Kompyuter injiniringi 210-21 guruh talabasi Rustamov Javohir
Download 58.66 Kb.
|
1 2
Bog'liqKompyuter-arxitekturasi
- Bu sahifa navigatsiya:
- Nazariy qism
Kompyuter injiniringi 210-21 guruh talabasi Rustamov Javohir KOMPYUTER ARXITEKURASI FANIDAN 5-TOPSHIRIQ MAVZU: OpenMP PAKET TARKIBINI VA ISHLASHINI O‘RGANISH Ishdan maqsad: OpenMP paketini va uning ishlash algoritmlarini o‘rganish va shaxsiy kompyuterda OpenMP kutubxonasini sozlash hamda undan foydalana olish ko‘nikmasiga ega bo‘lish. Nazariy qism OpenMP paketini va uning ishlash algoritmlari OpenMP(Open Multi - Processing) - ko‘p oqimli ilovalarni yaratish uchun mo‘ljallangan amaliy dasturlashning interfeysi bo‘lib, asosan umumiy xotiraga ega bo‘lgan parallel hisoblash tizimlari uchun ishlab chiqilgan. OpenMP kompilyatorlar va maxsus funksiyalar kutubxonasi uchun direktivalar to‘plamidan iborat. OpenMP standarti yaqin 15 yil ichida umumiy xotiraga ega arxitekturalarga qo‘llanilgan holda yaratilgan.So‘nggi yillarda taqsimlangan xotirali parallel hisoblash tizimlari uchun OpenMP standartining kengaytirilgan holda ishlab chiqilmoqda. 2005 - yilning oxirida Intel kompaniyasi Cluster OpenMP mahsulotini taqdim etdi, unda kengaytirilgan OpenMP ishlab chiqilgan bo‘lib taqsimlangan xotirali parallel hisoblash tizimlari uchun mo‘ljallangan. OpenMP paketi parallellashtirish jarayonida ko‘plab oqim(thred)larni yaratadi (1.1-rasm). 1.1-rasm. OpenMP paketida parallellashtirish 1.1-rasmda ko‘rsatilganidek, OpenMP paketi yordamida har bir oqim(thred)lardan yana bittadan oqim(thred)lar yaratiladi. Ikki yadroli tizim uchun ikkita oqim(thred), to‘rt yadroli tizim uchun to‘rtta yaratiladi va hokazo. Keyin barcha oqim(thred)lar bir vaqtning o‘zida parallel hudud hosil qiladi va amalni bajaradi. Har bir oqim(thred) parallel hududdan chiqqanda, u tugatiladi. OpenMP kod mintaqalarini parallel ravishda ishga tushirish uchun bir nechta qo‘shimcha ko‘rsatmalar beradi, shu jumladan parallellashtirish sikllarini ham. OpenMP Linux, Windows va Mac OS X tizimlari uchun bir nechta ochiq manbali va tijorat kompilyatorlarida mavjud. OpenMP hisoblash va dasturlash texnikasi bo‘yicha bir nechta yirik ishlab chiqaruvchi kompaniyalar (Intel, Hewlett-Packard, Silicon Graphics, Sun, IBM, Fujitsu, Hitachi, Siemens, Bull) yaratishmoqda, ularni OpenMP Architecture Review Board(ARB) deb nomlangan notijorat korxonasi tomonidan boshqariladi. OpenMP ko‘p oqimli ilovalarni tez va yengil yaratishni Fortran va C/C++ algoritmik tillarda amalga oshiradi. OpenMP ning birinchi versiyasi 1997 - yilda Fortran tili uchun yaratilgan. C/C++ dasturlash tillari uchun esa 1998 - yilda yaratilgan. 2008 - yilda esa OpenMP ning 3.0 versiyasi yaratilgan. 2015 yilda esa OpenMP 4.5 versiyasi taqdim etildi. Ochiq multi-processing (OpenMP) - umumiy xotira parallelligi uchun standart, umumiy xotira, ko'p ishlov berish dastur interfeysi (API). OpenMP - kompilyatordagi qo'shimcha. U mavzularni yaratish, boshqarish va sinxronlashtirish uchun kompilyator direktivalari, muhit o'zgaruvchilari va ish vaqti kutubxonasi tartiblarini taqdim etadi. Parallel mintaqa bajarilganda, dastur bir vaqtning o'zida ishlaydigan bir nechta iplarni yaratadi. OpenMP bilan vilkalar o'rnatilgan iplar umumiy xotiraga kirish huquqiga ega. Qo'shimcha ma'lumot olish uchun OpenMP bosh sahifasiga tashrif buyuring. Download 58.66 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling