- Termiz davlat universiteti ijtimoiy fanlar fakulteti boshlang‘ich ta'lim yo‘nalishi 3-kurs 720-guruh talabasi XAYITOVA NARGIZAning Ona tili o‘qitish metodikasi fanidan tayyorlagan kurs ishi
BOSHLANGʻICH SINFLARDA SONI OʻRGATISH JARAYONIDA DIDAKTIK MATERIALLARDAN FOYDALANISH USULLARI. Reja: I.KIRISH II.ASOSIY QISIM 1.Boshlangʻich sinflarda son soʻz turkumlarini oʻrgatish va unga qoʻyiladigan talablar. 2.Son soʻz turkumi haqaida nazariy maʼlumot. 3.Didaktik oʻyinlar va ulardan foydalanish ahamiyati. 4.Boshlangʻich sinflarda sonni oʻrgatishda didaktik matriyallardan foydalanish usullari. XULOSA FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR. ILOVALAR. I.KIRISH Mustaqillik yillarida respublikada milliy ta‟lim va tarbiya tizimi davlat siyosatining asosiy ustuvor yo‟nalishi darajasiga ko‟tarildi. O‟zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Karimovning bevosita rahbarligida ishlab chiqilgan va jahon hamjamiyati tomonidan keng e’tirof etilgan Kadrlar Tayyorlash Milliy Dasturining muvaffaqiyatli joriy etilishi natijasida mamlakatda noyob uzluksiz ta‟lim tizimi barpo etildi. Videoselektor yigʻilishida taʼlim sohasidagi muammolar, ularni hal etib, taʼlim sifatini oshirishga oid vazifalar muhokama qilindi.Davlatimiz rahbari avvalo maktablarda oʻquv yuklamasi va darslar sonini qayta koʻrib chiqish, oʻquvchilarni faqat yodlashga emas, balki fikrlashga chorlaydigan metodika yaratish zarurligini taʼkidladi.Bu borada Finlyandiya tajribasi misol qilib keltirildi. Ushbu mamlakat umumiy savodxonlik, tabiiy fanlar va matematika boʻyicha dunyoda eng ilgʻorlardan biri.– Maktabda oʻqitish metodikasi oʻzgarmasa, taʼlim sifati ham, mazmuni ham, muhit ham oʻzgarmaydi, – dedi Shavkat Mirziyoyev.Dunyodagi zamonaviy oʻquv dasturlari, oʻqitish metodikalarini oʻrganib, yurtimiz umumtaʼlim maktablarida joriy qilish muhimligi taʼkidlandi. Xalq taʼlimi vazirligiga ushbu tajriba asosida Milliy oʻquv dasturini ishlab chiqib, 2021-2022 oʻquv yilidan boshlab taʼlim jarayoniga sinov tariqasida tatbiq etish vazifasi qoʻyildi. Sh.Mirziyoyev.”o’qituvchilar va murabbiylar kuni” ga bag’ishlangan videoselektrdagi nutqidan.
Do'stlaringiz bilan baham: |