SCIENTIFIC PROGRESS
VOLUME 3
ǀ ISSUE 4
ǀ 2022
ISSN: 2181-1601
Scientific Journal Impact Factor (SJIF 2022=5.016)
Passport:
http://sjifactor.com/passport.php?id=22257
Uzbekistan
www.scientificprogress.uz
Page 1265
BOSHLANGICH TA’LIM O’QUVCHILARINI ATROF-MUHITGA
MAS’ULIYAT XISSINI SHAKILLANTIRISH ORQALI AXLOQIY
TARBIYALASH
Dilnoza Mengnarovna Alikulova
Farg’ona davlat universiteti magistri
ANNOTASIYA
Maqolada boshlangich ta’lim o’quvchilarini atrof-muhitga mas’uliyat
xissini
shakillantirish, ekologik ta’lim, boshlang’ich maktab, o’quv jarayoni, ekologik
madaniyat, mablag’lardan
foydalanish, o’quv jarayoni, o’quvchilar tomonidan
yaratilgan ijod, fan o’quv-uslubiy majmuasi, ona zamin.
Kalit so’zlar: ekologik ta’lim,
ekologik madaniyat, axborot-kommunikasiya
texnologiyalari, ta’lim kompetensiyalari.
XXI asr demografiya, fan va texnika taraqqiyoti asri bo’ladi.
Bu asrda inson
texnika vositalari bilan tabiatga ta’sir etadi. Inson o’z manfaatlarini qondirish
maqsadida tabiatdan ko’proq boylik (manfaat) olishni o’ylaydi. Bu jarayonda inson
tabiiy zahiralarning miqdori, uni holatini o’ylamaydi. Oqibatda zahira miqdori kamayib
sivilizasiyani davom etishi xavf ostida qoladi. Bu holni
yuz bermasligi uchun tabiat
bilan insoniyat orasidagi munosabatni ijobiy yo’nalishga qaratish zarur. Shu sababdan
ham XXI asrda ta’lim-tarbiyaning asosiy maqsadi yosh avlodni barkamol shaxs qilib
tarbiyalashga qaratilgan bo’lishi kerak.
Yangi O’zbekistonni barpo etishda atrof muhitni muhofaza
qilish konsepsiyasida
belgilangan “aholining ekologik madaniyatini oshirish, atrof muhitni muhofaza qilish
sohasida davlat organlari faoliyatining oshkoralik darajasini
oshirish va fuqarolik
jamiyatining rolini kuchaytirish”
1
muhim ahamiyatga ega. Bu borada O’zbekistonning
iqlimi o’zgarishi bo’yicha Parij bitimini amalga oshirish bo’yicha Harakatlar milliy
rejasini ishlab chiqish va qabul qilish, 2019–2030 yillarda O’zbekistonning «yashil»
iqtisodiyotga o’tish
strategiyalari
2
, 2030 yilgacha bo’lgan davrda barqaror rivojlanish
sohasidagi ekologik halokatlarning oldini olish vazifalariga erishish kabi ulkan
maqsadlar yo’lida atrof-muhitni muhofaza qilish sohasida
yangi davlat boshqaruvi
tizimini shakllantirish hamda ana shu maqsadga xizmat qiluvchi boshlang’ich sinf
1
O’zbekiston Respublikasi Prezidentining “2030 yilgacha bo’lgan davrda O’zbekiston Respublikasining atrof-muhitni muhofaza qilish
kontseptsiyasini tasdiqlash to’g’risida”gi PF-5863-son farmoni Toshkent, 2019 yil 30 oktyabrь.
2
O’zbekiston Respublikasining 2018
yil 2 oktyabrdagi iqlim o’zgarishi bo’yicha “Parij bitimini (Parij, 2015 yil 12 dekabrь)
ratifikatsiya qilish to’g’risida”gi O’RQ-491-son qonuni