Boshlang`ich ta`lim


Download 160.97 Kb.
bet20/22
Sana18.06.2023
Hajmi160.97 Kb.
#1581551
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   22
Bog'liq
Saidmurodova Shagʻzoda Qamariddin qizi

Shaxs-son kategoriyasi. Shaxs-son kategoriyasi kesimlik kategoriyasi UGMsini «ega valentligini muayyanlashtirish orqali gap kesimini shakllantirishda ishtirok etish» tarzida xususiylashtiradi. Hozirgi o’zbek tilida shaxs-son ko’rsatkichlarining quyidagi turlari mavjud:
Nutqda shaxs-son shakllarining ko’chgan ma’noda qo’llanishi ham ko’p uchraydi. Bularni quyidagicha tartiblash mumkin:
a) uchinchi shaxs shakli birinchi shaxs ma’nosida: Kamina aytdi – Men aytdim;
b) uchinchi shaxs ko’plik shakli ikkinchi shaxs birlik («sizlash») ma’nosida: Nima istasalar bor;
v) ikkinchi shaxsning birlik shakli va birlik ma’nosida «sizlash» uchun qo’llanuvchi shakli umumshaxs ma’nosida qo’llanadi: Qayta-qayta hidlaganingda er mehriga to’yganday bo’lasan (Sayyor);
g) gap ichida odam yoki kishi so’zi qo’llanganda uchinchi shaxs shakli ham umumshaxs ma’nosida qo’llana oladi: Tashabbuskor yoshlarni ko’rib odam quvonadi («Qashq.»);
Bunday qo’llanish sof nutqiy tabiatga ega.
Egalik kategoriyasi. Aytilganidek, EK – barcha mustaqil so’z turkumi uchun umumiy kategoriya. Uning fe’l turkumida yuzaga chiqishiga misollar: uning aytgani, bizning bormaganimiz, qizlarning kelgani. Fe’lda EKning «keyingi mustaqil so’zni oldingi mustaqil so’zga bog’lash» UGMsini «keyingi fe’lni oldingi mustaqil so’zga bog’lash» tarzida xususiylashtiradi.
Quyida EKning fe’lda voqelanish xususiyatidan ayrimiga to’xtalamiz.
EK ikkinchi a’zosi [-gan] sifatdosh shaklida keluvchi qurilmalar tarkibida voqelanadi: nimalar bo’layotganini, shabada yurmayotganidan, kimdir kelayotganini. Misollar: Uning zamirida katta tarbiya yotganini bilmay qolamiz. (J.Abd.) Bu gap asosan qaysi maqsadda aytilayotganini tushunishga urinardi. (J.Abd.) Mannop bilan Nodir ham tungi smenaga tushganligini bilgandan keyin... (J.Abd.) Bunda tobe birlik bosh kelishikda: katta tarbiya yotgani, gap aytilayotganini, Mannop bilan Nodir tushganligini.
Bu qurilmalarni unga o’xshab ketuvchi reja bajarilganida ko’rinishidagi qurilmadan farqlash lozim:

  1. birinchi tur qurilmalarda bosh kelishikni qaratqich kelishigiga aylantirish mumkin: yigit kelganini – yigitning kelganini. Ikkinchi tur qurilmani bunday shaklga keltirib bo’lmaydi: reja bajarilganida – rejaning bajarilganida. Bunda [-ning] shakli ortiqcha;

  2. birinchi tur qurilmada egalik affiksidan oldin -lik substantiv shakl yasovchisini qo’shish mumkin (demak, bunda bosh kelishik emas, balki qaratqich kelishigi qatnashadi): yigit – yigitning kelganligini. Ikkinchi tur qurilmada [-lik] substantiv shakl yasovchisini qo’shib bo’lmaydi;

  3. birinchi tur qurilmada ob’ekt ma’nosi ifodalanib, u to’ldiruvchi yoki ega bo’lib keladi: kelgani – nima?, kelganini – nimani?, kelganidan – nimadan? Ikkinchi tur qurilmadan esa payt, shart ma’nolari ifodalanadi, shunga ko’ra u o’rin kelishiklaridan biri shaklini olib, hol bo’lib keladi: reja bajarilganida.

Ikkinchi uzvi harakat nomi bo’lgan qurilmalar: Dushman samolyotlari o’q yog’dirib turishiga qaramay, hammasi ro’yobga chiqishiga, qalb boshqacha hissiyot bilan tepishini kabi. Misollar: Bularning hammasi keyin dilrabo qo’shiqday bo’lib qolishini hali bilmaydilar. (J.Abd.) Ko’z oldida askarlar dushman ustiga balo-qazoday yopirilishlari kecha boshladi. (J.Abd.)
Bu qurilmani ham unga o’xshab ketuvchi suv qaynashi bilan kabi qurilmadan farq qilish lozim. Chunki bu birikmalarda ham bosh kelishigi mavjud:

  1. birinchi tur qurilmalarda bosh kelishik shaklini qaratqich kelishigi shakliga almashtirish mumkin: samolyotlarning o’q yog’dirib turishi, qalbning hissiyot bilan tepishi, hammasining qo’shiqday bo’lib qolishi kabi. Ikkinchi tur qurilmani bunday shaklga keltirib bo’lmaydi. Bunda [-ning] shakli ortiqcha bo’ladi;

  2. birinchi tur qurilmada ob’ekt ma’nosi ifodalanib, u to’ldiruvchi yoki ega bo’lib keladi: turgani – nima?, turganini – nimani?, turganidan – nimadan? Ikkinchi tur qurilma suv qaynashi bilanda ta’kidlangan xususiyat yo’q.


Download 160.97 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   22




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling