Munisa: Bulbul: - Ey, xushovoz shoir, sen o`qigan she`rlar bulbullarning erta tongdagi navosidan ham yoqimli ekan. Ismingni bilsam bo`ladimi?
Alisher: - Men Alisherman.
Bulbul: - Bildim, bildim, yangi chiqqan shoir ekansizda. Endi o`zingizga chiroyli bir nom tanlab, she`rlaringizni oxiriga taxallusingizni qo`ying.
Boshlovchi: - Alisherga bulbulning boyagi “navo” degan so`zi yoqib qolibdi. Shundan keyin yozgan g`azallariga o`z taxallusini “Navoiy” deb qo`shib aytadigan bo`libdi.
Shu bilan ertagimiz tugadi.
Assalom Navro`z” bayram senariysi.
1. Jarchilar. Qo`chqorvoy, Jur`at.
Odamlaru-odamlar. Eshitmadim demanglar.
Eshitmasdan qolmanglar, O`zimizni Navro`zni
Navro`zi dilafrozni shodon kutib olamiz.
Katta bayram qilamiz. Xe-xe-xey.
1-Boshlovchi:_Oltinoy.'>1-Boshlovchi: Oltinoy.
Salom senga, Navro`zi olam
Salom senga bahor ayyomi
Senda olqish, senga sharaf-shon
Yasha rayhon, nahor bayrami.
Assalomu alaykum, qadrli bayram qatnashchilari hurmatli mehmonlar! Mana, bugun diyorimizda bayram. Bahor tarovodi bilan yashagan yurtimiz go`shalarida o`zgacha shodiyona. Chunki Navro`z – yangi kun, yasharish, yangilanish faslidir.
2-Boshlovchi: Sh: Assalomu alaykum hurmatli ko`zlarida bir olam quvonch bilan bizlarga boqib turgan muallima ustozlar, do`stlar tengdoshlar. Navro`z necha ming yillardan beri nishonlanib kelinayotgan turkiy xalqlarimizning azaliy bayramidir. Eng go`zal odatlar insoniy qadriyatlar bu ayyomda o`zini namoyon etadi.
Kishilar bir – birlariga shirinso`z bo`ladilar, ginalar unitiladi. Bas shunday ekan ham bugungi bayram kechamizni yaxshi kayfiyat bilan o`tkazaylik.
1-Boshlovchi: Bayramimizga Navbahor bilan Navro`zoy ham tashrif buyurishgan. Ularni kutib olaylik.
Salom bahor, salom Navro`z
Marhabo, Hush kelibsiz!
Do'stlaringiz bilan baham: |