Boshlovchi: Assalomu alaykum mehribon ota-onalar!
Assalomu alaykum mehridaryo ustozlar!
Aziz o`quvchilar. Gul bayramiga xush kelibsiz! Mana o`lkamizga bo`ychechak va chuchmomalardan gulchambar taqib, fasllar kelinchagi Bahor kirib keldi. Baxor yasharish va yangilanish fasli. Bahor tabiatning qayta jonlarishi dalalarda mehnat mavsumining boshlanishidir.
Boshlovchi: Odatda oftob ham,
Yo`lin boshlar salomdan,
Qo`limiz ko`ksimizda
Assalomu alaykum
Dunyoning eng chiroyli
Gullari –bizmiz
Gullasin shirin turmush.
Omon bo`lsin yurtimiz.
Xush kelibsizlar! Davramizning to`ri sizlarniki! Bugun, biz o`zimiz tayyorlagan “Gullar bayrami” tadbirimiz orqali ko`ngillaringizni shod etsak o`zimizni baxtiyor xis etardik. Hurmatli gulsevarlar marhamat.
Boshlovchi: Bugun kurtak o`qir ertak
Bahor keldi, bahor keldi
Sochi tol-tol, silkinar tol
Bahor keldi, bahor keldi
Boshlovchi: Bolalar davraga hozir bahoroyni chaqiramiz.
Bolalar: Bahoroy, bahoroy, bahoroy
Bahoroy: Musiqa
Men dala bog`larni uyg`otaman. Daraxtlar kurtagini sharbatga to`ldiraman. Qushlaru, hayvonlar bexalovat bo`lib qoladilar. Hu-u ana chumoli ham uyalaridan chiqib, tirikchilik tashvishiga tushib qoldilar.
Qani, bolalar kim mening do`stim bo`lsa, men tomonga shoshilsin. Faqat shartim shuki, bahor chehcaklari haqida she`r aytib bersin.
1-o`quvchi: Bahoroy, avval bizga …. Bahor elchilarini nomlarini aytib bermoqchi qani….
Ochildimi baychechak
Endi har yon gul demak
Chunki bahor elchisi
Shu mitti gul boychechak
2-o`quvchi:
Binafshadan o`zimga
Yuguribsan boychechak
Undan erta chiqishga
Ulguribsan boychechak
Ha bahorning birinchi quli boychechakdir. Yana bahor gullaridan Binafsha, lola, lolaqizg`aldoq, chuchmoma bahorning elchi o`simligi esa yalpizdir.
Do'stlaringiz bilan baham: |