Boshlang‘ich sinflarda tez aytish va topishmoqlar – nutq o‘stirish vositasi sifatida shahnoza Suvonqulova jdpi boshlang‘ich ta‘lim fakulteti talabasi Annotatsiya


Download 31.24 Kb.
bet2/4
Sana16.06.2023
Hajmi31.24 Kb.
#1514577
1   2   3   4
Bog'liq
6252-Текст статьи-15489-1-10-20220616

Ikki misrali topishmoq:
O‘zimizda qator soqchi,
Ko‘zimizga qarab boq-chi?!(Kiprik) [2].
Uch misrali topishmoq:
Otalari zangi buva,
Onalari yoyma chalpak,
Bolalari shirin-shakar. (Tok, bargi, uzum) [3]
Boshlang‘ich sinflarda didaktik o‘yinlardan foydalanish o‘quvchilarning turli-tuman qobiliyatlari, idroki, nutqi va diqqatining rivojlanishiga samarali ta‘sir ko‘rsatadi. Didaktik o‘yinlar vositasida o‘quvchilarda bilimga qiziqishini uyg‘otish uning qiziqishlariga tayanib tashkil etilsa samarali bo‘ladi. Bunday hollarda bolada doim yangiliklarni bilishga ishtiyoq uyg‘onadi, bilimga qiziqish uyg‘onadi. Bilimga qiziqishni muntazam rivojlantirish va mustahkamlash boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining o‘qishga ijobiy munosabatda bo‘lishini tarbiyalaydi va o‘zlashitirish darajasini oshiradi. Masalan:
Tez top” o‘yini.
Ta‘limiy ahamiyati: bolada fikrlash qobiliyatini oshirish, tezkorlikka o‘rgatish.
Tarbiyaviy ahamiyati: doimo hayotda olg‘a intilish.
O‘yin sharti: qaysi o‘quvchi topishmoq javobini to‘g‘ri, tez topsa o‘sha o‘quvchi baholanadi [4].
Cho‘zilib yotar Narvon,
Undan o‘tar uy-karvon. (Poyezd)


G‘ildiraksiz paravoz,
Paravozki juda soz.
Dengizlarda suzadi,
Baliqlardan o‘zadi. (Kema)


Yo‘qdir qol-u oyog‘i,
Na ko‘zi, na qulog‘i,
Ammo unga bir qadam
Yer shari, Oy-u Zuhro. (Kosmik kema)
Tez aytishlarni ham dastlab xalq o‘tirishlarida, bazmlarda aytishib, ko‘ngil yozib, kulishib, qayg‘u-hasratlarini unutishgan. Vaqtlar o‘tishi bilan bu janr katta yoshli bolalar va o‘smirlar ijodiga ko‘chgan; ular bu xildagi tez aytishlarni o‘yin aytolmasa, chalishsa, o‘sha yutqizgan sanab,g‘oliblar qo‘ygan shartni bajargan yoki o‘yinda navbatda turgan. Keyingi yillarda bu maktab yoshidagi bolalar darsliklariga ham tez aytishlar kiritilgan. Boshlang‘ich sinf darsliklarida ham mavjud. Tez aytishning asosiy funksiyasi murakkab tovushlar zanjiridan iborat jumlalarni takrorlash orqali nutq o‘stirishga qaratilgan mantiqiy-nutqiy mashqlar hisoblanadi. Tez aytishlar nutq o‘stirishdan tashqari xalq tarixi, madaniyatini saqlash va ma‘naviy-axloqiy tuyg‘ularni yuksaltirishga qaratilgan. Topishmoq va tez aytishning yana bir mushtarak jihati ularning hazil-mutoyiba va o‘yin-kulgiga asoslanganligidir. Shuning uchun ham topishmoq va tez aytish hozirgi paytda aql-zakovat, ziyraklik musobaqasi, o‘yin-kulgi, ko‘ngil ochish vositasiga aylangan. Topishmoqlar ham bir, ikki, uch va undan ko‘p misralarda ifodalanadi. Masalan:

Download 31.24 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling