So’z yasovchi qo’shimchalar ustida ishlash. Bu morfemani o’rganishning asosiy vazifasi o’quvchilarni so’zda so’z yasovchi qo’shimchaning ahamiyati bilan tanishtirish va shu asosda so’z yasovchi qo’shimchali so’zdan o’z nutqida ongli foydalanish ko’nikmasini o’stirish hisoblanadi. O’quvchilar so’z yasovchi qo’shimcha yordamida yangi leksik ma’noli so’z yasash mumkinligini tushunishi muhim ahamiyatga ega. So’z yasovchi qo’shimchalar ustida ishlash ba’zi so’z yasovchi qo’shimchaning ma’nosini va yasama so’zning grammatik belgilarini aniqlash bilan birga olib boriladi. So’z yasovchi qo’shimchaning ma’nosini tushuntirish uning so’z yasashdagi ahamiyatini o’quvchilar anglashiga imkon beradi, ularning diqqat-e’tibori so’z yasovchi qo’shimcha yordamida yangi leksik ma’noli so’z yasalishiga qaratiladi. Masalan: ish – ishchi, ishli, ishchan, ishla). Yasalgan so’z qaysi so’z turkumiga kirishini aniqlash so’z yasovchi qo’shimcha yordamida har xil so’z turkumiga oid so’zlar yasash mumkinligi haqidagi tasavvurni chuqurlashtiradi. So’z yasovchi qo’shimchani ongli o’zlashtirish uchun quyidagi mashqlar guruhidan foydalanish yaxshi natija beradi: Birinchi guruh mashqlarga har xil so’z yasovchi qo’shimcha qo’shish bilan hosil bo’lgan bir xil o’zakli so’zlarning ma’no jihatdan farqini qiyoslashga oid vazifalar kiradi. Masalan, gul so’zidan -chi, -zor so’z yasovchi qo’shimchalari bilan yangi so’z yasang. Hosil bo’lgan so’zlarni ma’nosi va tarkibiga ko’ra qiyoslang. Ularda nima o’xshash? So’zning qaysi qismi ularni ma’nosiga ko’ra farqlayapti? Yangi so’zlarni qatnashtirib gap tuzing. - Ikkinchi guruh mashqlarga bir so’z yasovchi qo’shimchani har xil so’zlarga yasovchi qo’shimchaning ma’nosini qiyoslashga oid vazifalar kiradi. Bunday
- qo’shishdan hosil bo’lgan so’zlarda so’z mashqlarning maqsadi so’z yasovchi
- qo’shimchaning ma’nosi haqidagi bilimni elementar tarzda umumlashtirish hisoblanadi. Masalan,
Do'stlaringiz bilan baham: |