Boshlang‘ich sinflarda perimetr tushunchasini o‘rgatishdagi izchillik norkulova Dilorom Oybekovna


Download 0.7 Mb.
Pdf ko'rish
bet1/3
Sana21.06.2023
Hajmi0.7 Mb.
#1639641
  1   2   3
Bog'liq
boshlang-ich-sinflarda-perimetr-tushunchasini-o-rgatishdagi-izchillik



Talqin va tadqiqotlar respublika ilmiy-uslubiy jurnali №5 
13 
BOSHLANG‘ICH SINFLARDA PERIMETR TUSHUNCHASINI 
O‘RGATISHDAGI IZCHILLIK 
Norkulova Dilorom Oybekovna 
BuxDU Maktabgacha va boshlang‘ich ta’lim fakulteti talabasi 
https://doi.org/10.5281/zenodo.7270518
Annotatsiya: Ushbu maqolada boshlang‘ich sinflarda perimetr tushunchasini 
o‘rgatishdagi izchillik haqida so‘z yuritildi. Buning uchun boshlang‘ich sinf 
darsliklari asos qilib olindi. 
Kalit so‘zlar: perimetr, ko‘pburchak, siniq chiziq, nuqta, to‘g‘ri to‘rtburchak, 
kvadrat. 
Boshlang‘ich sinf matematika kursida boshqa tushunchalar qatorida perimetr 
tushunchasi ham o‘rgatiladi. Bu tushunchalar bilan tanishtirrish o‘quvchilarga nazariy 
va amaliy jihatdan zarur hisoblanadi. Fan sohasidagi biror masala yoxud misolni 
hisoblashda 
perimetr 
mavzusiga 
oid 
tushunchaning qo‘llanishi perimetr 
tushunchasining nazariy ahamiyatini asoslasa, perimetrtushunchasini kundalik-
hayotga tatbiq etish esa bu tushunchalarning amaliy ahamiyatini asoslab beradi. 
Perimetr tushunchasi boshlang‘ich sinflarda quyidagi izchillikda o‘rgatiladi: 
a) tayyorgarlik bosqichi. Perimetr tushunchasini kiritish, mazmunini asoslash; 
b) to‘g‘ri to‘rtburchak perimetri, kvadrat perimetri bilan tanishtirish; 
c) turli ko‘pburchaklar uchun perimetr tushunchasini umumlashtirish; 
d) perimetrni o‘lchash, hisoblashga doir amaliy ishlar 
Birinchi bosqich tayyorgarlik bosqichi bo‘lib, bu bosqichda o‘quvchilarga 
perimetr tushunchasining mazmuni ochib beriladi. Perimetr so‘zi yunon tilidan 
olingan bo‘lib, atrofni o‘lchayman degan ma‘noni anglatadi. Anglatayotgan 
ma‘nosidan anglashilganidek, perimetr tevarak-atrof, predmetlarni umumiy 
uzunligini topishga xizmat qiladi. Perimetr tushunchasi bilan tanishtirish quyidagi 
bosqichlarni o‘z ichiga oladi: 
1. 
Berilgan uzunlikdagi kesmani yasash. 
2. 
Kesma uzunligini chizg‘ich yordamida o‘lchash. 
3. 
Ikkita turli uzunlikdagi kesmani chizish va ularni taqqoslash 
4. 
Chizg‘ich yordamida nuqtalarni ketma-ket birlashtirish 
5. 
Berilgan o‘lchovlarga ko‘ra kvadrat va to‘g‘ri to‘rtburchaklar chizish 
6. 
Shakllar tomonlarining uzunliklarini chizg‘ich yordamida o‘lchash 
7. 
Kesma uzunligini o‘lchash va taqqoslash 
8. 
Kesmalarni qo‘shish va ayirishga oid topshiriqlar bajarish 
9. 
Siniq chiziq uzunligini hisoblash. 



Download 0.7 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling