Boshlang’ich sinflarda qo’llaniladigan metodlar


Download 235.25 Kb.
Pdf ko'rish
Sana24.03.2023
Hajmi235.25 Kb.
#1291776
Bog'liq
3329-Текст статьи-8333-1-10-20211102



BOSHLANG’ICH SINFLARDA QO’LLANILADIGAN METODLAR 
Danabayeva Mohira – Jizzax davlat pedagogika instituti 2-kurs magistranti. 
 
Annotatsiya: Ushbu maqola boshlang’ich ta’lim fanlarini o’qitishning samarali metodlari va uni qo’llash 
usullari haqida. 
Mazkur maqoladan boshlang’ich sinf o’qituvchilari va boshlang’ich ta’lim yo’nalishi talabalari foydalanishi 
mumkin. 
Annotation: This article is about effective methods of teaching primary education and its application. 
This article is intended for use by elementary school teachers and elementary school students. 
Аннотация: Эта статья посвящена эффективным методам обучения начальному образованию и их 
применению. 
Эта статья предназначена для учителей начальной школы и учеников начальной школы. 
Kalit so’zlar: interfaol metodlar, ta’lim, tarbiya, maktabgacha ta’lim, aqliy mehnat, o’quv jarayoni,
kompetentlik. 
Keywords: interactive methods, education, upbringing, preschool education, intellectual work, learning process,
competence. 
Ключевые слова: интерактивные методы, обучение, воспитание, дошкольное образование, 
интеллектуальный труд, учебный процесс, компетентность.
Bilamizki, ta’lim-tarbiyaning boshlang’ich poydevori bu boshlang’ich ta’limdir. 
Bu bizdan hech qanday isbot talab qilmaydi va bu aksiomadir. Boshlang’ich ta’limda 
o’quvchilarga dars jarayonlari qanchalik sifatli tashkil etilsa, samarasi ham 
shunchalik darajada bo’ladi. Bunda boshlang’ich ta’lim o’qituvchisi markaziy o’rinda 
bo’lib, u fanlarni o’qitishning eng samarali metodlaridan foydalanishi lozim. 
Boshlang’ich sinf o’quvchilarini ma’naviy-axloqiy jihatdan barkamol, bilimli 
inson qilib tarbiyalash vazifasi ko’p jihatdan boshlang’ich sinflarda fanlarni o’qitish 
metodlarini to’g’ri uyushtirish, xususan, o’quvchilarni mustaqil fikrlashga o’rgatish, 
ularning so’z boyligini talab darajasida o’stirish bilan o’zaro bog’liq. So’z zahirasi 
boy bo’lgan o’quvchining dunyoqarashi ham keng, o’qish-o’rganishga ishtiyoqi 
baland bo’lishi tabiiydir. Boshlang’ich sinflardagi ona tili darslari orqali 
o’quvchilarning imloviy savodxonligi, ijodiy fikrlashi, bog’lanishli va yozma nutqi 
rivojlantiriladi. O’qish darslarida o’quvchilarning nutqiy qobiliyatlari, og’zaki bayon 
qilish malakalari, ongli o’qish faoliyati rivojlanib boradi. Matematika darslarida esa 
o’quvchilarning matematik savodxonligi, hisoblash malakalri, mantiqiy fikrlash 


qobiliyatlari yanada rivojlanib, takomillashib boradi. Boshlang’ich sinlarda har bir 
fan o’quvchilar bilimini yanada oshirishga, dunyoqarashini rivojlantirishga xizmat 
qiladi. 
Bugungi kunda ta’lim jarayonida interfaol metodlarni o’quv jarayonida 
qo’llashga bo’lgan talab va qiziqish kundan kunga ortib bormoqda. Bunday 
bo’lishining sabablaridan biri, shu vaqtgacha an’anaviy ta’limda o’quvchilar faqat 
tayyor bilimlarni egallashga o’rgatilgan bo’lsa, zamonaviy texnologiyalardan 
foydalanish esa ularni egallayotgan bilimlarini o’zlari qidirib topish, mustaqil 
o’rganish va fikrlash, tahlil qilish, shuningdek, yakuniy xulosalarni ham o’zlari 
keltirib chiqarishga o’rgatadi. O’qituvchi bu jarayonda shaxs rivojlanishi, 
shakllanishi, bilim olishi va tarbiyalanishiga sharoit yaratadi va shu bilan bir qatorda 
boshqaruvchilik, yo’naltiruvchilik funksiyasini bajaradi. 
Metod so’zi yunoncha tadqiqot, maqsadga erishish yo’li, usuli deganidir. Metod 
– eng umumiy ma’noda – maqsadga erishish usuli, ma’lum tarzda tartibga solingan 
faoliyat. Ko’rinadiki, bu o’rinda ham o’qituvchining o’rgatuvchi ishi va u tashkil 
etgan o’quvchilarning faol o’quv-bilish faoliyati uyg’unlashadi. 
Ta’lim metodlari deyilganda, o’rganilayotgan materialni egallashga qaratilgan 
turli didaktik vazifalarni hal etish bo’yicha o’qituvchining o’rgatuvchi ishi va 
o’quvchilarning o’quv-bilish faoliaytini tashkil etish usullari yig’indisi tushiniladi.
1
Bugungi kunda ta’limda “Aqliy hujum”, “Fikrlar hujumi”, “Tarmoqlar” metodi, 
“Sinkveyn”, “BBB”, “Beshinchisi ortiqcha”. “6*6*6*”, “Bahs-munozara”, “Rolli 
o’yin”, “Kichik guruhlarda ishlash”, “Yumaloqlangan qor”, FSMU, “Zigzag”, 
“Oxirgi so’zni men aytay”, “Bumerang” “Klaster”, “Keys-stadi”, “Zinama-zina”, 
“Venn diogrammasi”, “Insert”, “Blist-so’rov” kabi zamonaviy texnologiyalar 
qo’llanmoqda. 
Bugungi kun zamonaviy pedagogdan ilg’or pedagogik va yangi axborotlar 
texnologiyalaridan o’quv jarayonida foydalanishni talab etmoqda. O’z navbatida 
interfaol metodlarni qo’llashga qo’yiladiga talablar bor. Ular quyidagilar: 
– Tanlangan metodning mavzuga mosligi; 
– O’quvchining yosh xususiyatlarini e’tiborga olish; 
1
B.X.Xodjayev. “Umumiy pedagogika nazariyasi va amaliyoti”. “Sano-standart” nashriyoti. Toshkent – 2017. 92-bet. 


– Metodda foydalanilgan ob’ektlar barcha o’quvchilarga ko’rinib turishi; 
– Metodning barcha o’quvchilarga tushunarli bo’lishi; 
– Qo’llanilayotgan metod orqali o’quvchi mashq yoki mavzu bo’yicha to’liq 
tushunchaga ega bo’lishi; 
– O’quvchilarni fikrlashga undashi; 
– Metodning vaqtga nisbatan to’g’ri tanlanishi; 
– Metodni qo’llash o’qituvchi nazoratida bo’lishi. 
Boshlang’ich sinflarda interfaol metodlar va ta’limiy o’yinlardan, zamonaviy 
axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanish o’quvchilarni mustaqil 
fikrlashga, ijodiy izlanish va mantiqiy fikrlash doiralarini kengaytirish bilan bir 
qatorda ularning kompetentligini, ya’ni darslarda o’rganganlarini hayot bilan 
bog’lashga, qiziqishlarini oshirishga yordam beradi. 
Xulosa qilib aytaganda, tanlanayotgan interfaol metod mavzu bo’yicha 
mashg’ulotning maqsadiga to’la erishishni ta’minlashi shart va metodning samarali 
bo’lishi uchun o’quvchilar yangi dars mashg’ulotidan oldin unign mavzusi bo’yicha 
asosiy tushunchalar va dastlabki ma’lumotlar bilan o’qituvchi tomonidan 
tanishtirilishi lozim. Agar metod to’g’ri tanlanib, mashg’ulot to’gri yo’lga qo’yilsa 
ko’zlangan maqsadga erishiladi, yo’qsa bu jarayondan barcha o’quvchi o’z 
bilganicha xulosa chiqarib qo’ya qoladi. Buyuk shoir va mutafakkir A.Navoiy 
shunday degan edi: “Umid ulkim, chun o’qug’uvchilar diqqat va e’tibor ko’zi bilan 
nazar solg’aylar va har qaysi o’z fahm-u idroklarig’a ko’ra bahra olg’aylar”
2

2
“Mahbub ul-qulub”. – Toshkent: Yoshlar nashriyot uyi, 2018. 8-bet. 


Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati: 
1.O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Bolalarni boshlang’ich 
ta’limga majburiy bir yillik tayyorlash tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari 
to’g’risida” 132-son qarori. 
2.B.X.Xodjayev. “Umumiy pedagogika nazariyasi va amaliyoti”. “Sano-
standart” nashriyoti. Toshkent – 2017. 92-bet. 
3.T.T.Omonov, N.X.Xo’jayev, S.A.Madyarova, E.U.Eshchonov. “Pedagogik 
texnologiyalar va pedagogik mahorat”. Toshkent. “IQTISOD-MOLIYA” 2009. 106-
bet.
4.Alisher Navoiy “Mahbub ul-qulub”. – Toshkent: Yoshlar nashriyot uyi, 2018. 
8-bet. 

Download 235.25 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling