Boshlang`ich ta`lim konsepsiyasi
VI . Boshlang`ich sinf o`quvchilarining salomatligi
Download 40.49 Kb.
|
Boshlangich talimda milliy o\'quv dasturining mazmuni talim turlarixalqaro ozaro uzviyligi
- Bu sahifa navigatsiya:
- VII . Boshlang`ich sinf o`qituvchisi .
- VIII . Boshlang`ich ta`limni rivojlantirish yo`llari .
VI . Boshlang`ich sinf o`quvchilarining salomatligi .
Bolaning salomatligi ta`limning samaradorligini ta`minlaydi . Ularning o`qishi va dam olishini tashkil etishda o`quv dasturlari va ta`lim vositalarining mazmunini aniqlashda , bolaning yoshi bilan bog`liq tarzda jismoniy hamda aqliy rivojlanishida morfofunksional hamda psixofizologik xususiyatlarni aniq hisobga olish lozim . Shu bilan bir qatorda 6-7 yoshli bolalar o`zining psixologik , jismoniy rivojlanishi fizologik xususiyatlar bilan alohida xususiyatlarga ega . Bu o`z navbatida ta`lim jarayonida ularga alohida yondoshuvni taqozo qiladi . Shu asosga ko`ra haftalik o`quv yuklamasi maksimum quyidagicha bo`lishi mumkin : Hafta davomida faqat ikki marta kuniga 5 soatdan , qolgan uch kun esa 4 soatdan oshmasligi kerak . O`quv sinflari sanitariya gigiyena meyoriga qatiy amal qilgan holda jihozlanishi , yorug`lik , issiqlik , tozalik , muntazam shamollatib turish kabilarga rioya qilish shart . Barcha oquv binolarida mebel bolalarning bo`yiga , ularning o`tirishi va harakatlanishi meyoriga mos kelishi kerak . VII . Boshlang`ich sinf o`qituvchisi . Zamonaviy ta`lim nazariyasi o`qituvchini o`quv-biluv jarayonining rahbari sifatida baholaydi . Demak , o`qituvchi , shu jumladan , boshlang`ich sinf o`qituvchisi jarayonga to`g`ri rahbarlik qiulish uchun chuqur bilimga , yuksak kasb mahoratiga ega bo`lishi lozim . O`qituvchi ko`p jihatdan o`quvchi uchun o`rnakdir . Shuning uchun ham u birinchi navbatda bolani o`ziga jalb eta olishi kerak . Yangilanayotgan boshlang`ich ta`lim nazariyasi o`qituvchining shaxsiy sifatlari , kasb mahorati va bilim darajasini diagnostika qilish asoslarini ishlab chiqishi lozim . Tekshirish natijalari asosida boshlang`ich sinf o`qituvchilarini tayyorlash va qayta tayyorlash asoslari yaratilishi hamda taa`lim amaliyotiga joriy etilishi kechiktirib bo`lmaydigan vazifalardan biridir . VIII . Boshlang`ich ta`limni rivojlantirish yo`llari . O`zbekiston Respublikasi ijtimoiy-iqtisodiy jihatdan rivojlanib brogan sari boshlang`ich ta`lim ham takomillashib boradi . Ilmiy tadqiqotlar boshlang`ich ta`limning samarali rivojlanishiga asos bo`lmog`I kerak . Bu soxadagi asosiy yo`nalish va muammolar qatorida quyidagilarni ko`rish mumkin : O`zbekiston Respublikasining ijtimoiy-iqtisodiy , tarixiy , milliy , ma`naviy xusuiyatlarga mos ravishda boshlang`ich a`limning ilmiy nazariya asoslarini ishlab chiqish ; Markaziy Osiyo xalqining boshlang`ich ta`lim soxasidagi tarixiy tajribasini o`rganish ; Jahon pedagoglarining boshlang`ich ta`lim sohasida mavjud bo`lgan tajribalarini o`rganish : turkey xalqlarda boshlang`ich ta`lim ; rivojlangan mamlakatlarda (AQSH,Angliya,Yaponiya,Germaniya) Mazkur konsepsiya ilgari surilgan qarashlar o`zining amaliy tadbirini topgandagina davlat va jamiyat kadrlar tayyorlash tizimining birinchi bo`g`ini oldiga qo`ygan talablarni bajarish imkoniyati vujudga keladi . Download 40.49 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling