Umumiy o'rta ta'lim muassasalarining ii-sinf o'quvchilari o'rtasida Huquq bilimdonlari” tanlovini tashkil qilish va o'tkazish to'g'risida
Download 33.25 Kb.
|
ТАНЛОВ буйруги
- Bu sahifa navigatsiya:
- Kosonsoy tuman xalk ta’limi bulimi mudiri S Ergashev.
KOSONSOY TUMAN XALQ TA'LIMI BO'LIMI MUDIRINING BUYRUG'I Umumiy o'rta ta'lim muassasalarining II-sinf o'quvchilari o'rtasida "Huquq bilimdonlari” tanlovini tashkil qilish va o'tkazish to'g'risidaO'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 9-yanvardagi "Jamiyatda huquqiy ong va huquqiy madaniyatni yuksaltirish tizimini tubdan takomillashtirish to'g'risida"gi PF-5618-son farmoni va mazkur Farmon asosida qabul qilingan "Jamiyatda huquqiy ong va huquqiy madaniyatni yuksaltirish” Konsepsiyasida xamda Viloyat xalq ta’limi boshqarmasining 2022 yil 9-noyabrdagi 140-sonli buyrug’ida belgilangan vazifalar ijrosini ta'minlash maqsadida buyuraman: l . Namangan yuridik texnikumi va viloyat xalq ta'limi boshqarmasi hamkorligida imzolangan "Jamiyatda huquqiy ong va huquqiy madaniyatni yuksaltirish tizimini tubdan takomillashtirish to'g'risida"gi 2022-yil 28-oktabrdagi memorandum hamda viloyat xalq ta’limi boshqarmasining 2022 yil 9-noyabrdagi 140-sonli buyrug’i ijro uchun qabul qilinsin. Ushbu buyruqqa asosan: - Umumiy o'rta ta'lim muassasalarining o'quv jarayonida memorandumda belgilangan vazifalar ijrosi ta'minimsin; - Umumiy o'rta ta'lim muassasalarining (keying o'rinlarda - maktab) II-sinf o'quvchilari o'rtasida "Huquq bilimdonlari” tanlovi o'tkazilsin 3. «Xuquq bilimdonlari» tanlovi Nizomi 1-ilovaga muvofiq; «Xuquq bilimdonlari» tanlovini utkazish reja-grafigi 2-ilovaga, hakamlar hay’ti ro’yxati 3-ilovaga muvofiq tasdiqlansin. Xorijiy til va ijtimoiy fanlar metodisti va hakamlar hay’atiga: - umumiy o'rta ta'lim muassasalarida huquq fanlarini o'qitilishini yanada rivojlantirish bo'yicha chora-tadbirlar ishlab chiqish; tanlovni o'tkazilishi bo'yicha reja-grafiklarni ishlab chiqish va nazoratga olib borish; tanlov qatnashchilari va g'olib jamoalar ro'yxatini shakllantirish; - mazkur tanlovni ijtimoiy tarmoqlarda keng ko'lamda yoritib borish; adliya bo'limlari bilan hamkorlikda tanlovni hududiy va tuman bosqichlarini o'tkazish; tuman bosqichlarida g'oliblikni qo'lga kiritgan jamoalarni xavfsizligini ta'minlagan holatda saralash va viloyat bosqichlariga kelib-ketishlarini ta'minlash; tanlovning tuman bosqichlarida g'oliblikni qo'lga kiritgan jamoa o'quvchilarini rag'batlantirish choralarini ko'rish vazifasi yuklatilsin Barcha umumiy o’rta ta’lim maktablari direktorlariga: - Tanlov Nizomini barcha umumiy o’rta ta'lim muassasalari ijtimoiy fanlar o’qituvchilariga tanishtirish; - reja-grafikka asosan tanlovni hududiy va tuman bosqichlarida belgilangan muddatlarda maktab jamoasi ishtirokini va xavfsizligini ta’minlash vazifasi yuklatilsin. -. Mazkur buyruq ijrosini ta'minlanishini o'z zimmamda qoldiraman. Kosonsoy tuman xalk ta’limi bulimi mudiri S Ergashev. Kosonsoy tuman 2022-yil _____-noyabr __________ —- sonli Download 33.25 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling