Boshlangich sinflarda tarbiya jarayonida yangicha metodlar
Download 16.13 Kb.
|
jasmina Fazilat maqola
- Bu sahifa navigatsiya:
- Yo’naltirish metod
- O’rgatish metod
Ko’niktirish metodi. Tarbiya jarayoni asosan rag’batlantirish, ko’niktirish kabi usullarga tayanadi. Aksincha, avtoritar usullar tarbiyaning sifat samaradorligiga salbiy ta’sir ko’rsatadi. Shu ma’noda boshlang’ich sinf o’quvchilari jamoaparvarlikka, o’zgalarni hurmat qilishga va o’zini tuta olishga ko’niktirib borilishi kerak. SHu tariqa ularning kelgusi faoliyati uchun bunday ko’nikma muhim o’rin tutadi. Ko’niktirish metodi tarbiya jarayonida ko’ndirish, tarbiyalanuvchini hurmat qilish va uni tinglash imkoniyatlarini beradi.
Yo’naltirish metodi. Bu metodga ko’ra, o’quvchilar ideal maqsad va intilishlarga yo’naltirilishi kerak. Bilim to’g’ri berilsa, tarbiya jarayonida o’quvchilarda ana shunday intilishlar tarkib topadi. Keyingi paytlarda pedagogik ilmiy- tadqiqotlarimizda ideal maqsad va uning ahamiyatini tadqiq etish susaygan. Aslida ideal maqsad o’quvchilar ongida boshlang’ich ta’limda shakllantirilishi kutilgan samarani beradi. O’quvchilarning qiziqishi, xohishi va istagi hisobga olingan holda ideal maqsadlarga yo’naltirilishi tarbiyaning sifatini oshiradi. O’rgatish metodi. Boshlang’ich sinf o’quvchilari tarbiyasida bu metod eng muhim yondashuvlarni beradi. Shu jihatdan boshlang’ich sinf o’quvchilari insoniylik, ezgulik, adolat kabi fazilatlarga o’rgatilishi kerak. Buning uchun o’quvchilarda uchraydigan egoizm, tushunmaslik, noto’g’ri tushunish kabi illatlar bosqichma-bosqich isloh qilib borilishi kerak. O’quvchilarni tushunish ularni fazilatlarga o’rgatishning eng muhim yo’lidir. Buning uchun o’qituvchilar hamisha o’quvchilarni tushunishi taqoza etiladi. Tarbiya jarayoni ilg'or vositalari,metodlari,usullari,axborot vositari va texnik vositalariga tayanib takomillashtirish tizimi hisoblanadi.Bu tizim ya'ni jarayon o'qituvchi tomonidan yaratiladi va tarbiyalash bosqichlarini o'zaro bog'lashga xizmat qiladi. Uning mazmuni va vazifalarini,maqsadini oldindan belgilash,tarbiyaning shakllari va vositalarini tayyorlash o'quvchida shakllantirish ko'zda tutgan ma'naviy sifatlarni o'zlashtirishga yo'naltirilgan yangi metodika, usullarni o'z ichiga oladi. Yangi metodika, usullar tarbiya jarayonining unumdorligini oshiradi,o'quvchilarni mustaqil fikrlash jarayonini shakllantiradi,o'quvchilarda bilimga ishtiyoq va qiziqishni oshiradi,bilimlarni mustahkam o'zlashtirish, ulardan amaliyotda erkin foydalanish ko'nikma va malakalarnibshakllantiradi.O'zbek xalqining yosh avlodni tarbiyalashda ko'p asrlar davomida qo'llagan usul va vositalari,tadbir shakllari, tarbiya haqida g'oyalari,o'ziga xos urf-odatlari, qadriyatlari va hayotiy tajribasi mavjud. Bu meros o'tmishda ko'plab alloma-yu donishmandlarning tarbiyali,bilimli bo'lib etishib chiqishiga asos bo'lgan. Hozirgi kunda bu metodlardan ijodiy foydalanish katta ahamiyatga ega. Ajdodlarimiz bilim o'rgatuvchi ustoz faoliyatiga katta ahamiyat berganlar. Boshlang'ich sinf o'quvchilari tarbiyasida metodlarni belgilash va ularga asoslanish muhim hisoblanadi. Boshlang'ich sinf o'quvchilari tarbiyasida oqilona metodlarni tanlay bilish kerak. Tarbiya jarayoni o'zaro ikki faoliyatni o'qituvchi va o'quvchi faoliyatini o'z ichiga oladi. Tarbiya jarayonida qo'llanilgan metod va usullardan o'quvchining ongi shakllanib boradi, his-tuyg'ulari va turli qobiliyatlari rivojlanadi, g'oyaviy, axloqiy, irodaviy, estetik xislatlari shakllanadi, jamiyatga, tabiatga degan ilmiy,jismoniy kuch quvvatlari mustahkamlanadi. Yuqorida keltirilgan metodlarni tarbiya jarayonida qo'llash o'z samarasini ko'rsatdi. Masalan,ko'niktirish metodini tarbiya jarayonida qo'llash yaxshi samara berdi. O'quvchilarni insonparvarlikka, jamoaparvarlikka ko'niktirish oson bo'ldi. O'rgatish metodi ko'niktirish metodiga qaraganda tarbiya jarayonida yaxshi natija berdi.O'rgatish metodi orqali o'quvchilarning bilmagan narsasini bilimini yosh, aqliy xususiyatlariga qarab o'rgatib bordik. Boshlang'ich sinflarda tarbiyab jarayonida interfaol metodlar va ta'limiy o'yinlardan, zamonaviy axborot_kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanish o'quvchilarni mustaqil fikrlashga, ijodiy izlanish va mantiqiy fikrlash doiralarini kengaytirish bilan birga ularni darslardabo'rganganlarini hayot bilan bog'lashga, qiziqishlarini oshirishga yordam beradi. Tarbiya jarayonida qo'llanilgan yangicha metod va usullarga asoslanish o'quvchilarning biologik, fiziologik va ijtimoiy shakllanishini tartibli aosoda amalga oshiriladi. Demak,interfaol ta'lim texnologiyalari va uning muhim tarkibiy elementi bo'lgan interfaol metodlar ta'lim jarayonini tashkil etish ko'rsatkichlarining o'zgarishini ta'minlaydi. Zero, zamonaviy ta'lim doimiy ravishda fan va texnolohiya rivoji bilan bog'liqlikda ta'lim maqsadi,mazmuni,shakl,metod va vositalarining yangilanib borishini talab qiladi. Download 16.13 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling