2-Boshlovchi: Assalom mehmonlar, do‘stlar tengdoshlar
Assalom kelajak egasi yoshlar
1-2 Boshlovchi: Baringizga aytayin shundayin tilak
Mehrjon bayrami bo‘lsin muborak
1-Boshlovchi: Aziz ustozlar, mehmonlar bugun biz “mehrjon” ya’ni hosil bayramiga sizlarni taklif qildik
2-Boshlovchi: Qadim-qadimdan ota bobolarimiz kuzda hosillarni yig‘ib olgach “Mehrjon” bayramni o‘tkazishgan.
1-Boshlovchi: Bunda hamma jamlanib meva sabzovodlar-barcha hosil haqida qo‘shiq, she’rlar aytib, o‘yinlar o‘ynashgan.
2-Boshlang‘ich: Biz ham sizga bayram sovg‘asi tayorladik.
1-O‘quvchi: O‘zbekiston-ozod diyor,
Bog‘ri doim gul chamanzor
Dalalari hosilga boy
Bog‘larida yulduzi oy.
Bobodehqon chiqib qo‘l yozib yoniga chaqiradi.
2-O‘quvchi: Paxta bizning sha’nimiz
Boyligi chin konimiz
Uyulgan xirmonimiz
Nelar keltirar bizga
Ko‘rsataylik biz sizga
(Paxta: sovun, yog‘, gazlama, kunjara)
(Bug‘doy: un, non, makaron, olib chiqadi)
Qo‘shiq: Bug‘doy rizqu ro‘zimiz
Elda muqqadas va ulug‘
Ruzqu ro‘zimiz to‘liq
4-O‘quvchi: (sholi, guruch olib chiqadi)
To‘ylarda suzma, palov
Pishmasa bo‘lmas sira
Dalalarning ko‘rkidir
Avangardu devzira
5-O‘quvchi: (Oq jo‘xari, qora jo‘xori, makka jo‘xori olib chiqadi)
Ham insonga yemishmiz
Ham chorvoga yem-xashak
Turli navlar yaratib
Ko‘paytirishdi andak
Bog‘bon qo‘lida tok qaychi bilan davraga chiqadi
Olma, o‘rik, uzumlar
Gilos noshvati, anor
Shaftoli-yu, anjirlar
Keeling sizga muntazir.
Qo‘shiq: Kuzimizning go‘zalligin
Og‘aynilar ko‘rganmiz
Tokdan husayni, yerdan Qirqma
Shohdan behi uzganmisiz.
Ularni ham qo‘yaveringlar
Dalamizga chiqqanmisiz
Paxtazordan uyum-uyum
Oq oltinni yiqanmisiz
Poliz kiring qovun tarvuz
Qovun handalaklar bisyor
Sabzi, piyoz, kartoshkami
Qarang bari bizlarda bor
Do'stlaringiz bilan baham: |