Boshlang‘ich sinflarda tez aytish va topishmoqlar – nutq o‘stirish vositasi sifatida shahnoza Suvonqulova, Fotima Akramova
Download 300.05 Kb. Pdf ko'rish
|
4259-Текст статьи-10436-1-10-20211206
- Bu sahifa navigatsiya:
- “Tez top” o‘yini. Ta‘limiy ahamiyati
Ikki misrali topishmoq:
O‘zimizda qator soqchi, Ko‘zimizga qarab boq-chi?!(Kiprik) [2]. Uch misrali topishmoq: Otalari zangi buva, Onalari yoyma chalpak, Bolalari shirin-shakar. (Tok, bargi, uzum) [3] Boshlang‘ich sinflarda didaktik o‘yinlardan foydalanish o‘quvchilarning turli- tuman qobiliyatlari, idroki, nutqi va diqqatining rivojlanishiga samarali ta‘sir 3 ko‘rsatadi. Didaktik o‘yinlar vositasida o‘quvchilarda bilimga qiziqishini uyg‘otish uning qiziqishlariga tayanib tashkil etilsa samarali bo‘ladi. Bunday hollarda bolada doim yangiliklarni bilishga ishtiyoq uyg‘onadi, bilimga qiziqish uyg‘onadi. Bilimga qiziqishni muntazam rivojlantirish va mustahkamlash boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining o‘qishga ijobiy munosabatda bo‘lishini tarbiyalaydi va o‘zlashitirish darajasini oshiradi. Masalan: “Tez top” o‘yini. Ta‘limiy ahamiyati: bolada fikrlash qobiliyatini oshirish, tezkorlikka o‘rgatish. Tarbiyaviy ahamiyati: doimo hayotda olg‘a intilish. O‘yin sharti: qaysi o‘quvchi topishmoq javobini to‘g‘ri, tez topsa o‘sha o‘quvchi baholanadi [4]. Cho‘zilib yotar Narvon, Undan o‘tar uy-karvon. (Poyezd) G‘ildiraksiz paravoz, Paravozki juda soz. Dengizlarda suzadi, Baliqlardan o‘zadi. (Kema) Yo‘qdir qol-u oyog‘i, Na ko‘zi, na qulog‘i, Ammo unga bir qadam Yer shari, Oy-u Zuhro. (Kosmik kema) Tez aytishlarni ham dastlab xalq o‘tirishlarida, bazmlarda aytishib, ko‘ngil yozib, kulishib, qayg‘u-hasratlarini unutishgan. Vaqtlar o‘tishi bilan bu janr katta yoshli bolalar va o‘smirlar ijodiga ko‘chgan; ular bu xildagi tez aytishlarni o‘yin aytolmasa, chalishsa, o‘sha yutqizgan sanab,g‘oliblar qo‘ygan shartni bajargan yoki o‘yinda navbatda turgan. Keyingi yillarda bu maktab yoshidagi bolalar darsliklariga ham tez aytishlar kiritilgan. Boshlang‘ich sinf darsliklarida ham 4 mavjud. Tez aytishning asosiy funksiyasi murakkab tovushlar zanjiridan iborat jumlalarni takrorlash orqali nutq o‘stirishga qaratilgan mantiqiy-nutqiy mashqlar hisoblanadi. Tez aytishlar nutq o‘stirishdan tashqari xalq tarixi, madaniyatini saqlash va ma‘naviy-axloqiy tuyg‘ularni yuksaltirishga qaratilgan. Topishmoq va tez aytishning yana bir mushtarak jihati ularning hazil-mutoyiba va o‘yin-kulgiga asoslanganligidir. Shuning uchun ham topishmoq va tez aytish hozirgi paytda aql- zakovat, ziyraklik musobaqasi, o‘yin-kulgi, ko‘ngil ochish vositasiga aylangan. Topishmoqlar ham bir, ikki, uch va undan ko‘p misralarda ifodalanadi. Masalan: Download 300.05 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling