Boshlang‘ich ta’lim va jismoniy madaniyat fakulteti


Download 118.68 Kb.
bet2/10
Sana15.03.2023
Hajmi118.68 Kb.
#1271871
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
bmi yozishga qo`llanma

MUNDARIJA



1. Bitiruv malakaviy ishlariga qo‘yiladigan talablar 4
2. Kurs ishi va bitiruv malakaviy ishining o‘xshash hamda 7
3. Bitiruv malakaviy ishining taxminiy tuzilishi va bo‘limlarning 8
mazmuni 8
4. Bitiruv malakaviy ishini rasmiylashtirishga qo‘yiladigan talablar 9
5. Bitiruv malakaviy ishini baholash mezonlari 13
6. «Boshlang‘ich ta’lim metodikasi» kafedrasining «Ona tili o‘qitish metodikasi», «Matematika o‘qitish metodikasi» fanlaridan bitiruv malakaviy ishlari mavzulari banki 16
7. “Boshlang‘ich ta’lim pedagogikasi” kafedrasining boshlang‘ich ta’lim pedagogikasi va tarbiyaviy ishlar metodikasi bo‘yicha bitiruv malakaviy ishlar banki 36
8. Bitiruv malakaviy ishini yozish uchun foydalaniladigan adabiyotlar 50

adabiyotlar ro‘yxati

1. Bitiruv malakaviy ishlariga qo‘yiladigan talablar


Bitiruv malakaviy ishlarining mavzulari kafedra tomonidan belgilanadi.
Talabaga bitiruv malakaviy ish mavzusini tanlash imkoniyati 3-kursda beriladi. Bunda talaba o‘zini qiziqtirgan mavzuni bitiruv malakaviy ishi mavzusi sifatida olishi mumkin. Bitiruv malakaviy ishini tayyorlash jarayonida talabaga ilmiy rahbar va maslahatchilar tayinlanadi.
Bitiruv malakaviy ishini tayyorlash uchun ta’lim yo‘nalishi o‘quv rejasida alohida soatlar, ya’ni vaqt ajratilishi lozim. Bitiruv malakaviy ishini tayyorlashda talabalarga quyidagilar asos bo‘lib xizmat qiladi:

  1. bir kurs doirasida referat, kurs ishi va bitiruv malakaviy ishlarining

ketma-ketligi;

  1. bir-biriga yaqin fanlar: pedagogika, psixologiya, xususiy fanlar

metodikasi kabi fanlardan talabalar tomonidan bajarilgan kurs ishlari va turli vazifalarni muvofiqlashtirish;
v) pedagogik amaliyotning barcha ko‘rinishlaridan foydalanish va b. q.
Talabaning bitiruv malakaviy ishi ustidagi izlanishlari nazariyani chuqurroq o‘rganish, ilgari olingan bilimlarni sistemalashtirish va ularni amaliyotda samarali qo‘llash, mustaqil tadqiqot olib borish ko‘nikmalarini shakllantirish va rivojlantirish, eruditsiyaning o‘sishi uchun xizmat qiladi.
Odatda bitiruv malakaviy ishining mavzusi talabaga uning so‘nggi pedagogik amaliyotga ketishidan avval beriladi va tasdiqlanadi. Shu paytning o‘zida unga bitiruv malakaviy ishiga oid bo‘lgan, ilmiy rahbar tomonidan tuzilgan va kafedra mudiri tomonidan tasdiqlangan topshiriqlar beriladi. Bunda ishni yakunlash muddatlari ham ko‘rsatiladi. Topshiriqda talabaning ismi, familiyasi, otasining ismi, o‘qiyotgan fakulteti va mavzusi yoziladi. Agar bitiruv malakaviy ishi kurs ishining davomi bo‘lsa, nimalar qilingani, dastlabki ma’lumotlar qanday ekanini ko‘rsatish lozim.
Tasdiqlayman
Fakultet dekani ........... ............
..................... ........... 2015- yil
.................................................................. fakulteti
............................................................. ta’lim yo‘nalishi ............................. guruhi talabasi ..............................................
.................. tomonidan bajariladigan
BITIRUV MALAKAVIY ISH BO‘YICHA TOPSHIRIQ
Ishning mavzusi: "........ .......... ........... ......................... ............. ............. ................. ................ ................. ........... ......... .............. ........" universitet rektorining 2015- yil ...... .............. dagi №.....- sonli buyrug‘i bilan tasdiqlangan.
Ishni topshirish muddati: ............. .................. ....................................
Mavzu bo‘yicha dastlabki ma’lumotlar beruvchi adabiyotlar:
1.
2.
3.
Ishning maqsadi va kutilayotgan natijalar;
Ishni bajarish rejasi:



Bosqichlar

Bajarish muddati

Ijrosi













Bitiruv malakaviy ish rahbari: ................................................
Kafedra mudiri ..................... ...................... .................. ...... Topshiriqni oldim: ...............................................................
………………………………2015-yil
So‘ngra qanday masalalarni ishlab chiqish kerakligi, qanday tajriba-sinov ishlari rejalashtirilgani, bu ishlar qayerda o‘tkazilishi, bitiruvchiga kim maslahatlar berib borishini belgilash zarur. Talaba ishining kalendar rejasini tuzish bilan vazifalar aniqlashtiriladi. Bu esa o‘z o‘rnida talaba faoliyatini tashkil etish, uni doimiy nazorat qilish va zarurat bo‘lganda, unga ko‘maklashish imkonini beradi.
Kalendar reja adabiyotlarni tanlash va o‘rganish, boshqa manbalar, tajribalar bilan tanishish, tajriba-sinov ishlarini tashkil etish va o‘tkazish, olingan natijalarni tahlil qilish va qayta ishlash, xulosalar chiqarish, ilovalar tayyorlash, bitiruv malakaviy ishini uslubiy va texnik tomondan rasmiylashtirish, himoyaga tayyorlanish uchun sarflanadigan vaqtni to‘g‘ri taqsimlashga yordam beradi.
Mazmunan kurs ishi va bitiruv malakaviy ishi o‘rtasida uzviy bog‘lanish bo‘lishi kerak: bitiruv malakaviy ishi kurs ishining ijodiy rivojlanishi bo‘lib, unda kurs ishvda ko‘tarilgan muammo yanada chuqurroq o‘rganiladi. Biroq kurs ishining matnini mexanik ravishda, so‘zma-so‘z bitiruv malakaviy ishiga kiritish mumkin emas. Kurs ishining asosiy natijalari bitiruv malakaviy ishi muammosini ijodiy xal etish uchun dastlabki material bo‘lib xizmat kilishi kerak.
Bitiruv malakaviy ishini bajarish bo‘yicha ish rejasini taxminan quyidagicha tuzish mumkin:

  1. Kurs ishining bir qirrasini chuqur tahlil qilish maqsadida tanlab olish.

Bitiruv malakaviy ishi mavzusini aniqlashtirish.

  1. Tadqiqot mavzusi bo‘yicha adabiyotlar ro‘yxatini tuzish.

  2. Muammoni belgilash, uning fan va amaliyotdagi o‘rnini tahlil qilish.

  3. Tadqiqot mavzusi bo‘yicha tayanch tushunchalarni ajratish va tahlil qilish.

  4. Bitiruv malakaviy ishi rejasini tuzish.

  5. Mavzuning dolzarbligini asoslash.

  6. "Mavzuning dolzarbligi" nomli matnni tayyorlash, bunda ishning asosiy tavsifini berish (tadqiqot ob’ekti, predmeti, maqsadi, vazifalari va b.q.)

  7. Tadqiqot mavzusi bo‘yicha nazariy manbalarning chuqur tavsifini berish.

  8. "Tadqiqot mavzusi bo‘yicha mavjud adabiyotlar tahlili" nomli matn tayyorlash. Bunda, quyidagilar berilishi mumkin:

  1. muammo (g‘oya, masala) ning o‘rganilish tarixi;

  2. tadqiqot ob’ektini ta’riflovchi umumpedagogik va boshqa ilmiy

qonun-qoidalar;
v) didaktik qoidalar;
g) metodik qoidalar;
d) psixologik koidalar.
10."Tadqiqot mavzusi bo‘yicha adabiyotlar tahliliga oid xulosalar" nomli matnni tayyorlash.
I.Ko‘tarilgan muammoni hal etishning turli usullarini ishlab chiqish.
12. Muammoni yechishning optimal usulini aniqlash.
13.Tajriba-sinovning dastlabki bosqichini o‘tkazishga tayyorlanish (metodikani rejalashtirish, ishlab chiqish, o‘quv mashg‘ulotlarining va tarbiyaviy tadbirlarning reja-konspektini, didaktik test va b. tayyorlash).
14. O‘rganilayotgan masalaning mavjud axvoli haqida tasavvurga ega bo‘lish uchun tajribaning dastlabki ta’kidiy bosqichini amalga oshirish.
15.Tajriba-sinov ishlarining tahlili, jadval, chizma, rasmlarni tayyorlash, natijalarni qayd etish.
16."Tajriba-sinovning dastlabki bosqichi" nomli matnni tayyorlash.
17.Tajriba-sinovning shakllantiruvchi bosqichini tayyorlash (tajriba olib borish va uni kuzatishning metod hamda vositalarini rejalashtirish, ishlab chiqish, natijalarni qayd etish usullarini ishlab chiqish va x.z.)
18.Tajriba-sinovning shakllantiruvchi bosqichini o‘tkazish va tahlil qilish (kuzatuv bayonnomalari, yozma ishlar, rasmlar, suxbat natijalari va h.k).
19.Tahlil natijalarini jadval, chizma, diagramma, rasmlarda ko‘rsatish, tajriba-sinovning shakllantiruvchi bosqichi bo‘yicha natija va xulosalarni yozish (material bunga imkon bersa).
20."Tajriba-sinov ishlari" nomli matnni tayyorlash. Bunda tajribasinovning shakllantiruvchi bosqichiga tayyorgarlik ko‘rish, uni o‘tkazish sharoitlarini yoritish, qatnashchilar xaqida ma’lumot, ularning tajribadan oldingi va tajribadan keyingi ko‘rsatkichlari, o‘tkazilgan (o‘quv yoki tarbiyaviy) mashg‘ulotlarning nomi va ketma-ketligi, natijalar tahlili, xulosa va tavsiyalarni ko‘rsatish.
21. Zarurat bo‘lganda tajriba-sinovning shakllantiruvchi bosqichini qayta | o‘tkazish.
22.Tayyorlangan matnlarni boblar shaklida jamlash.
23.Boblar bo‘yicha xulosalarni tayyorlash va yozish.
24.Umumiy xulosalarni yozish
25. Adabiyotlar ro‘yxatini tuzish.
26.Ilovalarni (jadval, chizma, so‘rovnoma, rasm, dars yoki tarbiyaviy ishlarning reja-konspektlarini va h.z.) rasmiylashtirish.
27.Bitiruv malakaviy ishining mundarijasini aniqlashtirish.
28.Titul varag‘ini yozish.
Umuman, bitiruv malakaviy ishi kurs ishining mantiqiy davomi bo‘lib, asosiy g‘oya va xulosalar qayta idrok etiladi, yangi ma’lumotlar, kuzatuv hamda tajriba natijalari bilan boyitiladi. Shu tariqa, bitiruv malakaviy ishi nazariy va amaliy jihatdan yuqoriroq darajadagi mukammal tadqiqot ishi bo‘ladi. Shu bilan birga, bitiruv malakaviy ishi yangi pedagogik tajribani (agar u ko‘zda tutilgan bo‘lsa) o‘tkazish davomida olingan boshqa daliliy materialning mustaqil tadqiqi yoki adabiy manbalarni chuqurroq o‘rganish va idrok etishning natijasidir.

Download 118.68 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling