Boshlangʻich sinflarda soni oʻrgatish jarayonida didaktik materiallardan foydalanish usullari. Reja: I. Kirish II. Asosiy qisim


Boshlangʻich sinflarda son soʻz turkumlarini oʻrgatish va unga qoʻyiladigan talablar


Download 13.8 Kb.
bet2/4
Sana19.06.2023
Hajmi13.8 Kb.
#1613963
1   2   3   4
Bog'liq
BOSHLANGʻICH SINFLARDA SONI OʻRGATISH JARAYONIDA DIDAKTIK MATERIALLARDAN

1.Boshlangʻich sinflarda son soʻz turkumlarini oʻrgatish va unga qoʻyiladigan talablar.

  • O‘quvchilar she’rni o‘qiydilar.Sanoqni bildirgan so‘zlarni aniqlab,o‘zi bog‘langan so‘z bilan birga yozadilar.(Qancha?) To‘qqiz vagon, (Qancha?) Qirqta televizor.Javob. (Qancha?) Qirq bitta televizor qoldi.
  • 264-mashqdagi “Pul” matni orqali iqtisodiy bilim beriladi. Matn o‘qilib, savollarga javob beriladi. So‘ng grammatik topshiriq bajartiriladi.
  • V.Darsni yakunlash.
  • VI.Uyga vazifa. 265-mashq.Sheyriy topishmoqni ko‘chiring.Sanoqni bildirgan so ‘zlarni savollar berib aniqlang.
  • 3-sinfda “Son-so‘z turkumi” tushunchasi kiritiladi. O‘quvchilarga son predmetning miqdorini bildirishini otga bog‘lanib kelishi yordamida aniqlash ko‘nikmasi o‘stiriladi. Bularni o‘rganishda sonning leksik xususiyatlariga asoslanishi talabalarga aytib o‘tiladi.
  • Darsga qadar doskaga yozib qo‘yilgan quydagi matn o‘qitiladi.
  • Sinfimizda o‘ttizta o‘quvchi bor. Ular o‘n besh qiz, o‘g‘il boladan iborat. Men uchinchi partada, Husan to‘rtinchi partada o‘tiramiz.Sinfimizdagi yigirma o‘quvhi besh bahoga, o‘n o‘quvchi to‘rt bahoga o‘qiydi.Ularning hammasi bir- birini hurmat qiladi.
  • -Sizning sinfingizda nechta o‘quvchi bor?
  • -Siz bir-biringiz bilan qanday munosabatdasiz?
  • -O‘qishda, ishda o‘rtog‘ingizda qanday yordam berasiz?
  • Yuqoridagi gaplarni o‘qib savollar yordamida sonlar aniqlanadi va xulosalanadi.
  • Darslik bilan ishlash 261-mashqni bajarish orqali son haqidagi bilimlar mustahkamlanadi. Mashqda berilgan gaplar o‘qitilib, har qaysi gapdagi shaxs va narsaning sanog‘ini bildirgan so‘zlar aniqlanadi. Ular bilan bog‘langan so‘zlar birgalikda aytiladi.

2.Son soʻz turkumi haqaida nazariy maʼlumot.

  • Son (tilshunoslikda) —1) mustaqil soʻz turkumlaridan biri; predmetning miqdorini, sanoq jihatdan tartibini bildiruvchi soʻzlar guruhi. S. gʻam sifat va ravish kabi belgi tasavvurini bildiradi va shu jihatdan oʻsha turkumlarga yaqin turadi. Sifat predmetning belgisini, ravish harakatning belgisini, S. esa predmetning miqdori, sanogʻi va tartibiga kura belgisini bildiradi. S.lar otlar bilan birga qoʻllanib, bir necha predmetlarningyigʻindisini, aniq miqdorini (beshta kitob) yoki noanik, miqdorini (oʻntacha bola) ifodalaydi. S. harflar bilan ifodalanadi (bir, oʻn, ellik) yoki arab va rim raqamlari bilan (3, 5, 10, V, IX, XX) koʻrsatiladi.
  • S.lar maʼno xususiyatiga koʻra, 2 asosiy turga boʻlinadi: miqdor sonlar va tartib sonlar. Miqdor S.lar predmetning miqdori, sanogʻiga koʻra belgisini koʻrsatadi. Oʻzbek tilida miqdor Slar 6 turga boʻlinadi
  • Tuzilishiga kura, S.lar 4 turga boʻlinadi: sodda S. — birgina soʻzdan ifodalanadi: bir, oʻn, ellik, ming; murakkab S. — ikki yoki undan ortiq oʻzakning birikuvidan hosil boʻladi: oʻn ikki, qirq besh, bir yuz ellik olti, ikki ming toʻrtinchi; juft S. — birdan ortiq S.ning nisbiy teng bogʻlanishi asosida tashkil topadi va taxminan miqdorni bildiradi: besholti kishi, oʻnoʻn besh kun, ellikoltmish xonadon; takroriy S. — bir xil oʻzaklarning aynan takrorlanishidan hosil boʻladi va jamlash yoki taqsimlash maʼnolarini ifodalaydi: birbir aytib chikdi, beshtabeshta boʻlib saflanmoq, kitobni oʻntaoʻnta qilib taxlamoq.
  • Tarkibiy qismlarining birikish usuli va bildiradigan maʼnosiga koʻra, S.ning 2 turi farqlanadi: koʻpaytma S. — qismlari bildirgan miqdorning koʻpaytmasidan iborat boʻlgan miqdorni bildiruvchi murakkab S: besh ming (5x1000), uch yuz (3x100), uch million (Zx1000000); qoʻshilma S. — qismlari bildirgan miqdorning yigʻindisidan iborat boʻlgan miqdorni bildiruvchi S: oʻn sakkiz (10+8), yetmish besh (70+5) va shu kabi S.lar gapda, asosan, aniqlovchi, oʻrniga qarab boshqa barcha ran boʻlaklari vazifasida kela oladi; 2) grammatik miqdor maʼnosini ifodalovchi shakllar tizimi; S. kategoriyasi.

Download 13.8 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling