1 – o`quvchi Vataning tinch, sen tinch
2 – o`quvchi Bulbul chamanni seval
Odam – vatanni
3 – o`quvchi Ona – yurting omon bo`lsa
Rang-u ro`ying somon bo`lmas
4 – o`quvchi Ona yurting – oltin beshiging
5 – o`quvchi Vatanni sevmoq imondandir…
Tez aytish aydilar
O`qituvchi: Qadrli bolajonlar bu yil sog`lom avlod yili deb qabul qilindi. Bizni shunday yayrab yashashimiz uchun barcha imkoniyatlarni yaratib qo`ygan yurtboshimiz haqidagi qo`shiqimizni kuylaylik.
Islom bobo
M.Rahmon sh’eri
Sh.Yormatov musiqasi
Ushbu tinch yer, osmon uchun,
Erkin quvnoq zamon uchun,
Shunday shirin davron uchun,
Rahmat sizga Islom bobo.
Bosh bo`ldingiz istiqlolga.
Erishdik chin istiqlolga,
To`lar bo`ldi hayot bolga,
Rahmat sizga Islom bobo
Ashullasi kuylanadi. Shundan keyin qo`shiq va raqs ijro etiladi. Xorazm lazgisi bilan yakunlanadi.
Men bu ertalik orqali o`quvchilarga o`z tariximizni ota-bobolarimizni, madaniyatimizni yoshlikda singdira olsam ular qalbiga mehr – muhabbat, Vatanni sevishga, ota – onani, avlod – ajdodlar izidan borib ular ishini davom qildiradigan yoshlarni tarbiyalab berish men uchun katta baxt. Biz boshlang`ich ta’lim o`qituvchilari, avvalo, Vatan va Millat tuyg`usini bolalar yuragida ana shunday “eka” bilishimiz kerak. Toki tan bilan Vatan bir bo`lsin. Bu esa yurtboshimiz orzu qilayotgan kelajagi buyuk davlatning mehnatkash insonlarini yaratadi.
“Gullar va Qushlar” bayrami
Gul… Uning go`zalligidan, insonga quvonch ato etuvchi xush iforidan bahra olmaydiganlar topilmasa kerak. Ayniqsa, bizning xalqimiz gul shaydosi, shu bois Vatanimizda qishin, yozin turli xil gullar yetishtiriladi. Namanganda esa har yili “Gullar va Qushlar”ni o`tkazish an`anaga aylangan. Bizning 21-umumiy o`rta ta`lim maktabida ham har yili “Gullar va Qushlar” bayrami o`tkaziladi. Shu tadbirni senariysi bilan tanishamiz.
Maktab sahnasi o`ziga xos bayramona usulda chiroyli gullar va qushlar bilan bezatilgan ohista musiqa yangraydi. Sahnaga ikki boshlovchi chiqib keladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |