Boshlang‘ich sinflarda vaqt,masofa va tezliklarga doir masalalarni yechishga o’rgatish metodikasi. Mundarija: kirish asosiy qism I bob. Boshlang‘ich ta’lim o‘quvchilari tafakkuri rivojlanishining o‘ziga xosligi


Mashg‘ulotlar o‘tkazilgandan keyin mantiqiy tafakkur rivojlanish darajasini tashhislash


Download 2.01 Mb.
bet4/13
Sana16.10.2023
Hajmi2.01 Mb.
#1704808
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Bog'liq
BOSHLANG\'ICH SINFLARDA VAQT,MASOFA.

1.2. Mashg‘ulotlar o‘tkazilgandan keyin mantiqiy tafakkur rivojlanish darajasini tashhislash.

  1. Tajriba-sinov tadqiqotimizni Termiz shahridagi №9 umumiy o‘rta ta’lim maktabida o‘tkazdik. Tadqiqot ishimizni, mantiqiy tafakkurni rivojlantirish uchun didaktik o‘yinlar dasturi asosida shug‘ullangan bitta sinfda 32 ta bola ishtirokida o‘tkazdik.

  2. Tafakkurning o‘ziga xosligini aniqlash uchun, o‘quvchilar tomonidan o‘quv yili boshida va oxirida test topshiriqlarini bajarish sifatini tahlili qilindi.

  3. Tadqiqot majmuamizga quyidagi beshta metodikani kiritdik.

  4. «To‘rtinchisi ortiqcha».

  5. «Ko‘rish analogiyalari».

  6. «Tasniflanish jarayonini o‘rganish»

  7. «Metaforalarni tushunish»

  8. «Ketma-ketlikda keluvchi rasmlar» .

  9. «To‘rtinchisi ortiqcha» metodika. Maqsad: umumlashtirish va abstaktlashtirish qobiliyatlarini tadqiq qilish, muhim belgilarini ajratishga o‘rganish.

  10. Tadqiqotga tayyorgarlik ko‘rish. 12*12 sm o‘lchamdagi, 4ta kvadratga bo‘lingan 10ta jadval tayyorlaymiz. Har bir kvadratda predmet tasvirlangan, muhim belgilariga ko‘ra jadvaldagi 3ta predmetni birlashtirish mumkin, ulardan to‘rtinchisi – ortiqcha, masalan: ruchka, piramida, daftar, ..., bloknot.

  11. Tadqiqotni o‘tkazish. Tadqiqot o‘quvchilar bilan individual tarzda olib boriladi. O‘quvchiga bittadan jadval ko‘rsatilib: rasmga qarang bu yerda 4 ta predmet chizilgan. Ulardan uchtasi bir-biriga to‘g‘ri keladi, to‘rtinchisi esa ortiqcha. Qaysi predmet ortiqcha, nima uchun? Qolgan uchta predmetni birgalikda nima deb atash mumkin?

  12. Ma’lumotlarni qayta ishlash. O‘quvchi tomonidan predmetlarni umumlashtirishni o‘ziga xosligini tahlil qilinadi: u tushuncha belgilariga qarab yoki predmetlarni hayotiy tadbiq qilinish tasavvuri asosida umumlashtiradimi. Predmetlar guruhini umumlashtira oladigan so‘zni topishini aniqlashadi. Qanday guruhdagi predmetlarni oson umumlashtirish mumkin.

  13. Qaysi guruh predmetlarini oson birlashtirish mumkin, hamda o‘quvchilar yoshi muloqot jarayoniga qanchalik bog‘liq.

  14. «Ko‘rish analogiyalari» metodikasi. Maqsad: predmetlar o‘rtasidagi munosobatlar va mantiqiy bog‘lanishlar tavsifini ajratib ko‘rsatish.

  15. Tadqiqotga tayyorgarlik ko‘rish. Uchta qismga bo‘lingan bir nechta jadvalni tayyorlanadi. Chap qismda bir-biriga mos predmetlar juftligi tasvirlangan, o‘ng qismda chiziq chizilib, chiziqning yuqori qismida bitta predmet tasvirlangan, chiziq ostida beshta predmet tasvirlangan bo‘lib, ulardan bittasi chiziq yuqorisidagi predmet bilan xuddi chap qismda tasvirlangan predmetlar juftligi singari juftlikni tashkil etadi.

  16. Tadqiqotni o‘tkazilishi. Har bir o‘quvchi bilan tadqiqot individual tarzda o‘tkaziladi. O‘quvchiga bittadan jadval ko‘rsatilib, aytiladi: “bu misollarga diqqat bilan qarang. Unda bir-biri bilan o‘zaro bog‘langan predmetlar birinchi juftligi tasvirlangan. O‘ng tomonda – chiziq ustida bitta predmet tasvirlangan. Siz birinchi predmetlar juftligidagi singari beshta predmetdan birini tanlashingiz va tagiga chizishingiz kerak.”

  17. Ma’lumotlarni qayta ishlash. Predmetlar o‘rtasidagi bog‘lanishlarni o‘ziga xos tomonlarini tahlil qilinadi.

  18. «Tasniflanish jarayonini o‘rganish» metodikasi. Maqsad: mulohozalar ketma-ketligi, umumlashtirish jarayolari darajasini tadqiq qilish uchun tadbiq qilinadi.

Tadqiqotga tayyorgarlik ko‘rish. Har bir tasnifdagi guruh uchun 7*7sm o‘lchamdagi 5 dona rasm tanlab olamiz: o‘yinchoqlar, idishlar, kiyimlar, mebellar, yovvoyi hayvonlar, uy hayvonlari, sabzavotlar, mevalar.
Tadqiqotni o‘tkazilishi. Har bir o‘quvchi bilan tadqiqot individual tarzda o‘tkaziladi. O‘quvchiga bittadan rasm berilib, so‘raladi: «Rasmlarni bir-biriga mosligiga qarab ajrating. Nima uchun ular bir-biriga mos keladi, tushuntirib bering». Agar tadqiqotda ishtirok etayotgan o‘quvchi hech qanday tushuntirishsiz ajratishni bajarayotgan bo‘lsa, u unga: “Nima uchun bu qismga olma rasmini qo‘yding?, Nima uchun olmani meva deb o‘ylaysan?” kabi savollar beriladi. Agar o‘quvchi biron-bir rasmni hech bir guruhga nisbatan qo‘ya olmasa, u holda undan “Nima uchun bu rasm hech bir gruhga to‘g‘ri kelmaydi deb hisoblaysan? Deb so‘raladi.
Ma’lumotlarni qayta ishlash. Har bir tasnifdagi guruhlar bo‘yicha to‘g‘ri javoblar sanab chiqiladi. Natija jadvalda ko‘rsatiladi. Predmetlarni birlashtirish uchun, o‘quvchilarning har bir tasnifdagi guruh yuzasidan asos aniqlanadi: muhim belgiga tayanganmi, muhim bo‘lmaganlarini ajrata olganmi?
4. «Metaforalarni tushunish» metodikasi. Maqsad: tadqiqot darajasi, tafakkurning maqsadga qarab yo‘naltirilganligi, o‘quv matn mazmunini tushunish va undan foydalana olish, mulohozalarning tabaqalashtirilganligi va maqsad sari yo‘naltirilganligi, ularning teranligi, nutq jarayonlarini rivojlanish darajasi.
Tadqiqotni o‘tkazilishiga tayyorgarlik ko‘rish. Qator maqollarni, metaforalarni tanlash va o‘quvchi uni ma’nosini tushuntirib berishi lozim.
Tadqiqotni o‘tkazilishi. Tajriba-sinov har bir o‘quvchi bilan yakka tartibda o‘tkaziladi. Tadqiqotchi maqolni yoki metaforani o‘qiydi va : “Bu so‘zlar nimani anglatadi, nima deb tushunasiz?”. Masalan: “Ochiq ko‘ngil” degani nimani bildiradi?
Ma’lumotlarni qayta ishlash. Taklif etilgan metaforani ma’nosini o‘quvchini tushuntira olish qobiliyati, hamda ularning ko‘chma ma’nosini tushunishi tahlil qilinadi.
«Ketma-ketlikda keluvchi rasmlar» Maqsad: izchil bog‘lay olish qobiliyatlarini tadqiq etish, hodisalar ketma-ketligini tushunish.
Tadqiqotga tayyorgarlik ko‘rish. Qandaydir hodisa bosqichlari tasvirlangan syujetli rasmlar ketma-ketligi (3 tadan 6 tagacha) tanlab olinadi. Rasmlar bolalar yoshiga mos, aniq tasvirlangan, ko‘zga tashlanadigan bo‘lishi kerak.
Tadqiqotni o‘tkazilishi. Tajriba-sinov har bir o‘quvchi bilan yakka tartibda o‘tkaziladi. O‘quvchiga tartibsiz ravishda aralashtirilgan rasmlarni ko‘rsatilib, undan: “Bu rasmlarda bitta hodisa tasvirlangan. Qayerdan boshlanib, nima bilan davom etganligini va qanday tugaganligini tahlil qiling. Mana bu yerga (joyini ko‘rsatgan holda) birinchi rasmni ya’ni boshlanish tasvirni, bu yerga –ikkinchi, ..., bu yerga –oxirgisini qo‘ying”
O‘quvchi rasmlarni joylashtirganidan so‘ng, rasmlarni joylashishi qayd qilinadi va o‘quvchidan tartib bilan nima hosil bo‘lganligini gapirib berish so‘raladi. Agar o‘quvchi noto‘g‘ri tartibda rasmlarni joylashtirgan bo‘lsa, unga mulohozalaridagi qarama-qarshilikni, yo‘lga qo‘yilgan xatolarni aniqlash maqsadida savollar beriladi. Agar tasvirlangan hodisalarni tushunish uchun savollar yordam qilmasa, u holda tajriba o‘tkazuvchi bolaga birinchi rasmni ko‘rsatib, qolganlarini joylashtirishni taklif qiladi. Shunday qilib, topshiriqni bajarishni ikkinchi urinishi bajariladi. Agar u ham yordam bermasa, u holda o‘quvchiga hodisa ketma-ketligi ko‘rsatiladi va aytib beriladi. So‘ngra rasmlar yana aralashtirilib, o‘quvchidan joylashtirish so‘raladi.
Agar o‘quvchi uchinchi martadan keyin to‘g‘ri ketma-ketlikda rasmlarni joylashtirsa, unga boshqa rasmlar ketma-ketligi (shu kabi murakkablikdagi, yangi holatga mulohozasini o‘tkaza olishini aniqlash yuzasidan) beriladi.
Agar o‘quvchi topshiriqni birinchi martadanoq bajara olsa, unga yangi, ilgarigiga nisbatan murakkabroq rasmlar ketma-ketligi taklif qilinadi.
Ma’lumotlarni qayta ishlash. O‘quvchi ko‘rgazmali holda taqdim etilgan rasmlar ketma-ketligidan sabab-oqibat bog‘liqliklarini o‘rnata oladimi, hodisalar ketma-ketligini tushunadimi, ana shular tahlil qilinadi.
Tajriba-sinovning birinchi bosqichida o‘quvchilar tafakkurining o‘ziga xos tomonlarini aniqlash uchun test parametrlardan foydalanildi.

  1. To‘rtinchisi ortiqcha – tanlov;

  2. To‘rtinchisi ortiqcha – tanlovni asoslanishi;

  3. Ko‘rish analogiyalari – tanlov;

  4. Ko‘rish analogiyalari – asoslanish;

  5. Metaforalarni tushunish;

  6. Tasniflash jarayoni;

  7. Rasmlar ketma-ketligi – tanlov;

  8. Rasmlar ketma-ketligi – tanlovni asoslash

Ana shu parametlar yordamida birinchi bosqichda nazorat va tajriba-sinov guruhlarida aniqlash ishlari olib borildi.


Tafakkur tavsifini o‘lchov ishlarini standartlashtirish, ularni rivojlanish darajasini taqqoslash maqsadida sinov o‘tkaziluvchilarni hamda parametrlar o‘rtasidagi barcha birliklari maksimal sondagi optimal javoblar foiz nisbatlariga keltirildi.
Shunday qilib, savollarga javobning maksimal optimal usuli 100%ga, minimumi - 0% ga; boshqa javoblar soni u yoki bu parametrni aniqlash uchun topshiriqlar soni foizlarda ifodalanadi.
1- Jadvaldan ko‘rinib turibdiki, asosan barcha ko‘rsatgichlar, topshiriqlarni bajarish natijaviyligiga qarab, pastki qismni egallab turibdi.
Eng past ko‘rsatgichlar quyidagi parametrlarda aniqlandi:

  1. To‘rtinchisi ortiqcha –asoslanish– 25;

  2. Ko‘rish analogiyalari – tanlov – 9,7;

  3. Ko‘rish analogiyalari – asoslanish – 6,7;

  4. Metaforalarni tushunish – 7,3;

  5. Rasmlar ketma-ketligi – tanlov – 23,07.

Shuni ta’kidlashimiz joizki, mazkur xulosalar barcha tajribada ishtirok etayotgan o‘quvchilar o‘rtacha ko‘rsatgichini tahlil qilish natijasida olingan.
Agar har bir parametr bo‘yicha sifat tarkibini tahlil etadigan bo‘lsak, u holda minimal va maksimal ko‘rsatgich o‘rtasidagi farq juda kattaligi ko‘zga tashlanadi.
Tajribada ishtirok etgan barcha o‘quvchilar yuqorida qayd etilgan amallarni bajarish bilan bog‘liq turli darajadagi qiyinchiliklarga duch kelganliklarini qayd etishimiz lozim.



Download 2.01 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling