Boshlang`ich ta`lim
Download 160.97 Kb.
|
Saidmurodova Shagʻzoda Qamariddin qizi
- Bu sahifa navigatsiya:
- Kelishik kategoriyasi.
Eslatma. Men aytganim yo’q, u borgani yo’q tipidagi qo’llanishlarga nazar tashlansa, unda egalik ma’nosi yo’qolib, shaxs-son ma’nosi kuchayganligi ko’rinadi. Aftidan, egalik qo’shimchalari bu o’rinda boshqa omillar va vositalar bilan birgalikda kesimni shakllantirishga xizmat qilgan. Bu misollardagi (men), (u) so’zlarida [-ning] affiksi bordek tuyuladi. Ammo qolipning sinxron holatida ega va kesim orasida uni qidirish ma’qul emas. Shuning uchun uni EKga nisbat berib bo’lmaydi.
Kelishik kategoriyasi. KK fe’llarda EK bilan dialektik yaxlitlikda voqelanadi. Ya’ni KK ko’rsatkichini qabul qiluvchi fe’lda undan oldin egalik affiksi bo’lishi shart: o’qiganimni, o’qiganimdan, o’qiganimga, borishimga, borishimda kabi. KK fe’lning, asosan, tuslanmagan shakllarida yuzaga chiqadi. KK dagi fe’llar bir qarashda tuslangan fe’ldek tasavvur uyg’otadi. Masalan, Barcha ayb mening borganligimda. Bunda egalik qo’shimchasi qaralmish fe’lni qaratuvchiga bog’lamoqda, egaga emas. Gapning egasi ayb so’zi bo’lib, kesimda shaxs-son kategoriyasining III shaxs, birlik shakli mavjud. EKning shakli esa I shaxs birlik. KK dagi fe’l gapning barcha bo’laklari vazifasida kela oladi: ega: Mening borganim – sening borganing; hol: Achchig’i chiqqanidan yig’ladi; to’ldiruvchi; Borganidan uyaldi; aniqlovchi: Borishining siri nimada? kesim: Hamma gap ishlamaganida. KK dagi fe’l matndan kelib chiqib: a) «harakatning ob’ektlashishi»; b) «payt»; v) «sabab»; g) «evaz» kabi ma’nolarni anglatadi: a) Halimning borganini aytmoq, o’quvchining o’qiganini so’ramoq; b) kelganida gapirdi, yurganida o’ylamoq; v) achchig’i chiqqanidan yig’ladi, quvonganidan gapirolmay qoldi, gapirganiga uyaldi; g) ishlamaganiga gap eshitdi; bormaganiga afsuslandi. Bu sirani birikuvchi so’zlardan anglashilgan voqeliklarning munosabatiga qarab ancha davom ettirish mumkin. KK UGMsidagi «oldingi so’zni keyingi so’zga bog’lash» kategorial ma’no fe’l turkumida «oldingi fe’lni keyingi so’zga bog’lash» tarzida xususiylashadi. Download 160.97 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling