Boshlang‘ich sinflarda tez aytish va topishmoqlar – nutq o‘stirish vositasi sifatida shahnoza Suvonqulova jdpi boshlang‘ich ta‘lim fakulteti talabasi Annotatsiya


Download 31.24 Kb.
bet3/4
Sana16.06.2023
Hajmi31.24 Kb.
#1514577
1   2   3   4
Bog'liq
6252-Текст статьи-15489-1-10-20220616

Bir misrali tez aytish :
Zanjir, tandir, anjir.
Ikki misrali tez aytish :
Ra‘no Ravshandan ranjidimi,
Ravshan Ra‘nodan ranjidimi?
Uch misrali tez aytish:
Eshik oldida buloq,
Buloqdan suv ichar uloq,
Uloqcham uzun quloq.
Tez aytishga doir didaktik o‘yindan foydalanamiz. Masalan:
Bo‘g‘inni top” o‘yini.
Ta‘limiy ahamiyati: so‘zlarni bo‘g‘inlarga bo‘lish, bo‘g‘inlarga bo‘lingan sonlarni topib qayta bog‘lashni o‘rganish.
Tarbiyaviy ahamiyati: o‘quvchilarda zukkolik va tezkorlikni shakllantirish.
O‘yin sharti: O‘quvchilar bo‘g‘inlarni to‘g‘ri joylaydilar va tez aytishni o‘qiydilar. Tez aytishni aytish bo‘yicha musobaqa o‘tkaziladi.
Folklor asarlari ma‘lum ijtimoiy muhit va sharoitda yaratilgan xalq o‘y-xayollari, orzu-umidlari, his-tuyg‘ulari, xohish-istaklarini so‘z san‘ati vositasida aks ettiradigan hodisa bo‘lganligini sababligi undagi har qanday fikr yoki gap mazmun-mohiyati va maqsadiga ko‘ra turli xil ma‘no ifodalaydi. Shu nuqtayi nazardan qaralganda, topishmoq va tez aytishlar xabar va so‘roq kabi mazmunlarni ham ifodalashi mumkin. Masalan:
So‘roq mazmunidagi topishmoqlar:
U nimadir qonga o‘xshash, qoni yo‘q,
Ichidagi bolasining soni yo‘q. (Tarvuz)
So‘roq mazmunidagi tez aytishlar:
Non yasashasizmi ?
Sholi sanashasizmi?
Shuningdek, topishmoq va tez aytishlarda sonlar bilan bog‘liq namunalar ham bor. Masalan :
Son ishtirok etgan topishmoq:
Ikki keng,
Orasi teng. (Osmon, yer)
Son ishtirok etgan tez aytish:
Besh mis barkash,
Besh mis barkashning
Besh ming besh mis barkashi.
Xulosa qilib aytganda, ”Hali insoniyat o‘qish-yozishni bilmagan paytlarida ham kelajak avlodga axloqiy tarbiya berish haqidagi qarashlar badiiy adabiyotning dastlabki ko‘rinishi bo‘lgan xalq og‘zaki namunalarida ham aks etgan,tajribada sinalgan,sayqallangan, Bu jarayonlar orqali esa maqollar, matallar, ertaklar, topishmoqlar, afsona va rivoyatlar aytish vositasida kishilarning axloq-odob, sabr-qanoat, insof va diyonat, to‘g‘rilik va rostgo‘ylik kabi xislatlari targ‘ib qilingan” [5]. O‘zbek bolalar folklori tarkibiga kiruvchi topishmoq va tez aytish janri qadimdan marosim folklori tarkibida shakllangan bo‘lib, keyinchalik ular marosimga aloqadorlik xususiyatlarini yo‘qotib, ommaviy xarakterda kasb etgan. Bugungi kunga kelib tez aytish va topishmoqlar maktab darsliklariga ham kiritildi . Ayniqsa, boshlang‘ich sinf darsliklariga kiritilib, nutq o‘stirish uchun xizmat qilmoqda.

Download 31.24 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling