʼqligi yoki hatto zarar boʼlganida ham, bu faqatgina samarasiz kredit siyosati natijasi sifatida talqin qilinishi maqsadga muvofiq emas. Maʼlumki, bank kredit siyosatini ishlab chiqishda strategik va taktik maqsadlardan kelib chiqadi.
Bank kredit siyosatining tamoyillari
Umumiy Xususiy
•ilmiy asoslanganligi; •daromadlilik, foydalilik;
•optimalligi; •ishonchlilik.
•effektivligi;
•birligi,kredit siyosati elementlarining uzilmas bogʼliqligi.
Kredit siyosatini ishlab chiqishda banklar kredit portfelini shakllantirishning, uning diversifikatsiyasiga optimal kredit siyosatini belgilash nuqtai - nazaridan qarab, uning ustivor tomonlarini belgilab oladilar. Bu esa oʼz navbatida isteʼmol kreditlari berish borasidagi kredit siyosati, ipoteka krediti boʼyicha kredit siyosati, oʼrta va kichik biznesni kreditlash boʼyicha kredit siyosati va h.k. lar toʼgʼrisida soʼz yuritish imkonini beradi.
Koʼrinishidan qatʼiy nazar, bank kredit siyosati ichki strukturaga ega. Panova G.S. tijorat banki kredit siyosatining asosiy elementlari sifatida quyidagilarni keltiradi:
a) kredit jarayonining asosiy yoʼnalishlarini ishlab chiqish boʼyicha bank strategiyasi;
b) kreditlashni tashkil qilish boʼyicha bank taktikasi; v) kredit siyosati realizatsiyasining nazorati.
Bizning fikrimizcha, bu elementlar bank kredit siyosatining mazmunini tashkil etadi. Gʼarb iqtisodiy adabiyotida kredit siyosati boʼyicha kredit jarayonini tashkillashtirish borasida bank strategiyasi va taktikasini aniqlab olishga imkon beruvchi hujjat (memorandum) ishlab chiqish tavsiya etiladi.
Bank kredit siyosatini kredit jarayonini tashkil qilish borasida faqat taktika sifatida koʼradi. Gʼarb iqtisodiy adabiyotida bank kredit siyosati quyidagi asosiy mezonlardan iborat boʼlishi maqsadga muvofiq hisoblanadi:
1.Kredit portfelini shakllantiradigan maqsad (yaʼni, yaxshi kredit portfelining xususiyatlarini koʼrsatish; kredit turlari, soʼndirish muddatlari, miqdori va sifati).
2.Kredit faoliyati doirasida har bir kredit inspektori va kredit xayatiga yuklangan vakolatlar roʼyxati (maʼsul xodim tomonidan maʼqullanishi mumkin boʼlgan kreditning maksimal summasi va turi, hamda zarur imzolar).
3.Bank kredit xizmati huquqlarini oʼtkazish va axborot taqdim etish boʼyicha jami majburiyatlar.
4.Kredit arizalari boʼyicha tekshirish, baholash va qaror chiqarish tizimi bayoni.
5.Kredit arizasiga ilova qilinadigan zaruriy hujjatlar va kredit ishida albatta saqlanadigan hujjatlar roʼyxati (qarzdor moliyaviy hisoboti, kredit shartnomasi, garov, kafolat haqida shartnoma va h..k. lar).
6.Kredit ishlari saqlanishi va tekshirilishi uchun kim javobgarligi, kim va qanday holatda ularni olish huquqiga egaligi toʼgʼrisidagi batafsil maʼlumotlar.
7.Kredit taʼminotini qabul qilish, baholash va realizatsiyasining asosiy qoidalari.
8.Fond stavkalari va kreditlar boʼyicha komissiyalar, hamda kreditlarni soʼndirish shartlarini belgilash siyosati va amaliyoti bayoni.
9.Barcha kreditlarga qoʼllaniladigan sifat standartlari bayoni.
10.Kredit qoʼyilmalarining maksimal miqdorini belgilash va koʼrsatish (yaʼni, kredit qoʼyilmalari va bank yalpi aktivlari nisbatining yoʼl qoʼyiladigan maksimal darajasi).
11.Bank xizmat koʼrsatadigan mintaqada kredit qoʼyilmalarining asosiy qismi joriy etiladigan tarmoq, iqtisodiyot sohasi yoki sektori.
12.Muammoli kreditlar tashxisi, tahlili va u bilan bogʼliq boʼlgan holatlar yechimi amaliyot bayoni.
Yuqoridagi roʼyxatga bank uchun taʼqiqlanadigan yoki nomaqbul kredit turlari nomlarini ham qoʼshish mumkin (toʼlovga qodirligi shubhali boʼlgan yoki hujjatlar toʼliq roʼyxatini taqdim etmagan qarz oluvchilar va x. k.), hamda koʼproq foydali boʼlgan kreditlar roʼyxatini ham qoʼshish mumkin.
Yuqoridagi fikrlardan farqli ravishda Panova G.S. tijorat banki optimal kredit siyosatini shakllantirishning asosiy qoidalarini ishlab chiqishni maqsadga muvofiq hisoblaydi. U jahon tajribasidan hamda kredit siyosatini metodologik jihatdan optimallashtirish talablaridan kelib chiqib tijorat banki kredit siyosatini shakllantirishning quyidagi sxemasini tavsiya etadi:
I.Kredit siyosatining asosiy qoidalari va maqsadlari;
II.Kredit operatsiyalarini boshqarish apparati hamda bank xizmatchilari masʼuliyati;
III.Kredit shartnomasining turli bosqichlarida kredit jarayonini tashkil qilish;
IV.Bank nazorati va kredit jarayonini boshqarish.
Kredit siyosati bayoni tegishli bank uchun muhim ahamiyat kasb etadi. Unda bank xizmatchilari amal qilishi zarur boʼlgan qoidalar va ularning majburiyatlari ruyxati mavjud boʼladi. Bu bankka bir qator maqsadlar: foydani taʼminlash, risk darajasi va tartibga solish organlari ilgari surgan talablarga rioya qilishni nazorat qilishga erishishda yordam beruvchi kredit portfelini shakllantirishga yordam beradi. Bankning kredit siyosatidan har qanday chekinish hujjat-lashtirilishi va nima sababdan bu chekinish sodir boʼlganligi toʼgʼrisidagi izohni oʼz ichiga olishi kerak. Kredit siyosati iqtisodiy shart - sharoitlar va tartibga solish organlari tomonidan oʼrnatilgan qoidalarning barcha oʼzgarishlarni hisobga olish uchun yetarli darajada moslashuvchan boʼlishi kerak boʼlsa-da, har holda bank kredit siyosati bayonida mavjud boʼlgan holatlarni faqat istisnoli holatlardagina buzish mumkin.
Shuni taʼkidlash joizki, bugungi kunda MDXga kiruvchi davlatlar tijorat banklarining kredit siyosati mamlakat iqtisodiyotini tezroq rivojlantirishga yoʼnaltirilgan. Hozirgi vaqtda bu mustaqil davlat- larning banklari aksariyat hollarda vositalik operatsiyalarini oʼtkazish uchun koʼproq qisqa muddatli kredit bermoqdalar. Bu holat mamlakatlardagi birmuncha beqaror iqtisodiy shart - sharoit bilan izohlanadi. Аmmo, kreditni uzoq muddatga investitsiya qilish banklarga va jamiyatlarga katta foyda berishi mumkin.
Xullas, bank kredit siyosati shu bank kredit faoliyatiga maʼlum yoʼnalish berish, sifatli kredit portfeli shakllanishiga xizmat qiladi.



  1. Download 118.45 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling