Boshlang'ich ta'lim davlat standarti mazmuni negizini belgilovchi ko'rsatkichlar o'quvchilarning tayyorgarlik darajasiga qo'yiladigan minimal talablar reja


Download 282.32 Kb.
bet3/4
Sana04.11.2023
Hajmi282.32 Kb.
#1748264
1   2   3   4
Bog'liq
Abdurahmonova Zarnigora

S O ‘ Z.
Boshlang’ich sinflarda so’z leksik-grammatik tomonidan o’rganish,lug’at ustida ishlashga e’tibor beriladi.Lug’aviy mashqlar grammatik va to’g’ri yozishni o‘rganish bilan bog’liq holda olib bolriladi.O’quvchilar oqish,grammatika,to’g’ri yozuv imlodan materiallarni o’rganish bilan bog’liq holda so’zlar shaxs va narsalarning nomini,xarakatini,belgisini,sanog’i va tartibini ifodalovchi,yaqin va qarama-qarshi ma’noni bildirish,matnlarni har hil ma’noda ishlatilishini bilib oladilar,ular o’z fikrlarini to’gri va aniq ifodalashga,fikrga mos so’zlar tanlab olishga o’rgatib boriladi.
So’z turkumlarini o’rganishga 2-sinfda tayyorlanadilar. Ular kim? (kimlar?) nima?, nimaga? so’roqlariga javob bo’lgan shaxs va narsalar nomini qanday? qanaqa? qaysi? so’roqlariga javob bo’lgan,shaxs va narsalarning sanog’i va tartibini,nima qildi?,nima qiladi? nima qilyapdi? so’rog’iga javob bo’lgan narsa va shaxsning harakatini ifodalashni bilib oladilar.Ularni ma’lum so’roq bera olishga u yoki bu so’roqqa javob bo’lgan so’z nimani ifodalashini aytib berishga o’rgatiladi. 3-sinda o’quvchilar o’zak va o’zakdosh so’zlar bilan tanishadilar.So’zning tarkibi,o’zak,so’z yasovchi va so’z o’rgartuvchi qo’shimchalar o’rganiladi.Oddiygina so’z yasalishi bilan ko’p ishlatiladigan -chi, la, siz,- zor,- li,- kor kabi qo’shimchalar ma’nosi bilan amaliy tanishtiriladi. O’quvchilar so’z turkumi termin bilan 3-sinfda tanisahdilar.Ular ot,otning ma’nosi (shaxs predmetlrning nomini bildirishi) so’roqlari birlikva ko’plikda qo’llanishi sifat, uning ma’nosi) predmetning belgisini bildirish so’roqlari: son, uning ma’nosi (narsa,predmetning sanog’i va tartibini bildirishi) so’roqlari,bo’’lishli va bo’lishsiz fe’llari o’rganadilar.
G A P.
Boshlang’ich sinf o’quvchilariga gap haqida,gapning ifoda maqsadiga ko’ra turlari,darak,so’oq,buyruq gap) haqida,xis-hayojon bilan aytilgan gaplar,gapning mazmuniga ko’ra oxiriga nuqta,so’roq va undov belgisining qo’yilisihi haqida,gap bo’laklari, gapda so’z birikmalariga ajratish haqida, dastlabki ma’lumotlar tort o’quv yili davomida izchillik bilan berib boriladi.
Birinchi sinfda o’quvchilar nutqdan gapni ajratib olishga,gapni alohida so’zdan farqlashga,gapni o’qiganda ohangga rioya qilishga,ta’lim tayyorgarlikdan so’ng gapning birinchi so’zini bosh harf bilan boshlab yozilgan va oxiriga nuqta qo’yishga o’rganadilar. Ikkinchi sinfda esa oldingi sinfda berilgan bilimlar yangi til materiallari asosida mustahkamlanadi, o’quvchilar gapning oxirida nuqtadn tashqari so’roq belgisi va undov belgisining ishlatishi bilan tanishadilar va oxirga qo’yilgan tinish belgisiga mos ohangda gapni o’qishga o’rganadilar. Uchunchi sinfda gapning ifoda maqsadiga ko’ra turlart (darak,so’roq,buyruq gap) shuningdek,ayrim gaplarning,his hayojon bilan aytilishi va oxiriga undov belgisining qo’yilishi haqida tushuncha beriladi,ularning o’gzaki va yozma nutqda qo’llashga o’rgatiladi.Gap bo’laklari ega kesim va ikkinchi darajali bo’laklar mavzulari ham o’rganiladi. To’rtinchi sinfda ammo,lekin,biroq bog’lovchilari yordamida bog’langan va bog’lovchilarsi qo’llangan uyshiq bo’lakli gaplar o’rganiladi.O’quvchilar uyshiq bo’laki gaplarni sanash ohangida o’qishga, ammo,lekin,biroq bog’lovchilari bilan bog’langan uyushiq bo’laklar orasida bog’lovchilardan oldin hamda bog’lovchilarsiz bog’langan uyshiq bo’laklar orasida vergul qo’yib yozishga, uyshiq bo’lakli gaplardan og’zaki va yozma nutqda foydalanishga o’rganadilar.
O’quvchilarning o’zgalar fikri va matnni ahglash malakalarini shakllantirishda quyidagi uslublardan foydalanish mumkin
Ona tili darsida o’tgan soatda o’tilgan “ish xarakatini boshqalarga so’zlab” mavzuni takrorlash va o’quvchining o’zlashtirishini aniqlash maqsadida sinfsagi o’quvchilarga o’tilgan mavzuga mos vazifa beriladi.Sinf taxtasiga bahor fasli tasvirlangan rasmni ilib qo’yiladi.Rasmdagi ish xarakatini bildirgan so’zlarni topib yozish kerakligi aytiladi.
-keldi, isidi, oqdi, chiqardi, ochildi, ekildi, parvarish qilindi, ochdi kabi so’zlar tanlab yoziladi, O’quvchilar yozilgan so’zlarni o’qiydilar.
Savollar beriladi.
-nima uchun bu so’zlarni yozdingiz?
-fe’l qanday so’roqlarga javob bo’ladi?
-fe’l deb nimaga aytiladi?
O’quvchilar fe’l haqida bilganlarni aytadilar.
-Bu so’zlar narsani ish xarakatini bildiradi.
-Fe’l nima qildi?nima qiladi?nima qilyapti? so’roqlariga javob bo’ladi.
-Fe’l narsani ish xarakatini bildirib nima qilgi?nima qiladi?nima qiluapti? so’roqlariga javob bo’ladi.
“Bahor” mavzusida hikoya yozish vazifasi beriladi.Sinfda qancha o’quvchi bo’lsa shunsha hikoya yozadilar. 3-4 o’quvchidan yozgan hikoyasi o’qitiladi.
O’quvchilarga yana vazifa beriladi.
- Ish xarakatini bildirgan so’zlarni tagiga chizing.Vazifa o’qituvchi tomonidan nazorat qilib boriladi va qaysi so’zlarni ragiga chizganligini aniqlash maqsadida. o’quvchilardan so’raladi.O’qituvchi bu uslubda o’tilgan mavzuni qanday o’zlashtirganliklarini aniqlab bo’sh o’quvchilarni aniqlab oladi va dars jarayonida bu o’quvchilarga e’tibor qaratiladi.
Boshlang’ich sinflarda bayon va insho ta’limli xarakterda bo’ladi/ Bayon ham, insho ham kichik hikoya tarzida bo’lishi zarur. O’quvchilarning bilim, malaka va ko’nikmasiga qo’yilgan DTS ning minimal talabi.
1-sinfda savod o’rgatishdan keyin 6 so’z
2-sinfda 8-10 so’z
3-sinfda 10-12 so’z
4-sinfda savod o’rgatishdan keyin 12-15 so’zdan iborat lug’at diktanti o’tkaziladi.

Download 282.32 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling