Boshlang‘ich sinflarda tez aytish va topishmoqlar – nutq o‘stirish vositasi sifatida shahnoza Suvonqulova, Fotima Akramova


Download 300.05 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/4
Sana27.03.2023
Hajmi300.05 Kb.
#1299690
  1   2   3   4
Bog'liq
4259-Текст статьи-10436-1-10-20211206




BOSHLANG‘ICH SINFLARDA TEZ AYTISH VA TOPISHMOQLAR – 
NUTQ O‘STIRISH VOSITASI SIFATIDA 
Shahnoza Suvonqulova, Fotima Akramova 
Jizzax davlat pedagogika instituti 
Annotatsiya. Ushbu maqolada boshlang‘ich sinflarda tez aytish va topishmoqlarning 
o‘rgatilish ahamiyati va ular o‘rtasidagi mushtaraklik haqida fikr yuritilgan. Tez aytish va 
topishmoqlar nutq o‘stirish uchun katta xizmat qiladi. Xalq og‘zaki ijodi asarlari g‘oyaviy-
badiiy, ma‘rifiy-tarbiyaviy tushunchalarni ifodalashga xizmat qiladi. 
Kalit so‘zlar: topishmoq, tez aytish, folklor, qofiya, boshlang‘ich ta‘lim, o‘yin, 
ko‘ngilochar, didaktik o‘yin. 
Аннотация. В этой статье обсуждается важность обучения быстрым рифмам и 
загадкам в начальной школе и общие черты между ними. Быстрые слова и загадки 
отлично подходят для развития речи. Народные устные произведения служат выражением 
идейно-художественных, просветительско-просветительских концепций. 
Ключевые слова: загадка, скороговорка, фольклор, рифма, начальное образование, 
игра, забава, дидактическая игра. 
Annotation. This article discusses the importance of teaching fast rhymes and riddles in 
elementary school and the commonalities between them. Quick words and riddles are great for 
developing speech. Folklore serves to express ideological, artistic, educational and pedagogical 
concepts. 
Key words: riddle, tongue twister, folklore, rhythm, primary education, play, 
entertainment, didactic game.
Folklor og‘zaki so‘z san‘atiga asoslangan, o‘zida xalqning turmush tarzini aks 
ettiradigan badiiy ijod mas‘ulidir. Og‘zaki ijod asarlari g‘oyaviy-badiiy, ma‘rifiy-
tarbiyaviy tushunchalarni ifodalashga xizmat qiladi. Masalan, maqollar xalq 
donishmandligini, tajribalari negizida shakllangan, topishmoqlar olami, undagi 
jonli va jonsiz mavjudot hamda narsa-buyumlarni har xil usullar yordamida 
majoziy tasvirlaydi. 
Maqolada boshlang‘ich sinflarda bolalarga topishmoq nima? tez aytish 
nimaligi haqida ma‘lumot berib ularni o‘rgatishda har xil didaktik o‘yinlardan 



foydalanib darsni samarali o‘tishni, bolalar folklori janrlari bo‘lgan tez aytish va 
topishmoqlarning umumiy jihatlari haqida fikr yuritilgan. 
Folklorshunos B.Sarimsoqovning yozishicha, topishmoq “tarixan marosim 
tarkibida ijro etilgan bo‘lib, keyinchalik u o‘zining marosimga aloqadorligini 
yo‘qotib,keng ommaviy ijro xarakati kasb etgan. …Tarixan marosimdan holi 
folklor janrlari juda kam bo‘lgan” [1]. 
Topishmoq barcha xalqlar og‘zaki ijodining eng sevimli, qiziqarli va o‘ziga
xos ruri hisoblanadi. Topishmoqlarni “topmacha”, ”jumboq”, ”matal” deb 
atashgan. Mumtoz adabiyotlarda ular “chiston” ham deyiladi. Topishmoqlarda 
yashirin ma‘no ko‘pincha majoziy shaklda keltiriladi, anig‘ini aytadigan bo‘lsak, 
narsa nomi biror-bir qush, hayvon, buyum, o‘simlikka qiyoslangan holda bo‘ladi. 
Topishmoqni javobini bolalar topmoqchi bo‘lishsa topishmoqda keltirilgan 
ko‘chma belgilar xayolida mantiqan solishtiriladi va uning hayotdagi belgilari 
to‘g‘ri kelishiga qarab javobini topadi. Topishmoqlar, avvalo, aqlni charxlaydi 
ayniqsa, bolalarni mantiqiy fikrlashga unaydigan tarbiya vositasidir. Ko‘ngil ochar 
o‘yin ham hisoblanadi. Topishmoqlar kishining tafakkuri va tasavvurini o‘stiradi, 
ayniqsa, bolani topag‘on bo‘lishga, hozirjavoblikka o‘rgatadi. Topishmoqlar nasriy 
va she‘riy shaklda ixcham, sodda va ravon, qofiyali uslubda yaratiladi. Ular o‘zida 
yashiringan predmetlar miqdoriga bir va bir nechta misrali bo‘lishi mumkin. 
Topishmoqlarda narsalarning sifati, belgisi o‘xshashligiga qarab bir misrali, ikki 
misrali ,uch misrali va undan ko‘p misralarda ifodalanadi. Masalan: 

Download 300.05 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling