Qorbobo: ________________
Qorqiz: __________________
2006 yil: ___________________
2007 yil: _____________________
va boshqa o`quvchilar she`r, qo`shiqlari bilan qatnashdilar.
Sahnaga jarangdor ovozi bilan boshlovchilar kirib kelishdi.
Boshlovchi: Assalomu alaykum mahribon ustozlar, azizi bolajonlar…
Maftuna: she`r aytadi. “Salom odobning boshi”. Sahnaga alanglagancha jodugar kirib keladi. U yoq, bu yoqqa supurgisiga minib yugurib, bolalar yoniga borib, ularni kuldiradi.
Jodugar: Voy, voy, Nimalar deb javrashyapti, yangi yil bayramiga, yangi yil bazmiga dedimi…
Boshlovchi: - Hoy, jodugar! Seni bu yerga kim chaqirdi? Rostini ayt, Qorbobo bilan Qorqizni ko`rdingmi? Ular qayerda?
Jodugar: - Bolmasamchi, Ko`rganda qandoq. Lekin ular boshqa yoqqa kelishdi. Chunki men ularga noto`g`ri yo`l ko`rsatdim, kutib ovora bo`lmang.
Boshlovchi: - Bekorlarni aytibsan. Ular kelishlari shart. Ularsiz bayram bayrammi? Hozir birgalashib chaqiramiz.
Hamma: - Qor-bo-bo, Qorbobo, Davramizga marhabo. (Uzoqdan ovozi eshitiladi).
Jodugar: - Obbo, endi nima qilaman? Ular bu yoqqa kelishyapti. Ha topdim. Archa orqasiga berkina qolay.
Qorbobo: - Salom meni jajji bolajonlarim. Mana, nihoyat huzuringizga yetib keldik… (ko`zi jodugarga t-di). Hap sanimi Jodugar, shoshmay tur. Bu yergayam kepsanda-a. Hech yomonladingmi qo`ymading-da….
Jodugar: (yelkasini qisib): - Kechiring, Qorbobo, kechiraqoling, bayram kechangizda men ham qatnashay.
Qorbobo: - Ha, mayli. Bu oxirgisi….
Jodugar: (chekkaga chiqib o`ziga-o`zi gapiradi).
- Voy, laqma Qorbobo-yey gaplarimga ishonib, meni kechirdiya. Shoshmay tursin, Yana bi-ir boplay……
Qorbobo oldiga stul ko`targan bola Q.Temur keladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |