Boshlang‘ich sinflarda tez aytish va topishmoqlar – nutq o‘stirish vositasi sifatida shahnoza Suvonqulova, Fotima Akramova


Download 300.05 Kb.
Pdf ko'rish
bet2/4
Sana27.03.2023
Hajmi300.05 Kb.
#1299690
1   2   3   4
Bog'liq
4259-Текст статьи-10436-1-10-20211206

Ikki misrali topishmoq: 
O‘zimizda qator soqchi, 
Ko‘zimizga qarab boq-chi?!(Kiprik) [2]. 
Uch misrali topishmoq: 
Otalari zangi buva, 
Onalari yoyma chalpak, 
Bolalari shirin-shakar. (Tok, bargi, uzum) [3] 
Boshlang‘ich sinflarda didaktik o‘yinlardan foydalanish o‘quvchilarning turli-
tuman qobiliyatlari, idroki, nutqi va diqqatining rivojlanishiga samarali ta‘sir 



ko‘rsatadi. Didaktik o‘yinlar vositasida o‘quvchilarda bilimga qiziqishini uyg‘otish 
uning qiziqishlariga tayanib tashkil etilsa samarali bo‘ladi. Bunday hollarda bolada 
doim yangiliklarni bilishga ishtiyoq uyg‘onadi, bilimga qiziqish uyg‘onadi. 
Bilimga qiziqishni muntazam rivojlantirish va mustahkamlash boshlang‘ich sinf 
o‘quvchilarining o‘qishga ijobiy munosabatda bo‘lishini tarbiyalaydi va 
o‘zlashitirish darajasini oshiradi. Masalan: 
“Tez top” o‘yini. 
Ta‘limiy ahamiyati: bolada fikrlash qobiliyatini oshirish, tezkorlikka 
o‘rgatish. 
Tarbiyaviy ahamiyati: doimo hayotda olg‘a intilish. 
O‘yin sharti: qaysi o‘quvchi topishmoq javobini to‘g‘ri, tez topsa o‘sha 
o‘quvchi baholanadi [4]. 
Cho‘zilib yotar Narvon, 
Undan o‘tar uy-karvon. (Poyezd) 
G‘ildiraksiz paravoz, 
Paravozki juda soz. 
Dengizlarda suzadi, 
Baliqlardan o‘zadi. (Kema) 
Yo‘qdir qol-u oyog‘i, 
Na ko‘zi, na qulog‘i, 
Ammo unga bir qadam
Yer shari, Oy-u Zuhro. (Kosmik kema) 
Tez aytishlarni ham dastlab xalq o‘tirishlarida, bazmlarda aytishib, ko‘ngil 
yozib, kulishib, qayg‘u-hasratlarini unutishgan. Vaqtlar o‘tishi bilan bu janr katta 
yoshli bolalar va o‘smirlar ijodiga ko‘chgan; ular bu xildagi tez aytishlarni o‘yin 
aytolmasa, chalishsa, o‘sha yutqizgan sanab,g‘oliblar qo‘ygan shartni bajargan 
yoki o‘yinda navbatda turgan. Keyingi yillarda bu maktab yoshidagi bolalar 
darsliklariga ham tez aytishlar kiritilgan. Boshlang‘ich sinf darsliklarida ham 



mavjud. Tez aytishning asosiy funksiyasi murakkab tovushlar zanjiridan iborat 
jumlalarni takrorlash orqali nutq o‘stirishga qaratilgan mantiqiy-nutqiy mashqlar 
hisoblanadi. Tez aytishlar nutq o‘stirishdan tashqari xalq tarixi, madaniyatini 
saqlash va ma‘naviy-axloqiy tuyg‘ularni yuksaltirishga qaratilgan. Topishmoq va 
tez aytishning yana bir mushtarak jihati ularning hazil-mutoyiba va o‘yin-kulgiga 
asoslanganligidir. Shuning uchun ham topishmoq va tez aytish hozirgi paytda aql-
zakovat, ziyraklik musobaqasi, o‘yin-kulgi, ko‘ngil ochish vositasiga aylangan. 
Topishmoqlar ham bir, ikki, uch va undan ko‘p misralarda ifodalanadi. Masalan: 

Download 300.05 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling