Boshlang’ich ta'lim va sport tarbiyaviy ishi


Download 14.31 Kb.
Sana17.06.2023
Hajmi14.31 Kb.
#1541676
Bog'liq
27.02 dan 3.03 gacha


Termiz davlat pedagogika instituti Boshlang’ich
Ta’lim fakulteti "Boshlang’ich ta'lim va sport
tarbiyaviy ishi" yo'nalishi 3-kurs 301-guruh talabasi
Jummaveva Go'zalning malakaviy amaliyot
Bo’yicha 27.02 dan, 3.03 gacha tayyorlagan haftalik
Hisoboti
Bu hafta malakaviy amaliyotning oxirgi kunlari. Men qolgan oz fursatdan foydalanib olish uchun ertalab 1-smena darslariga ham, 2-smena darslarga ham bordim. Yanada shaxdam qadamlar bilan o’z oldimga katta rejalar qo’ydim. Menga o’z bilim va ko’nikmalarini berishdan charchamayotgan oliy toifali ustozlardan yana ham ko’proq ma’lumotlar olish uchun tinmay harakat qila boshladim. Ustozlardan dars o’tish, o’quvchilarni baholash, yangi mavzularni qay tarzda tushuntirish, bilim bera olish, har xil metodlardan qaysi holatlarda foydalanish kabi o’zim uchun zarur bo’lgan pedagogik bilimlarni o’qib, o’rgandim. Bundan tashqari elektronniy hujjat yuritishni ham o’rgandim. Kundalik.com saytida qay tarzda baho qo’yish, davomat yuzasidan o’quvchilarga darsda yo’q belgisini qo’yish, chorak baholarini chiqarish, ish rejalarini yuklash kabi eng muhim vazifalarni o’rganib olishimda oliy toifali ustozlar yordam berishdi. Ertalabki 1-smena darslari har kungidek qiziqarli va mazmunga boy bo’ldi. 1-sinf o’quvchilari juda ham beg’ubor. Ularning bilim olishlari-yu kitob o’qib, she’r yod olishlaridan tortib, to rasm daftariga chizgan rasmlarigacha rang-barangdir. Huddiki rassomning mo’yqalamidek. Ularning fikrlashi, dunyoqarashi esa rassom chizgan naqshinkor suratlardek o’zlari katta bo’lgani sari o’qiyotgan kitoblari ham olayotgan bilimlari ham ulg’ayib boraveradi.
2-smenada 4-sinflar bilan birgalikda qiziqarli darslar tashkil qildik. O’qish, ona-tili, matematika darslarida turli xil boshqotirmali o’yinlar, krosvordlar, savol-javoblar tashkillashtirdik. Bu asosida ular har bir fanlardan olayotgan bilimlarini mustahkamlab oldilar. O’quvchilardan diktantlar oldim va ularning husnixatini va xato-kamchiliklarini tekshirdim. Bahorga bag’ishlab, onajonlarinimizning bayramlariga bag’ishlab har ikkala sinfda ham bayram tashkil qildik. Bundan tashqari 4-“B” sinf o’quvchilari bilan “Onajonim, Dadajonim sizni yaxshi ko’raman” mavzusidagi tadbirni o’tkazdik. Bunda o’quvchilar ota-onalari bilan suhbatlashib, bayram bilan tabriklashdi. O’quvchilar hali kichkina bo’lishlariga qaramay, hissiyotlarini bekitib tura olishmadi. Ular onalari bilan suhbatlashish mobaynida ko’zlaridan yosh qalqidi. Hammalari onajonlariga dil izxorlarini armug’on etdilar. va nihoyat bir oylik amaliyot ham yakuniga yetdi. Men bu vaqt ichida ko’pgina bilimlarga ega bo’ldim. Olgan bilim va ko’nikmalarimni kelgusida o’z tajribalarimda qo’llashni o’z oldimga maqsad qilib qo’ydim. Huddi ushbu ustozlar kabi, ya’ni menga yordam bergan pedagoglar, oloy toifali mutaxasislar kabi bo’lishni niyat qildim.
Amaliyotchi: Jummayeva G
Amaliyot rahbari: Xoliqova P
Download 14.31 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling