OTALAR SO`ZI – AQLNING KO`ZI
So`zlashish muloqot qilishga doir maqollarni belgilang. Ularni izohlang.
Yetti o`lchab bir kes
Yaxshi so`z jon ozig`i
Yaxshi so`z bilan ilon inidan chiqar,
Yomon so`z bilan pichoq qinidan chiqar.
Ustoz- otandek ulug`.
Yaxshi so`z qand yedirar,
Yomon so`z pand yedirar.
Quyidagi berilgan she`rni o`qing va fikrlaringizni bayon qiling.
Go`ro`g`liday soz so`zlagil,
Bedil kabi oz so`zlagil,
Bobur kabi rost so`zlagil,
Nutqing ravon bo`lsin bolam.
________________________________________________________________________________________________________ _____________________________-
3.“ Tezkor savollar “ga tezkor javob bering
1.Yusuf Xos Hojib kim bo`lgan?
2.G`azal mulkining sultoni kim?
3.” Buvijonimning aytganini qilmay, xato qilgan ekanman – bilmay yurgan ekanmanda” deb afsuslangan qahramon kim?
4. Mirzo Ulug`bek kim bo`lgan?
5. Temuriylar tarixi davlat muzeyi qayerda joylashgan?
1-amaliy ish
Bo`limdagi hikoya va rivoyatlar asosida hosil bo`lgan fikrlaringizni quyidagi jadvalda ifodalang.
2-amaliy ish
Quyidagi hikmatli so`zlarni o`qing va davom ettiring
Tilingni avayla omondir boshing,
So`zingni avayla, … …
2.Oz-oz o`rganib, … …
Qatra –qatra yig`ilib … … .
O`YLANG, FIKRLANG, YOZING!
Bo`g`inlarni birlashtirib , o`zbek xalq maqolini hosil qiling
2.2. 2-sinf o`qish darslarida didaktik topshiriqlar asosda o`quvchilarning og`zaki va yozma nutqini o`stirish
Ma`lumki, bugungi kunda maktabning muhim vazifasi o`quvchilarning og`zaki va yozma nutqini rivojlantirishdan iboratdir O`z fkriga ega bo`lgan shaxs hech qachon birovning gapiga kirmaydi, o`ylamasdan yomon yo`llarga yurmaydi. Har qanday masala yuzasidan fikrida qat`iy turadi.
2-sinf darsligidan o`rin olgan quyidagi badiiy matnlar asosida o`quvchilarning og`zaki va yozma nutqi o`stirilib boriladi. Buni biz didaktik topshiriqlar asosida amalgam oshirmoqchimiz.
“Zumrad bahor-bahri diling ochar”bo`limi bo`yicha didaktik topshiriqlar beramiz.
Do'stlaringiz bilan baham: |