“O’zbek bolalar kitobxonligining dastlabki ko’rinishlari” mavzusida mustaqil ishi - Bolalar adabiyoti — bolalar va oʻsmirlar uchun yaratilgan badiiy, ilmiy, ilmiyommabop va publitsistik asarlar majmui. Bularning asosiy kismini badiiy asarlar tashkil etadi. Jahon xalqlari, shu jumladan oʻzbek xalqi Bolalar adabiyoti tez aytish, topishmoq, oʻyin qoʻshiklari, rivoyat, afsona, ertak, makal, masal va doston singari aksariyat qismi bolalarga moʻljallab yaratilgan ogʻzaki ijod namunalaridan boshlanadi. Bolalar adabiyoti ni bevosita bolalarga moʻljallab yaratilgan va aslida bolalarga moʻljallanmagan boʻlsada, keyinchalik Bolalar adabiyoti ga oʻtib qolgan asarlarga ajratish mumkin.
- Bolalar adabiyoti ning oʻziga xos xususiyati — oʻzgaruvchan hodisa boʻlib, u kitobxon yoshi, tarixiy davr va ijtimoiy muhit bilan bevosita bogʻliq. Kitobxon yoshini hisobga olish Bolalar adabiyoti ning eng asosiy xususiyatlaridandir. Maye, maktabgacha yoshdagi bolalarda bu koʻrgazmalilik, ezgulik va yovuzlik kuchlarining oddiy koʻrinishdagi ziddiyatlariga asoslangan boʻlsa, oʻsmirlar uchun yaratilgan adabiyotda murakkab hayotdagi murakkab kishilarning ruhiyati ochila boshlaydi.
- Bolalar adabiyoti ning yana bir xususiyati uning harakatga boyligidir. Bundan Bolalar adabiyoti da syujetga boʻlgan talab ham kelib chiqadi. U voqealarning tezkor, qiziqarli, fantaziyaga, yumorga boy ravishda ye.chilishini talab qiladi.
Maktabgacha ta'lim yoshdagi kitobxonlarga asosan ota-onalar, buvi-bobolar, tarbiyachilaming ta'siri katta bo'ladi, chunki hali o'qish va yozishni bilmagan bolaning kitobxonlik madaniyati do'stlik, halollik, botirlik, mehnatsevarlik, rostgo 'ylik, mehr-muhabbat g'oyalariga asoslangan ertaklar tinglash orqali shakillanadi. Ertaklar xalg og'zaki poetik ijodidagi eng boy va rang barang janrlardan biri. Bundan tashqari topishmoq orqali bolaning tafakkuri rivojlanadi, topishmoqlar xalqning hayoti, urf-odati, o'ziga xos rasm-rusumlari o'rgatadi hamda bolalrni o'ylashga, topqirlikka o'rgatadi. Bundan tashqari bolalar «Kim?», «Nima?» so 'roqlariga javob topishga o'rganadilar. - Maktab yoshidagi kichik kitobxon bolalarga tabiat, vatan, vatanparvarlik, botirlik, mehnatsevarlik, odob-axloq, ota-onaga, ustozlarga, o'qishga mehr-muhabbat g'oyalari singdirilgan kitoblarni o'gish tavsiya etiladi. Ular ko'proq sehrli-fantastik ertaklar, sarguzasht hikoya va qissalar, dostonlarni sevib o'qiydilar. Bunday yoshdagi bolalarga juda katta hajimdagi asarlardan ko'ra, ko'proq qisqaroq hikoya va qissalarni tavsiya etish muhimdir, chinki ba'zi bolalar katta hajmdagi asarlarni o'gishdan zerikib qolishi mumkun.
- 13-14 yoshdan 15-17 yoshgacha bo'lgan kitobxon bolalar ko'proq o'zlari mustagil ravishda kitob tanlaydilar. Bu toifadagi kitobxonlarga yosh jihatdan to'g'ri kitob tanlash juda katta ahamiyatga egadir. Ularga odob-axloq masalalari ilgari surilgan adabiyotlarni tavsiya etish maqsadga muvofiqdir. Chunki bolaning o'smirlik chog'idan to'g'ri tarbiya olishi ham yoshlikdan o'gib o'rgangan kitoblari asosida bo'ladi. Bu borada ma'naviy va axloqiy poklanish, imon, insof, diyonat, or-nomus, mehr ogibat kabi g'oyalarni ilgari suruvchi Yusuf Xos Hojibning "Qutadg'u bilig"("Saodatga olib boruvchi bilim"), Ahmad Yugnakiyning "Habbat ul hagoyiq"("Haqiqatlar armug'oni”), Ahmad Yassaviyning hikmatli kitoblari va shu kabi boshga adabiyotlar.
- Sharq yozma adabiyotida "pandnoma", "mavʼizatnoma", "nasihatnoma", "axloq kitoblari" singari nomlar bilan tasnif qilinuvchi asarlar Bolalar adabiyoti ning dastlabki namunalari hisoblanadi. Maye, Kaykovusning "Mavʼizatnomai Kaykovus" ("Qobusnoma"), Shayx Savdiyning "Guliston" va "Boʻston", Jomiyning "Bahoriston" asarlari shular jumlasidandir. Bular tarjima vositasida oʻzbek Bolalar adabiyoti ga kirib kelgan. Alisher Navoiyning "Hayrat ulabror", "Mantsh uttayr" va "Mahbub ulqulub" asarlari, Xojaning "Miftoh uladl" va "Gulzor", Gulxaniyning "Zarbulmasal" asarlari esa oʻzbek Bolalar adabiyoti ning mumtoz namunalari boʻlib, pandnasihat ruhidagi maqolat va hikoyatlari bilan asrlar mobaynida yosh avlodni yaxshi insoniy fazilatlar ruhida tarbiyalashga xizmat qilib kelmoqda.
Bolalarning ezgulik va yovuzlik, yaxshilik va yomonlikni anglashida, ularning bir-biridan farqini ilgʻashi va mantiqini tushunishida ertaklar muhim ahamiyat kasb etadi. Ertaklar bolalar hissiyotini oʻstiradi, tuygʻu, tushunchasini rivojlantiradi. Olamni idrok etishni oʻrgatsa, odamga tuygʻudosh, qaygʻudosh boʻlishni maʼsum va begʻubor tabiatga – bola sajiyasiga yuqtiradi. Ertaklarning shunday farahbaxsh va sururli taʼsirida ulgʻaygan insonlargina madaniyatli, maʼnaviyatli boʻladilar. Vatanparvar, millatparvar, mehnatsevar, insonparvar boʻladiganlar ham shular. Bunday bolalar olamni ota-onalari, bobo-momolari soʻzlagan ertaklar, hayotiy hikoyalar orqali taniydilar. Bugungi bolaning ertaga qanday feʼl-atvor, odatlar egasi boʻlib kamol topishi bugun tinglayotgan ertaklariga judayam aloqador.
E’tiboringiz uchun rahmat!
Do'stlaringiz bilan baham: |